Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Download 2.16 Mb.
bet105/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Ajratma diagnozi. Ushbu kasallikni infeksion bronxit, gipovitaminoz A, respirator mikoplazmoz va chechakdan farqlash kerak. Chechak ILT dan terining jarohatlanishi bilan farq qiladi. Infeksion bronxit kasalligi tabiiy sharoitda 1 oylik bo‘lgan jo‘jalarda uchraydi va o‘pka hamda bronxlarning jarohatlanishi bilan kechadi. Barcha hollarda laboratoriyaviy tekshirishlar yakuniy diagnoz qo‘yishga asos bo‘ladi.
Davolash. Maxsus davolash vositasi yo‘q, biroq sekundar infeksiyalarga qarshi keng doirada ta’sir etuvchi antibiotiklar va yodli preparatlardan foydalansa bo‘ladi.
Immunitet. Kasaldan tuzalgan tovuqlarda immunitet hosil bo‘ladi. Vaksinatsiyadan keyin yoki virus bilan zararlantirilgandan 14-20 kun keyin qon zardobida antitelolar paydo bo‘lib, 2-3 oy davom etadi. Rossiyada virusning VNIIBP shtammidan quruq virus vaksina yaratilgan. Nosog‘lom xo‘jaliklarda parrandalarning kloaka shilliq pardasiga surkash usuli bilan emlanadi. 7-10 kundan keyin immunitet shakllanadi va tovuqlar yashaganicha davom etadi. Emlangan jo‘jalarda immunitet 10-14 kundan so‘ng paydo bo‘lib, rivojlanish davrining oxirigacha davom etadi.
Profilaktika va qarshi kurashish tadbirlari. ILT virusini parranda fermaga kiritmaslik uchun inkubatsion tuxum va 1 kunlik jo‘jalar faqat sog‘lom xo‘jalikdan olinishi zarur. 1 kunlik jo‘jalarni asosiy parrandalar binosidan uzoqroq alohida joylashtirish zarur.
Sog‘lom (inkubatsion tuxum beruvchi) xo‘jalikda barcha transport va taralar muntazam issiq 3 % li kaustik soda, 3-4% li formalin bilan aerozol holda 15-20 ml/m3 hisobida dezinfeksiya qilinishi, veterinariya - sanitariya qoidalarni bajarish talab etiladi. Navbatdagi parrandalar guruhini joylashtirishdan oldin bino tozalanishi, dezinfeksiya va kamida 10 kun (kletkada) 14 kun (polda


163




saqlanuvchi) davomida sanatsiya qilinishi talab etiladi. Bino 1 yilda kamida 27 kun sanatsiyada turishi kerak. Har kuni havo almashtirish va mikroklimat nazorat etilishi, ammiak miqdori 0,01 mg/l, vodorod sulfid - 0,006 mg/l, karbonat angidrid - 0,2 % va nisbiy namlik 60 -70 % dan oshmasligi zarur.
ILT oldini olishda parrandalarni to‘g‘ri parvarish qilish, ya’ni zoogigiyenik me’yorlar darajasida saqlash, tozalikka rioya qilish, parrandaxonalar haroratini normal ushlab turish kabi omillar ahamiyati beqiyosdir. Bundan tashqari, oziqlantirish ratsioniga organizm uchun kerakli oqsil, uglevod, mineral va vitaminlarga boy ozuqalarni kiritish kerak.
Parrandachilik xo‘jaligida, fermasida ILT laboratoriyaviy aniqlansa, unga tuman veterinariya bosh noziri dalolatnomasi asosida tuman hokimi qarori asosida cheklov qo‘yiladi. Nosog‘lom xo‘jalikda barcha kasal va kasallikka gumon qilingan parrandalar majburiy so‘yiladi va jarohatlangan ichki a’zolari va go‘shtida o‘zgarishlar bo‘lsa, ular yo‘qotiladi. O‘zgarishlar kuzatilmasa go‘sht va ichki a’zolar qaynatilib iste’mol qilinadi yoki go‘sht mahsulotlarini qayta ishlash korxonasiga konserva qilishga yuboriladi. Tovuqxona tozalanib dezinfeksiya qilinadi. Dezinfeksiya uchun 2-3 % li formalin, 3 % li 65-700 C issiq o‘yuvchi natriy, 2-3 % li faol xlorli ohak ishlatiladi.
Nosog‘lom va xavfli xo‘jaliklardagi barcha shartli sog‘lom parrandalar laringotraxeitga qarshi vaksina bilan emlanadi. Ular parrandalarni parvarish qilish muddatining oxirigacha ajratilgan holda saqlanadi. Agar yuqoridagi usullar bilan laringotraxeit kasalligidan sog‘lomlashtirish ning iloji bo‘lmasa, 1-2 oyga jo‘ja olish to‘xtatiladi. Bu davr oralig‘ida inkubatoriya, nosog‘lom xo‘jalik hududi va parrandaxonalar tozalab dezinfeksiya qilinadi. Agar jo‘ja ochirishni to‘xtatishning iloji bo‘lmasa, 25-30 kunlikdan boshlab barcha parrandalar ILTga qarshi vaksina bilan emlanadi. Bu chora samarali hisoblanib, deyarli barcha jo‘jalarni laringotraxeitga chalinishdan muhofaza qiladi.
Xo‘jalik, ferma, aholi punktidan oxirgi kasal parranda yo‘qotilgandan 2 oy keyin, yakuniy dezinfeksiyadan so‘ng, tuman bosh veterinariya noziri dalolatnomasi asosida hokim qarori bilan cheklov olinadi.


164


Nazorat savollari:




  1. Klinik belgilami va patologoanatomik o‘zgarishlarni kasallikning har xil kechishida bayon qiling?

  2. Kasallikning laringotraxeal va konyuktival shakllarida aerozol usulida qaysi dezinfektandan foydalaniladi, parrandaxonani dezinfeksiya qilishdachi?

  3. Kasallik qo‘zg‘atuvchisining manbai va uni o‘zatish omillarini tavsiflang?

  4. Qanday maxsus oldini olish o‘tkaziladi, guruhli emlashda qaysi vaksinalar, qanday ishlatiladi?

  5. Kasallikning konyuktival shaklini va unga qarshi kurashish chora- tadbirlarini izohlang?


165



Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling