50-rasm. Kasal tovuqni holati ko‘rinadi. Muskullar suvsiz va oqargan.
Ko‘krak, qomat, son muskullarida va oshqozonning shilliq pardasiga qon
quyilgan. Buyrak kattalashgan, to‘q jigar rangda, kanalchalarda esa siydik
kislotasi to‘plangan.
Tashxis. Gamboro kasalligi
boshqa kasalliklarga o‘xshash,
tipik kechganda klinik belgilari va
patologoanatomik o‘zgarishlar
bo‘yicha diagnoz qo‘yish osonroq.
Kasallikning boshlanish davrida
yoki atipik kechganda laboratoriya
tekshirishlari (virusni tovuq
embrionidan ajratib olish, biosinama 51-rasm. O‘lgan tovuqni oyog‘idagi
qo‘yish, serologik reaksiya) bilan o‘zgarishlar
aniqlash mumkin.
Laboratoriyaga tekshirish uchun o‘lgan parrandalardan kloaka xaltachasi,
buyrak, jigar, taloq yuboriladi.
Patologoanatomik namunani xovonchada yanchiladi va fiziologik eritma
(1:10) qo‘shiladi. Olingan 10% li suspenziyani minutiga 3000 marta
aylanadigan sentrifugada 15 minut sentrifuga qilinadi. Ustidagi suyuqlikka
100 TB-ml penisillin va 100 lekg-ml streptomisin qo‘shiladi, sovutgichda (4°)
6-12 soat saqlanadi va moyil parrandalarning embrionlarini zararlash uchun
ishlatiladi.
155
Zararlashda 20-25 kunlik jo‘jalardan foydalaniladi. Tekshiriladigan namuna 10-15 kunlik jo‘jalarning burniga 0,5 ml miqdorda yuboriladi va 15 kun kuzatiladi. Biosinama natijalari kasallikning klinik namoyon bo‘lishi va patologoanatomik o‘zgarishlar, kechikkan vaqtda qon zardobida maxsus antitelolarning topilishiga qarab baholanadi. Diagnozni serologik tasdiqlash uchun RDP reaksiyasi qo‘llaniladi. Antigen sifatida tovuq embrioni xorioallantois pardasidan tayyorlangan maxsus antigen ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |