Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Download 2.16 Mb.
bet109/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

58-rasm. Jig‘ildonda qon quyilishi ozuqa hazm bo‘lmagach, u
eskirib, to‘xtab qolishi natijasida, yoqimsiz qo‘lansa hid chiqib turadi. Muskul va oshqozon bezining chegarasida kuchli qon quyilish kuzatiladi. Ichakning limfoid follikulasida epikard ostida ham qon quyilgan bo‘ladi. Taloq bir oz kichrayadi. O‘pka qonga to‘lib, sal shishadi va pnevmoniya o‘choqlari yuzaga keladi. Miya qon tomirlari shishib, miyaga qon quyilishi kuzatiladi.
Diagnoz. Nyukasl kasalligiga diagnoz qo‘yish uchun kasallikning epizootologiyasi, klinik belgilari va patologoanatomik o‘zgarishlari hisobga


169




olinadi. Bundan tashqari, laboratoriya sharoitida virus ajratib olinib, identifikatsiya qilinadi. Bu jarayon RTGA yordamida maxsus giperimmunli qon zardobi bilan amalga oshiriladi. Virusni ajratish uchun kasal yoki o‘lgan parrandalarning taloq yoki bosh miyasidan 10 %
li suspenziya tayyorlanadi. Minutiga 1500 marta aylanadigan sentrifugada aylantirilib, bir soat tinitiladi. Keyin suspenziyaga 1000 TB penitsillin va 1000 mg streptomitsin qo‘shib, 9-10 kunlik embrionga yuqtiriladi. 72 soatdan keyin RGA bilan gemagglyutinin borligi, RTGA bilan immunitetning darajasi diagnostik antigen bilan (Nyukasl kasalligaga qarshi ishlatiladigan har qanday vaksina ham mumkin) RTGA usulini qo‘llab aniqlanadi. Immunizatsiya o‘tgach, 5-6 oydan keyin qon zardobi tarkibida antiteloning yuqori titrda saqlanib turishi organizmda virusning dala shtammi borligidan darak beradi.
Differensial diagnoz. Yuqumli bronxit va laringotraxeitdan farq qila bilish kerak. Yuqumli bronxitda diagnostik belgidan biri virusni neytralizatsiya qiluvchi antiteloni aniqlashdir. Buning uchun RN qo‘yiladi. Bronxitdan tuzalgan tovuqlar Nyukasl kasalligi bilan kasallanaveradi. Ayrim hollarda Nyukasl kasalligi bronxit bilan birga kelishi mumkin. Laringotraxeitni ajratish uchun klinik belgilarga e’tibor qilinib, uning virusi ajratib olinadi va identifikatsiya qilinadi. Pasterellyozdan esa mikrobiologik tekshirish usullari bilan differensiatsiya qilinadi.

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling