Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Download 2.16 Mb.
bet110/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Immunitet. Kasallikning oldini olish uchun quyidagi vaksinalar qo‘llaniladi.

  • Shtamm B1 (B-prim) dan tayyorlangan quruq virus vaksina. Sog‘lom xo‘jaliklarda bu vaksina bilan 15-20, 45-60, 140-150 kunlikda, keyinchalik har 4 oyda 1 marta emlab boriladi. Bir ampulasi 50 ml distillangan suvda eritilib, intranazol va aerozol usullar bilan qo‘llaniladi. Pipetka bilan burunga ikki tomchi tomiziladi.

  • «La-Sota» shtammidan tayyorlangan quruq virus vaksina. Vaksina intranazol usul bilan sog‘lom va nosog‘lom xo‘jaliklarda qo‘llaniladi. Sog‘lom xo‘jaliklarda 15-20, 45-60, 140-150 kunlikda, nosog‘lom xo‘jaliklarda 10-15,


170




35-40, 120-140 kunlikda, keyinchalik har 6 oyda bir marta emlab boriladi. Intranazol usulda yuborishda bir ampula vaksina (500 nazol doza) 50 ml distillangan suvda eritiladi. Burunga 2 tomchi vaksina tomizishdan oldin suv ichiriladi. Vaksinatsiyadan 1,5 soat keyin tovuqlarga suv berish mumkin.
Suv bilan ichirilganda esa 500 nazol doza vaksina 1 l distillangan suvda eritilib, 2 kun ertalab, har bir jo‘jaga 5 ml dan beriladi. Vaksinatsiyadan 6 soat oldin ozuqa va suv berish taqiqlanadi. Immunizatsiya o‘tgach, 1-1,5 soatdan keyin ozuqa va suv berishga ruxsat etiladi. Immunitet 7-8 kundan so‘ng paydo bo‘ladi.

  • Shtamm «H» dan tayyorlangan quruq virus vaksina. Vaksina tirik bo‘lib, ampulada chiqariladi. Katta yoshdagi klinik sog‘lom tovuqlarga qo‘llaniladi. 1 ml vaksina (0,5 ml virus massasi) 500 ml steril fiziologik eritmada eritiladi. Eritma ko‘krak sohasi muskuli orasiga 1 ml miqdorda yuboriladi. Immunitet 48 soatdan keyin paydo bo‘lib, bir yil davom etadi.

Oldini olish. Parrandachilik xo‘jaliklariga faqat sog‘lom xo‘jaliklardan parranda va tuxum keltirishga ruxsat etiladi. Parrandachilik xo‘jaliklariga kiradigan transport vositalarini dezinfeksiya qilish zarur. Ozuqa sexi va omborlariga har xil yovvoyi parrandalarning uchib kirishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Har bir partiya jo‘ja chiqarilganda dezinfeksiya o‘tkaziladi. Tevarak atrofdagi xo‘jaliklarning Nyukasl kasalligi bo‘yicha epizootik holati kuzatilib va o‘rganib boriladi. Reja bo‘yicha vaksinatsiya o‘tkazib turilishi shart. Kasallik chiqqach, darhol diagnozi aniqlanib, karantin e’lon qilinadi. Karantin sharti bo‘yicha jo‘ja ochirib sotish, parrandalarni boshqa xo‘jaliklarga berish, tuxum chiqarish qat’iy man etiladi. Hamma klinik kasal parrandalar yo‘q qilinadi.
Parrandachilik fabrikalari, davlat, jamoa va boshqa xo‘jaliklar hamda davlat veterinariya muassasalari tarmoqlaridagi veterinariya mutaxassislari quyidagi ishlarni bajarishlari shart:

  • parrandachilik xo‘jaliklari, aholi punktlarida maxsus veterinariya tadbirlarini (kasallikning oldini olish uchun emlash, diagnostik tekshirishlar) amalga oshirish hamda parrandalar holatini muntazam ravishda tekshirib borish;


171




  • Nyukasl kasalligining oldini olish uchun emlash o‘tkazilgan xo‘jaliklarda, emlangan parrandalarda immunitet paydo bo‘lishini nazorat qilish.

Nyukasl kasalligi paydo bo‘lganligiga shubha tug‘ilganda xo‘jalik (parrandachilik fabrikalari, davlat, jamoa xo‘jaliklari, korxonalari rahbarlari va veterinariya mutaxassislari yoki shaxsiy xo‘jaliklardagi parrandalar egalari quyidagi vazifalarni bajarishlari kerak:

  • xo‘jalik ichkarisiga begona kishilarning kirishiga yo‘l qo‘ymaslik, parrandalarni xo‘jalik ichida aralashtirmaslik, undan parrandalar, tuxum va boshqa parranda mahsulotlari hamda asbob-uskunalar, jihozlar, go‘nglarni olib chiqmaslik;

  • kasallik paydo bo‘lganligi haqida xo‘jalik (aholi punkti), muassasaning veterinariya mutaxassisiga va tuman bosh veterinariya vrachiga zudlik bilan xabar qilish.

Xo‘jalik, davlat veterinariya muassasalari tarmoqlari veterinariya mutaxassislari kasallikni darhol aniqlash chora-tadbirlarini ko‘rib, yangi o‘lgan parrandalar (3-5 bosh) va kasal parrandalardan (10-20 bosh) olingan qon zardobini veterinariya laboratoriyasiga tekshirish uchun yuboradilar.
Nyukasl kasalligiga diagnoz epizootologik ma’lumotlar, klinik belgilar, patologoanatomik o‘zgarishlar va laboratoriya tekshirish natijalari asosida qo‘yiladi.
Tuman bosh veterinariya vrachi kasallik paydo bo‘lganligi haqidagi xabarni olgandan so‘ng:

  • darhol nosog‘lom xo‘jalik, aholi punktiga borib, epizootologik o‘choqni yo‘qotish va infeksiya manbaini aniqlash bilan shug‘ullanadi;

  • zarur hollarda veterinariya vrachi (epizootolog)ni kasallik o‘chog‘i bor joyda barcha tadbirlarni tashkil etish va yo‘qotish uchun javobgar etib tayinlaydi;

  • bir sutka muddatda nosog‘lom xo‘jalik (aholi punkti)da karantin e’lon qilinganligi, kasallik tarqalib ketishining oldini olish va yo‘qotish bo‘yicha maxsus komissiya tuzilganligi haqida tuman hokimiyatiga materiallar yuboradi;


172




  • shu bilan birga qo‘shni tumanlar veterinariya vrachlari va yuqori veterinariya tashkilotlariga Nyukasl kasalligi paydo bo‘lganligi haqida xabar beradi.

Agar kasallik shaharlarda uchrasa, alohida ko‘chalar, kvartallar yoki butun shaharda karantin e’lon qilinadi. Nyukasla kasalligi bo‘yicha karantin o‘rnatilgan xo‘jalik va aholi punktlarida quyidagalar taqiqlanadi:

  • Nyukasl kasalligiga chidamsiz bo‘lgan parrandalarni binolardan tashqariga chiqarish;

  • parrandachilik xo‘jaliklariga begona kishilarning kirishi;

  • parranda va mahsulotlarini sotish, olib chiqish. Nyukasl kasalligi bo‘yicha nosog‘lom xo‘jaliklar (parrandachilik fabrikasi, fermalari)da quyidagilar o‘tkaziladi:

  • yosh parrandalarda kasallik uchrasa, barcha kasal va sog‘lom jo‘jalar qonsiz usul bilan o‘ldiriladi, yo‘qotiladi yoki utilga yuboriladi. Qolgan klinik sog‘lom parrandalar go‘shtga so‘yiladi yoki kasallikka qarshi vaksina bilan emlanadi. Bu parrandalar alohida joyda saqlanib, karantin bekor qilinishidan 2 hafta oldin go‘shtga so‘yiladi;

  • karantin davrida olingan tuxum kamida 10 minut qaynatiladi va nosog‘lom xo‘jalik ichkarisida ozuqa uchun ishlataladi.

Nosog‘lom parrandachilik xo‘jaliklari, fabrikalarida mexanik tozalash va dezinfeksiya ishlari o‘tkaziladi. Go‘ng va to‘shamalar biotermik zararsizlantiriladi.
Nosog‘lom xo‘jalik, aholi punktida oxirgi kasal parranda yo‘q qilingandan, xo‘jalik maydonchalari va binolarida to‘liq sanatsiya ishlari o‘tkazilgandan 30 kun keyin karantin bekor qilinadi. Parrandalarni go‘shtga so‘yish veterinariya bo‘limining ruxsati bilan amalga oshiriladi va lozim deb topilsa, maxsus joylarda bajariladi. Kasallikka qarshi kurash va uni yo‘qotish tadbirlarining hammasi qo‘llanma bo‘yicha amalga oshiriladi.


173


Nazorat savollari:




  1. Kasallikning klinik belgilarini va patologoanatomik o‘zgarishlarni kasalliklaming har xil kechishida bayon qiling?

  2. Kasallikning shakllarini ayting, aerozol usulida qaysi dezinfektandan foydalaniladi?

  3. Kasallik qo‘zg‘atuvchilarining manbai va uni uzatish omillarini tavsiflang?

  4. Qanday maxsus immuno oldini olish o‘tkaziladi, guruhli emlashda qaysi vaksinalarni ishlatish mumkin?

  5. Kasallikning va unga qarshi kurashish chora-tadbirlarini izohlang?


174





Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling