Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti
Download 2.16 Mb.
|
Parrandachilik kasalliklari
53-rasm. Laringotraxeal shakl kuzatiladi. Kekirdak oralig‘ida qonli
shilimshiq ekssudat to‘planadi, ayrimlarida tvorogsimon tiqin paydo bo‘ladi, u ko‘pincha tomoq teshigini to‘la bekitib qo‘yganligi uchun kasal tovuq nafas ololmasdan o‘ladi. Ular ekssudatni yo‘tal bilan chiqarishga harakat qiladi. Kasallar tuxum qo‘yishni to‘xtatadi. Agar o‘z vaqtida o‘sha tiqin olib tashlansa, tovuq tuzalib ketishi mumkin. Kasallik odatda 3-10 kun davom etadi, agar kasal 160 tovuqning rezistentligi past bo‘lsa, u albatta o‘ladi. O‘lim kasallik o‘tkir kechganda 10-60%. ILT yarim o‘tkir va surunkali kechganda kasallik respirator sindrom bilan o‘tadi. Konyuktival shaklda dastlab guruhdagi ayrim 20-25 kunlik jo‘jalar kasallansa, keyin guruhdagi barcha jo‘jalar kasallanishi mumkin. Kasallikning bu shaklida dastlab bir yoki ikkala ko‘zning shilliq pardasi qizaradi, ko‘z shakli o‘zgarib, uzunchoq bo‘lib qoladi, ko‘zning ichki burchaklari bo‘rtib chiqadi, qovoqlari ham shishadi va serozli ekssudat oqib turadi, ko‘pikli suyuqlik qoplab oladi. Yallig‘lanish jarayoni tobora chuqurlashib, ko‘zning uchinchi qovog‘ini ham jarohatlaydi va ko‘z yopishib qoladi, yosh oqib turadi, yorug‘likdan qo‘rqish kuzatiladi va kasal parrandalar nim qorong‘i joylarga berkinib oladi. Konyuktivit uzoq cho‘zilsa, ko‘zning uchinchi qovog‘ida kazeozli massa to‘planadi. Ayrim kasal parrandalar ko‘r bo‘lib qoladi. Ko‘p yillik kuzatuvlar natijalariga ko‘ra laringotraxeit kasalligining konyuktival shakli yosh parrandalarda uchraydi va laringotraxeal shakl bilan birga kechadi. Kasallikning konyuktival shaklida hiqildog‘i va kekirdagi kam jarohatlanadi. Patologoanatomik o‘zgarishlar. Kasallikning laringotraxeal shakliga chalingan tovuqlar yorib ko‘rilganda o‘zgarishlar asosan hiqildoq va kekirdakda bo‘ladi. Ko‘p hollarda hiqildoqni kazeozli tiqin berkitib qo‘yadi. U olib tashlansa, hiqildoq shilliq pardasining qizargani, shishgani, yo‘g‘onlashgani va notekisligi ko‘zga tashlanadi. Kekirdak shilliq pardasining qizargani va uning hamma qismlarida yoki yuqori qismida qon quyilishlar, kekirdak yo‘lida har xil miqdordagi shilimshiqli, qonli ekssudatlar aniqlanadi. 54-rasm. ILTning konyuktival shakli 161 Burun bo‘shlig‘ida, kekirdak va katta bronxda shilliq-gemorragik quyqa kuzatiladi. Til asosida ham qotgan fibrinli ekssudat bo‘ladi. Parenximali a’zolar qonga to‘lgan, yurak kattargan, ichaklar shilliq pardalari va kloakasi yallig‘langan bo‘ladi. Halqumni kazeozli tiqin berkitib qo‘yganligi uchun bo‘g‘ilib o‘lgan parrandalarni yorib ko‘rilganda epikardda mayda gemorragiyalar ko‘zga tashlanadi. ILT kasalligining konyuktival shaklida patologoanatomik o‘zgarishlar xususan jarohatlangan ko‘zda kuzatiladi. Unda ko‘z shilliq pardasi qizargan, shishgan, ikkala ko‘z qovog‘i, uchinchi qovoq ham shishgan bo‘ladi. Konyuktival xaltada kazeozli massa to‘plangani, ayrim kazeozsimon modda hollarda ko‘z qovog‘i xiralashgani va ko‘z soqqasi kasallangani ko‘zga tashlanadi. Diagnostikasi. ILTga dastlabki diagnoz epizootologik, klinik va patologoanatomik ma’lumotlar asosida qo‘yiladi. 25-35 kunlik jo‘jalardan 7-8 oylikkacha tovuqlarning kasallanishi, kasallikning epizootiya shaklda kechishi, tez tarqalishi, nafas olishning buzilishi, ya’ni yo‘tal, bo‘g‘ilish, tomoq va kekirdak shilliq pardalarining gemorragik va kataral yallig‘lanishi hamda o‘pka, bronxlar va boshqa ichki a’zolarda deyarli o‘zgarish bo‘lmasligi bu kasallikka diagnoz qo‘yishda katta ahamiyat kasb etadi. Laboratoriyaviy usullar bilan qo‘yilgan diagnoz yakuniy hisoblanadi. Bunda patologik material bakteriologik usulda tekshirilib, bakterial kasalliklar istisno qilinadi. So‘ngra ushbu materialdan 1:5 yoki 1:8 nisbatda suspenziya tayyorlanib, 30-60 kunlik jo‘jalar zararlantiriladi. Agar materialda ILT virusi bo‘lsa, kekirdakka yuborilgan jo‘jalarda 3-5 kundan so‘ng kasallik belgilari paydo bo‘ladi. Kloakasi zararlantirilgan jo‘jalarda 3-5- kunlari kloaka shilliq pardasida qizarish, shish va serozli shilliq suyuqlik kuzatiladi. Zararlantirilgan 55-rasm. Kekirdakdagi shilimshiq va 162 tovuq embrioni xorioallantoisida xarakterli oq-kulrang tugunchalar paydo bo‘ladi. Hozirgi vaqtda tovuqlarning infeksion laringotraxeit kasalligiga diagnoz qo‘yish uchun neytrallash, GATR, IDR reaksiyalari qo‘llaniladi. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling