Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Download 2.16 Mb.
bet103/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Patogenezi. Virus epiteliotrop, nafas olish a’zolari shilliq pardalari epiteliyalarida tez ko‘payadi. Jarohatlangan epiteliyalar infeksiya darvozasi hisoblanadi Virus nafas olish yo‘llari a’zolari shilliq pardalarining epitelial hujayralariga yopishadi va yallig‘lanish jarayonini keltirib chiqaradi. Natijada epitelial hujayralar o‘z vazifasini bajara olmaydi, ishdan chiqadi, hiqildoq va kekirdak shilliq pardalari shishadi va u yerlarda o‘choqli qon quyilishlar kuzatiladi. Bunday o‘zgarishlar odatda virusning organizmga kirganidan 24-72 soat so‘ng ro‘y beradi. Keyinchalik virus qonga o‘tadi va ichki a’zolarga tarqaladi.
Chuqur patologik o‘zgarishlar natijasida hosil bo‘lgan kazeozli tiqinlar faqat nafas yo‘llarini toraytiribgina qolmay, ularni butunlay berkitib qo‘yadi. Oqibatda kasal parrandalar bo‘g‘ilib o‘ladi.


159









Klinik belgilari. Kasallikning yashirin davri 2-30 kun davom etadi. U
organizmning rezistentligiga,
qo‘ zg‘ atuvchining virulentligiga,
uning miqdori va parranda
saqlanayotgan sharoitga bog‘liq.
Uning klinik belgilari xilma-xil.
Kasallik o‘tkir, yarim o‘tkir,
surunkali kechadi, uning
laringotraxeal, konyuktival shakllari
mavjud. 52-rasm. Infeksion laringotraxeitga
ILT kasalligining laringotraxeal chalingan tovuq
shakli odatda o‘tkir kechadi va quyidagi belgilar bilan namoyon bo‘ladi:
kasallikning dastlabki paytida ishtaha pasayadi yoki batamom yo‘qoladi. Kasal
tovuq kam harakat qiladi va ko‘zlarini yumib o‘tiradi; bu belgilardan so‘ng
yo‘tal boshlanadi, bo‘g‘iladi, og‘zini ochib va bo‘ynini yuqoriga cho‘zib,
qiynalib nafas oladi. Kekirdakda to‘plangan ko‘p miqdordagi ekssudat hisobiga
nafas olganda xirillash eshitiladi. Bu
ko‘pincha kechasi tinch paytida aniq
eshitilib turadi. Kasal parrandaning
kekirdagi paypaslansa, kuchli og‘riq
sezadi va yo‘taladi. Uning
tumshug‘ini ochib kuzatilsa, hiqildoq
shilliq pardasining kuchli qizargani,
shishgani, ba’zan qon quyilganligi

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling