Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Download 2.16 Mb.
bet107/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Iqtisodiy zarar. Kasallik o‘tkir kechganda, immunizatsiya o‘tkazish muddati buzilganda, birinchi marta qayd qilinganda yosh jo‘jalar 100 foizgacha nobud bo‘ladi. Ona tovuqlar ham 70-100 foiz atrofida o‘ladi. Bundan tashqari, emlash ishlarini amalga oshirish uchun ko‘p miqdorda vaksina talab etiladi. Karantin chora-tadbirlarini o‘tkazish uchun ham katta mablag‘ zarur. Bularning hammasi parrandachilik xo‘jaliklariga juda katta iqtisodiy zarar keltiradi.
Qo‘zg‘atuvchisi. Paramiksovirus, polimorf virionlar - ipsimon,





tayoqchasimon, raketka
shaklidaga virus. U odam,
qoramol, cho‘chqa va yilqilarning
eritrotsitlarini agglyutinatsiya
qiladi. Tashqi muhit sharoitlariga
ancha chidamli, past haroratda
konservatsiya bo‘ladi.
Muzlatilgan tovuq go‘shtida
6 oygacha, 20° C da esa bir 49-rasm. Nyukasl virusi tuzilishi
yilgacha yashaydi. 65-70° C da 30 minutda, 100° C da esa bir sekund ichida o‘ladi. Atrof muhitning 18-20° C haroratida oylab yashay oladi. Tovuq patlarida 18 kun tirik saqlanadi, tuxumda esa muzlatgich sharoitda yillab yashayveradi. Virus 9-10 kunlik tovuq embrionida yaxshi rivojlanadi.
Epizootologiyasi. Nyukasl kasalligaga birinchi o‘rinda tovuqlar moyil bo‘ladi. Kurkalar ham kasallanadi. Lekin bu tur parrandalarda har doim ham kasallik tipik holatda namoyon bo‘lavermaydi. Tabiiy sharoitda, yoshidan va zotidan qat’iy nazar, hamma parrandalar kasallanadi. Kasallik yilning har qanday faslida ham uchrayveradi. Sun’iy kasallikka chumchuq, to‘ti, yovvoyi o‘rdaklarda moyillik ancha kuchli. Virus organizmga har xil yo‘llar bilan kiradi. Asosiysi respirator va alimentar yo‘l hisoblanadi. Virus organizmga tushgach, shilliq pardalar orqali qonga o‘tib, so‘ngra kasallik qo‘zg‘atadi. Kasallik asosan


167


tashqaridan keltirilgan parranda, pat yoki nosog‘lom xo‘jaliklardan keltirilgan tuxum orqali yuqadi. Ba’zan xo‘jalikning o‘zidagi virus tashuvchilar, shuningdek virus ajratib turuvchi ob’ektlar orqali ham yuqishi mumkin. Kasal parranda kasallik qo‘zg‘atuvchisining asosiy manbai hisoblanadi. Kasallik bevosita kontakt yo‘li bilan va zararlangan ob’ektlar orqali ham yuqadi. Kasallikning tarqalishida zararlangan tuxumlar, atrofidagi sog‘lom parrandalar uchun o‘ta xavflidir. Nosog‘lom xo‘jalikda saqlangan ozuqa mahsulotlari ham kasallik tarqalishiga sabab bo‘ladigan omillardandir.
Kasallik epizootiya holatida kechib, birinchi marta qayd qilingan xo‘jalikka juda katta talofat keltiradi. 2-5 kun ichida 70-100 foizgacha parranda kasallanadi. Agar shaxsiy xo‘jaliklarda qayd qilinsa, bir qishloqdan ikkinchi qishloqqa yoki hovliga o‘tib ketaveradi va tovuqlar «qirg‘inga» uchraydi.
Patogenez. Virus organizmga tushgach, septitsemiya paydo qiladi. A’zolarga tarqalib, rivojlanish jarayonida toksin ajratadi. Bu esa o‘z navbatida qon tomirlar devoriga ta’sir etib, yallig‘lanish-nekrotik jarayonni keltirib chiqaradi. Qon sizilib chiqa boshlaydi, giperemiya va qon quyilish ro‘y beradi. Yurak muskullari distrofik-degenerativ o‘zgarishga uchrab, uning faoliyati buziladi. Bundan tashqari, taloq, jigar, buyrak, oshqozon-ichak va bosh miyada ham jarohatlanish kuzatiladi.

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling