Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Hayvonot olamidan olinadigan oziqalar


Download 2.16 Mb.
bet17/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Hayvonot olamidan olinadigan oziqalar: go‘sht - suyak uni, yog‘sizlantirilgan quritilgan sut, baliq uni, baliq qiymasi (farsh) parrandalar uchun protein, aminokislotalar va mineral moddalarga boy bo‘lgan to‘laqimmatli oziqalar hisoblanadi.
Baliq uni tarkibida 52 - 59 % gacha protein va shuningdek, lizin, metionin, A, B2, B3, B 12 vitaminlari, xolin, kalsiy, fosfor, yod kabi moddalar bo‘lib, uzoq muddat saqlanganda oksidlanishi natijasida buzilishi va oziqaviy qimmati pasayishi mumkin. Baliq unidan parrandalar ratsioniga 3 - 7% gacha qo‘shish tavsiya etiladi.
Go‘sht - suyak uni - hayvonlarning go‘shti, ichki a’zolari va o‘lgan mollar gavdasini qayta ishlash yo‘li bilan olinib, tarkibida 30 - 50% protein, 11 - 18% yog‘lar, 25 - 40% mineral moddalar bo‘ladi. Ratsionga 3 - 7% hisobida qo‘shilishi mumkin.
Go‘sht uni - go‘sht va ichki a’zolaming iste’molga yaroqsiz qismidan tayyorlanib, tarkibida 64 - 74% gacha protein bo‘ladi va ratsionga 3 - 7% gacha qo‘shiladi.


36


Parlardan tayyorlangan un - par va patlarni maxsus qozonlarda gidrolizlash yo‘li bilan olinib, tarkibida oltingugurt saqlovchi aminokislotalar ko‘p bo‘ladi.


Go‘sht - par uni - o‘lgan tovuqlarni butunlay maydalash yo‘li bilan tayyorlanib, 63% gacha protein saqlaydi. Ratsionga 3 - 7% gacha qo‘shiladi.
Yog‘i olingan quritilgan sut - tarkibida 2 - 3% oqsil, 0,5 -1,5% yog‘lar, 7 - 8% kul moddasi bo‘ladi. Ratsionga 2 - 3% gacha qo‘shiladi.
Hayvonot olamidan olingan yog‘lar - juda energiyaga boy oziqa hisoblanib, ochiq havo ta’sirida tez buzilishidan hosil bo‘lgan perikislar vitaminlarning parchalanishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun hayvonot olamidan olingan yog‘lar ishlatilganda vitaminlarni buzilishdan saqlovchi moddalar, ya’ni antioksidantlarni (santoxin, diludin) qo‘llash ehtiyoji tug‘iladi. Yog‘lar ratsionga 2 - 3% hisobida qo‘shilishi mumkin.
Suvli va vitaminli oziqalar sifatida sabzi, kartoshka, qand lavlagi, qovoq, karam kabilar tovuqlar ratsioniga qo‘shimcha ravishda berilishi mumkin. Parrandalarga kartoshkadan boshqa sabzavot va poliz ekinlari xom holda maydalanib, oziqalar bilan birgalikda yediriladi.

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling