Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti
PARRANDALARNIOZIQLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI
Download 2.16 Mb.
|
Parrandachilik kasalliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg‘ulotning maqsadi
- Kerakli jihozlar
- Tayanch iboralar
PARRANDALARNIOZIQLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI Reja: 1.1. Parrandalami oziqlantirish texnologiyalari. Jo‘jalarni o‘stirish usullari. Jo‘jalar va tovuqlarni oziqlantirish. Broyler jo‘jalarni oziqlantirish va broyler go‘shti ishlab chiqarish Mashg‘ulotning maqsadi: Mashg‘ulotlarni o‘tkazish kafedraning “Parrandalar kasalliklari” fanini o‘qitish uchun ko‘rgazmali qurol va o‘quv vositalari bilan jihozlangan o‘quv xonasida olib boriladi. Talabalar fandagi yangiliklardan xabardor bo‘ladi. Jo‘jaxonalarni jihozlashni, oziqlantirishni, broyler jo‘jalarni boqishni o‘rganib chiqadilar. Kerakli jihozlar: Parrandalami oziqlantirish bo‘yicha jadvallar, darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, tarqatma materiallar, laboratoriya pasporti, ratsionlar jadvallari, turli yosh parrandalar uchun oziqa namunalari. Mashg‘ulotning borishi: O‘qituvchi talabalarga bir kunlik jo‘jalardan boshlab asrash, jo‘jaxonalarni jihozlash, isitish, kirish-chiqish tadbirlari, oziqlantirish, dori darmonlar berishni tushuntiradi, yozdiradi va amalda ko‘rsatadi. Tayanch iboralar: parrandalar, parrandaxona, tovuq krosslari, mineral moddalar, omuxta yem, ratsion, broyler, jo‘jalar, biologik faol moddalar. Jo‘ja va tovuqlarni me’yoriy ratsionlar asosida muvofiqlashtirilgan oziqalar bilan boqish muhim o‘rin tutadi. Chunki, parranda organizmi oziqa moddalarining yetishmovchiligiga juda sezgir bo‘lib, ular organizmida biror oziqa yoki vitaminning yetishmovchiligida mo‘ljaldagi mahsuldorlikka erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun parrandalami to‘la qiymatli omixta yemlar bilan oziqlantirish maqsadga muvofiqdir. Oziqa tarkibi - makkajo‘xori doni, bug‘doy (yorma holatda), soya shroti, kepak, baliq uni, g o‘sht-suyak uni, beda uni, 29 o‘simlik yog‘i, osh tuzi, mineral qo‘shimchalar va boshqalardan iborat bo‘lib, mutaxassis maslahati bilan parrandaning mahsuldorligiga moslab muvofiqlashtirilgan ratsion tuzilishi zarur. Bir kunda jo‘jalar 6-3 marta, tovuqlar 3-2 marta oziqlantiriladi, jo‘jalarga bir kunda 5-10 g, tovuqlarga - 110-140 grammgacha omixta oziqa beriladi. Oziqalardagi to‘yimli va biologik faol moddalar parrandalar organizmiga energiya manbai va qurilish materiallari sifatida hamda moddalar almashinuvi jarayonlarining me’yorida kechishi uchun zarur bo‘lib, parrandalarning yuqumsiz kasalliklari ko‘pincha oziqlantirish va saqlash qoidalarining buzilishi oqibatida kelib chiqadi. Parrandalar organizmi ehtiyojlarini to‘liq qondirish uchun oziqalar tarkibida quyidagi oziqaviy va biologik faol moddalar bo‘lishi zarur: 1. Organik moddalar. Tarkibida azot saqlovchi moddalar; Oqsillar, aminokislotalar; 1.2. Tarkibida azot saqlamaydigan moddalar; Yog‘lar (glitseridlar, yog‘ kislotalari, mum, sterinlar va boshqalar); Xom kletchatka (lignin, sellyuloza, pentozalar); Azotsiz ekstraktiv moddalar (organik kislotalar, qand, kraxmal va boshqalar); Biologik faol moddalar (vitaminlar, garmonlar, fermentlar va boshqalar); Ratsion tarkibidagi oqsillar murakkab tuzilishga ega bo‘lgan organik moddalar bo‘lib, o‘sish, rivojlanish, ko‘payish, himoyalanish va mahsulot berishda asosiy ahamiyatga ega. Shu sababli parrandalar ratsionida oqsillarning yetarli darajada bo‘lishi zaruriy omillardan biri hisoblanadi. Aminokislotalar oqsillarning asosiy strukturaviy elementlarini tashkil etadi. Shuning uchun ham, ratsionlar tarkibidagi oqsillarning to‘la qiymatliligi ularning aminokislotalar tarkibiga ko‘ra baholanadi. Bugungi kunda 100 dan ortiq aminokislotalar aniqlangan bo‘lib, ulardan 20 tasi oqsillar sintezida qatnashadi. 30 Aminokislotalardan lizin, metionin, triptofan, arginin, gistidin, leysin, izoleysin, fenilalanin, trionin, valin va glitsin tovuqlar organizmi uchun juda zarur hisoblanadi. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling