O‘rdak jo‘jalarini go‘shtga o‘stirishda ulami dastlabki kundan boshlab donli oziqalar bilan oziqlantirish yaxshi natija beradi. Donlami yirikligi 2 x 3 mm, 20 kunlikdan boshlab 5 x 8 mm, 1-30 kunligigacha bo‘lgan jo‘jalar omuxta yemining quvvati 100 g da 275-280 kkal va xom protein o‘rtacha 18-19 % bo‘lishi kerak. 30 kunlikgacha bo‘lgan o‘rdak jo‘jalari omuxta yemining tarkibi quyidagicha: 70 - 75 % donli oziqalar, 8-10 % kunjara va shrotlar, 7-9 % oqsilli hayvonot oziqalari, 2-4 % quruq achitqilar, 2-4 % o‘t uni,
3 % mineral oziqalar o‘stirishni, ikkinchi davrida esa omuxta yem tarkibida donli oziqalar 75-85% ga oshirilib, kunjara va shrotlar 3-5%, hayvonot oziqalari 5-7% ga kamaytiriladi. 30 kunlik yoshida 20-30 % va undan katta yoshida 30-50 %gacha ko‘k o‘t, sersuv aralashmali oziqalar kuniga 5-6 marta, har 10 bosh hisobiga haftasiga bir marta 0,5-1, kg mayda (qizil qum) yuvilgan holda beriladi. O‘rdak jo‘jalarini donli oziqalar bilan oziqlantirilganda, har bir bosh hisobiga oxur 1 sm, omuxta yem uchun 3-6 sm, sersuv aralashma oziqa uchun 5-12 sm to‘g‘ri kelishi kerak. Suv ichishi uchun 2-3 sm li suvdon bo‘lishi shart.
G‘ozlarni saqlash va oziqlantirish. Keyingi 3 kun davomida qaynatilgan tuxum, yumshoq qobiqsiz bug‘doy, suli, arpa yormasi va maydalangan ko‘k o‘t berish kerak. 6- hafta mobaynida kuniga 8 marta, yoshining kattarishi bilan
4 marta oziqlantirish maqsadga muvofiq.
Nazorat savollari:
Jo‘jalarni oziqlantirish texnologiyalarida nimalarga e’tibor beriladi?
Jo‘ja va tovuqlarni oziqlantirish?
Broyler jo‘jalarni saqlash, o‘stirish, oziqlantirish to‘g‘risida?
Hayvonot olamidan olinadigan oziqalar haqida ayting?
G‘oz, o‘rdak va kurkalarni oziqlantirish texnologiyalari?
41
Reja:
|
1.
|
Kasal parrandani qabul qilish.
|
|
2.
|
Parrandalar kasalliklarida tashxis qo‘yish usullari, ularni
|
|
|
o‘rganish.
|
|
3.
|
Yuqumsiz, yuqumli kasalliklarida tashxis qo‘yish.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |