Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


-rasm. Tovuqning ichki tuzilishi Parrandalarda ovqat hazm


Download 2.16 Mb.
bet26/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

10-rasm. Tovuqning ichki tuzilishi Parrandalarda ovqat hazm
qilish ham o‘ziga xos: don yeyuvchilarda jig’ildon (ozuqa ombori), 2 ta oshqozon mavjud, ozuqa ichak bo‘limlaridan tez o‘tadi; qizilo‘ngach tortilgan; oshqozonda ozuqani maydalashga yordamlashuvchi toshchalar (gastrolit) mavjud, ayrim hollarda donlar ham ushbu vazifani bajaradi; ingichka ichak shilliq pardalari tez yutish vazifasini bajaradi, ko‘r ichak kalta.
Til uchi shoxlangan epiteliylar bilan qoplangan, suvda suzuvchilarda esa ozuqani filtrlaydigan murakkab elak vazifasini bajaradi. Ta’m sezishni yuqori darajada rivojlanganligi tanglay, til osti va hiqildoqdagi bezchalarga bog’liq.
Yurak ularda 4 kamerali, nisbatan katta, tana massasining 2% gachasini tashkil etadi, undagi urish soni parrandaning turi, yoshi va fiziologik reaktivligiga bog’liq (8-jadval).





53




Parranda turi

Tana
harorati
(gradus)

Yurak urish soni (1 daq.)

Nafas olish soni (1 daq.)

Jinsiy yetilish (kun)

Tovuqlar: tuxum yo‘nalishi

40,5-42

240-340

18-25

120-130

Go‘sht yo‘nalishi

40,0-42,0

240-340

18-25

130-140

Kurkalar

40,5-41,0

90-100

15-20

180-200

O‘rdaklar

40,5-41,0

190-240

20-40

140-160

G‘ozlar

40,5-41,0

180-210

15-20

180-200

Tustovuqlar

40,5-42,0

240-340

18-25

140-150

Sesarkalr

40,5-42,0

240-340

18-25

150-160

Kaptarlar

40,5-42,0

140-400

25-30

-


Nafas olish a’zolari quyidagi bo‘limlardan tashkil topgan: burun bo‘shlig,i, yuqori hiqildoq, kekirdak, pastki hiqildoq, bronxlar, o‘pka va havo xaltachalari.
Burun bo‘shlig’ida havo filtrlanadi, isiydi va changdan tozalanadi. Tovuq kekirdagida xalqalar soni 110-120 ta, g’ozlarda -200 ta, suvda suzuvchilarda ular suyaklangan. Kekirdak odatda bo‘yindan uzunroq bo‘ladi, chunki unda egilgan joylar mavjud.
O‘pkadan asosiy bronxlar o‘tadi, keyin qorin bo‘shlig’idagi havo xaltachalari kengayadi. Bronxlarning ampulaga o‘xshash kengaygan joyini mezobronxning vestibulyar qismi deyiladi. O‘pkaning dorsal qismida pasaygan joy mavjud, ventral qismi esa plevra bilan qoplangan. O‘pka massasi parrandalar umumiy og’irbgining 1/180 qismiga teng: o‘rdakda -20 g, g’ozda -30 g, kurkada -25 g va tovuqda 9 g. Parrandalarda 2 ta kuchsiz rivojlangan o‘pka va ko‘krak - qorin diafragmalari mavjud.


54







11-rasm. Tovuqning nafas olish va ovqat hazm qilish organlari tuzilishi.
1-miya, 2-kekirdak, 3-bronxial naychalar, 4-o‘pka, 5-qizilo‘ngach, 6-jig‘ildon, 7-bezli oshqozon, 8-muskulli oshqozon, 9-jigar, 10-taloq, 11-me’da osti bezi, 12-o‘n ikki barmoqli ichak, 13-ingichka ichak, 14-ko‘r ichak, 15-yo‘g‘on ichak, 16-kloaka, 17-yurak, 18-buyrak, 19-tuxumdon, 20-tuxum yo‘li, 21-qobiq bezi
Havo xaltachalari yupqa devorli bo‘lib, havo bilan to‘la bo‘ladi. Hammasi bo‘lib parranda tanasida 9 ta asosiy, shulardan 4 tasi juft, simmetrik va 1 tasi toq yelkalar orasida joylashgan.
Nafas olish xaltalari bo‘lib, qorin, ko‘krak orqasi; nafas chiqarish - ko‘krak oldi, bo‘yin va yelka orasi xaltalari hisoblanadi. Bulardan tashqari teri osti havo


55




xaltachalari ham mavjud.
Nafas olish soni parrandalar turlari bo‘yicha bir biridan katta farq qiladi, u qancha yirik bo‘lsa, nafas olish soni shuncha kam bo‘ladi. Havo harorati 350 C va undan yuqori bo‘lsa, nafas olish 150-200 marta/daqiqa gacha tezlashadi.
Parrandaning muskullari ham o‘ziga xos (ko‘krak muskullari tana massasining 1/3 ni tashkil etadi). Oyoq panjasini bukadigan paylar ham o‘ziga xos yaratilgan, ularning yuzasi tekis emas, shuning uchun og’irlik tushsa, tovon yerga mahkam turadi, barmoq paylari ozroq egilgan bo‘ladi.
Ularda ko‘rish yaxshi rivojlangan, ushbu qobiliyat ayrim parranda turlarida monokulyar, boshqalarida binokulyar bo‘ladi. Tovuq makka donini 4 m dan, boshqa tovuqni 30 m dan ko‘radi. Ayniqsa, yaqin masofada ko‘rish qobiliyati juda yuqori bo‘ladi. Qizil va och jigar rangni farqlaydi; havorang va binafsha rangni yaxshi farq qila olmaydi.
Parrandalar tuxumidan jo‘ja chiqish ham 2 xil bo‘ladi: Ayrim parranda tuxumidan chiqadigan jo‘jalarda embrion rivojlanishi tezroq tugaydi, ulardan chiqqan jo‘jalar yalang’och (patsiz), yordamga muhtoj bo‘ladi. Odatda bunday parranda tuxumi kichik va uning sarig’i oz bo‘ladi.
Tuxumdon parrandalarda kuchli rivojlangan, u qon tomirlari bilan yaxshi ta’minlanganligi uchun tuxum hujayralarini ozuqa moddalarga bo‘lgan ehtiyojini yetarli darajada qondiradi. Tuxumdon estrogen, androgen va protesteron gormonlari ishlab chiqaradi.
Tuxum hujayrasi shakllanishining birinchi bosqichi 1 kundan 45 kungacha davom etadi, ovotsit boshlang’ich hajmga nisbatan 5 marta kattaradi va 1 mm gacha o‘lchamni tashkil etadi. Ovotsit o‘zagi markazdan periferiyaga o‘tadi va blastodiskni hosil qiladi. Ikkinchi bosqich 45-60 kun davom etadi, bunda sariqning birinchi oq rangli qatlami shakllanadi. Uchinchi bosqichda sariq 3-6 mm bo‘ladi. Ovotsitning to‘rtinchi bosqichi 6-7 kun davom etadi. Follikulalar tayanch, oziqlantirish va ushbu jarayonlarni boshqarish vazifalarini bajaradi. Parrandalarda 3605 tagacha tuxum hujayralari mavjud. Tovuq butun yashashi davomida taxminan 1500 tagacha tuxum qo‘yadi.


56




Qorong’ulik ovulyatsiyani, notinchlik, shovqin, ushlash tuxum qo‘yishni kechiktiradi. Tuxum yo‘li tuxum bermaydigan tovuqlarda 10-20 sm, qo‘yadiganlarida 60 - 90 sm bo‘ladi.
Nazorat savollari:

  1. Parrandalarning boshqa hayvonlar organizmidan farqi qanday?

  2. Parrandalarning tana qoplamasi haqida tushuncha bering?

  3. Tovuqlarning nerv sistemasi haqida gapiring?

  4. Tovuqlarning nafas olish tizimini o‘ziga xosligi nimada?

  5. Parrandalarning ovqat hazm qilish organlari haqida gapirib bering?

  6. Parrandalar qanday ko‘payadi?


57




Reja:

1.

Nafas tizimi kasalliklarini kelib chiqish sabablari.




2.

Klinik belgilari, kechishi, tashxisi va xo‘jalikda davolash







ishlarini tashkillashtirish.




3.

Davolash va oldini olish



Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling