Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Nafas tizimining yuqumsiz kasalliklari


Download 2.16 Mb.
bet21/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Nafas tizimining yuqumsiz kasalliklari (respirator kasalliklar) barcha turdagi parrandachilik xo‘jaliklarida, asosan, yosh parrandalar orasida keng tarqalgan. Burun yo‘llari va burun bo‘shliqlarining yallig‘lanishi asosan tuxumdan yangi chiqqan jo‘jalarda bronxlar, o‘pka va havo xaltasining yallig‘lanishlari esa nisbatan kattaroq yoshdagi jo‘jalarda uchraydi.
Tashxisi. Anamnez ma’lumotlari, xarakterli klinik belgilari, patalogonatomik o‘zgarishlari e’tiborga olinadi. Nafas tizimining kasalliklari o‘lat, yuqumli bronxit, laringotraxeit, mikoplazmoz, pasterellyoz va aspergillyoz kasalliklaridan farqlanadi.
Hazm tizimi kasalliklari barcha turdagi parrandalar orasida keng tarqalgan bo‘lib, yuqumsiz kasalliklar orasida o‘rtacha 20 % tashkil etadi. Inkubatsiya qoidalari, oziqlantirish va saqlash qoidalarining buzilishi oqibatida, muskulli oshqozon va ichaklarning yallig‘lanishlari (kutikulit, dispepsiya, gastroenterit), yosh jo‘jalar orasida keng tarqalgan bo‘lsa, nisbatan katta yoshdagi parrandalarda og‘iz bo‘shlig‘i va jig‘ildon kasalliklari ko‘proq uchraydi.
Tashxisi. Anamnez ma’lumotlari, klinik belgilari, patalogoanatomik farqlari va jig‘ildon massasini toksikologik tahlildan o‘tkazish natijalari e’tiborga olinadi.
Modda almashinuvining buzilishlari parrandalar orasida keng tarqalgan bo‘lib, parrandalarning kasallanishi va o‘limining o‘rtacha 50-60% ni tashkil etadi. Ayniqsa vitaminlar va mineral moddalar yetishmovchiliklari keng


43




Parranda
turi

Xona
harorati,
°C

Nisbiy
namlik,
%

Havoning tezligi, m/s

Yorug‘lik kuni, soat

Sun’iy
yorug‘lik
lk

Oziqa fronti (1 boshga sm)

Yoz

Qish

1-9
haftalik
jo‘jalar

33 -24

60-70

0,1-0,5

0,2-0,6

23,5-9

15-7

2-3

10-22
haftalik
jo‘jalar

24-18

60-70

0,1-0,5

0,2-0,6

9-11,5

7-15

2-3

Katta
yoshdagi
parrandalar

16-18

60-70

0,2-0,6

0,3-1,0

11,5-17

15-25

2-3


Uratli diatez (podagra) - oqsil almashinuvining buzilishi natijasida organizmda siydik kislotasi hosil bo‘lishining kuchayishi uning tuzlari to‘qimalar va zardob pardalarda to‘planishi bilan o‘tadigan kasallik. Asosan katta yoshdagi tovuqlar, qafas va batareyalarda saqlanadigan va bo‘rdoqiga boqilayotgan parrandalar kasallanadi.
Patologoanatomik o‘zgarishlari. Visseral podagrada jigarning zardob pardasida, ichaklar, buyrak, yurak va qorin peritonial pardada ohaksimon cho‘kmalar o‘tirib qolgan bo‘ladi va ular barmoq bilan ezilganda tez


44




maydalanadi. Buyrak kattalashgan va unda siydik toshlari hosil bo‘lgan bo‘ladi. Siydik yo‘llari kattalashgan va bo‘rsimon cho‘kma bilan to‘lgan bo‘ladi.
Sariqlik peritoniti (Salpingoperitonitis) - tuxum beradigan tovuqlarning kasalligi bo‘lib, peritonial parda, plevra va ichki a’zolar zardob pardasining yallig‘lanishi bilan tavsiflanadi. Kasallik tuxum sarig‘ining qorin bo‘shlig‘iga tushib, u joyda buzilishi, chirishi oqibatida rivojlanadi. Tuxum beradigan yosh tovuqlarni saqlash va oziqlantirish qoidalarining buzilishi oqibatida kelib chiqadi. Salpingoperitonit ko‘pincha tuxumdonning yallig‘lanishi (ovarit), tuxum yoTlarining yallig‘lanishi (salpingit) va tuxumdon atrofiyasi, tuxum hosil bo‘lishi anomaliyasi kabi kasalliklar bilan birgalikda uchraydi.
Nazorat savollari

  1. Kasal parrandani qabul qilishda nimalarga e’tibor beriladi?

  2. Parrandalar yuqumsiz kasalliklariga tashxis qo‘yish usullari?

  3. Kasalliklarda patologoanatomik yorib ko‘rish va o‘zgarishlarning ahamiyati?

  4. Uratli diatez qanday kasallik?

  5. Sariqlik peritoniti kasalligida qanday belgilar kuzatiladi?


45





Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling