Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Download 2.16 Mb.
bet96/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Oldini olish tadbirlari Virusni fermaga kiritmaslik uchun inkubatsion tuxum va 1 kunlik jo‘jalar faqat sog‘lom xo‘jalikdan olinishi zarur. Navbatdagi parrandalar guruhini joylashtirishdan oldin bino tozalanishi, 1 % li formaldegid, 2 % li o‘yuvchi natriy, dezinfeksiya va kamida 10 kun (kletkali) 14 kun (polda saqlanuvchi) sanatsiya qilinishi talab etiladi. Bino 1 yilda kamida 27 kun sanatsiyada turishi kerak. Har kuni havo almashtirish va mikroklimat nazorat etiladi:
Qarshi kurash chora tadbirlari. YuB aniqlansa, cheklov tadbirlari o‘tkaziladi. Nosog‘lom xo‘jalikdan tuxum, embrion, voyaga yetgan tirik parranda; ularning guruhlarini aralashtirish, ozuqa va inventarlarni chiqarish taqiqlanadi; Boshqa xo‘jalikdan parranda yoki boshqa narsa kirgizish ham taqiqlanadi. Tovuqxona, inkubatoriyalar, asbob-uskuna va inventarlar 2 % li issiq o‘yuvchi natriy bilan 2 soat davomida, hudud esa 3 % lisiga 1 % li formalin qo‘shib ishlov beriladi. Binolar har 2-3 kunda, hudud esa har haftada dezinfeksiya qilinadi.


151




Dezinfeksiya uchun 2-3 % li formalin, 3 % li 450 C issiq o‘yuvchi natriy, 2-3 % faol xlorli ohak ishlatiladi. Parrandalarni binodan chiqarmasdan dezinfeksiya qilish uchun 2% faol xlorli natriy gipoxlorid (0,5 ml/m3) 15 daqiqa davomida 1 gr xlorli ohak, 0,1 ml skipidar 7 daqiqa davomida yoki voyaga yetgan tovuqlar uchun 2 gr xlorli ohak, 0,2 ml skipidar 15 daqiqa davomida dezinfeksiya qilinadi.
Xo‘jalikdan oxirgi kasal yo‘qotilgandan 3 oy keyin, barcha sog‘lomlashtirish tadbirlari yakuniy dezinfeksiya o‘tkazilib cheklov olinadi.
Nazorat savollari:

  1. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi, kelib chiqish sabablari?

  2. Yuqumli bronxitda klinik belgilarning namoyon bo‘lishi?

  3. Kasallik patogenezi?

  4. Kasallikka qarshi kurashish tadbirlari?


152



Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling