Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Download 2.16 Mb.
bet108/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Kechishi va klinik belgilari. Kasallikning yashirin davri 1-5 kun, ba’zan bir hafta davom etishi mumkin. Nyukasl kasalligida klinik belgilarning namoyon bo‘lishi asosan organizmda immunitetning mavjudligiga bog‘liq. Immunitet yo‘q parrandalarda kasallik og‘ir o‘tadi. Bu holat ayniqsa yosh jo‘jalarda kuchli namoyon bo‘ladi. Ular butunlay holsizlanadi, nafas olish qiyinlashadi. Nafas olganda og‘zini ochib bo‘ynini cho‘zadi, o‘ziga xos tovush chiqaradi. Kasallik boshlangach, birinchi 4-5 kunda talofat kuchli bo‘lib, 80-100 foizgacha yetishi mumkin. 8-10 kundan keyin esa kamayadi. Asab sistemasining buzilishi kuzatiladi, boshda tremor holati yuzaga kelib, qanot va oyoqlar falajlanadi. Bo‘yni orqaga qayrilib qoladi, ba’zan ko‘krakga egilgan bo‘ladi. Katta yoshdagi tovuqlarda ham yuqoridagidek holat yuzaga kelib, immunizatsiya


168










qilinmaganlarda juda og‘ir
kechadi. Tuxumi keskin
kamayib ketadi. Haddan
tashqari holsizlanib, ko‘zini
yumib, cho‘nqayib turadi,
mudroq bosadi. Shuning
uchun ayrim qishloqlarda
bu kasallik «cho‘nqaymish»
deb ataladi. Ozuqaga
intilmaydi. Esnagandek bo‘lib, 57-rasm. Nyukasl kasaliga chalingan tovuq
asabi buziladi va ichi ketadi. Immunizatsiya qilinmagan parrandalarda diareya
va nafas olishning og‘irlashish hollari kuzatiladi. Ichi yashilsimon, qon
aralashgan bo‘ladi. Qanot va oyoqlari falajlanib, o‘lim 90-100 foizgacha boradi.
Patologoanatomik o‘zgarishlar. O‘ta o‘tkir kechganda patologoanatomik
o‘zgarishlar ro‘y-rost namoyon bo‘lmasdan, shilliq pardalarga qon quyilishi
mumkin. O‘tkir kechganda esa toj ko‘kimtir bo‘lib, terida qon quyilish hollari


ko‘zga tashlanadi. Shilliq
pardalarda kuchli qon
quyilish, boshning teri osti
kletchatkasi, bo‘yin,
ko‘krakda shish bo‘ladi.
Jig‘ildonda havo to‘planib,

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling