Vazirligi urganch davlat universiteti


Chet-el mehmonxonalarining qulaylilik, o’ziga xosligi, kamchiliklari va landshafti to’g’risida


Download 41.74 Kb.
bet5/8
Sana14.11.2023
Hajmi41.74 Kb.
#1773005
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
OAAS

2.2.Chet-el mehmonxonalarining qulaylilik, o’ziga xosligi, kamchiliklari va landshafti to’g’risida

Bugungi kunda zamonaviy jamiyat hayotida turizmning ahamiyati ortib bormoqda. Shuningdek mehmonxona biznesi ham rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda dunyodagi eng yirik jahon mehmonxonalari zanjirlaridan Marriot International, Holiday Inn, Hilton Hotels Corporation va Forte Hotel Group mehmonxona biznesida yuqori o’rinlarda turuvchi Mehmonxona zanjirlaridan hisoblanadi. Xalqaro Mehmonxonalar tarmog’i 1950-yilda Shimoliy Amerikada paydo bo’lgan. Mehmonxonalar Zanjiri bu- turli egalarga tegishli ammo bitta kompaniya boshqaradigan mehmonxonalar to’plamidan iborat.
Marriot International Corparation.
Entoni Kapuano (Anthony G.Capuano) – bosh ijrochi direktori 2021 yil fevraldan buyon.
Marriott International kompaniyasiga tegishli savdo belgilari ostida jami 1190604 xonali 6080ta mehmonxona mavjud. Biroq, 22ta mehmonxonada 9900 ta nomer kompaniyalarga tegishli, qolganlari franchayzing huquqlariga amal qiladi (54% xonalari) yoki franchayzing boshqaradi (44%). Xonalarning umumiy sonining uchdan ikki qismi AQSh va Kanadada joylashgan. 2016-yilda o’rtacha bandlik 72,5% (Shimoliy Amirekada 74,2% boshqa hududlarda 68,5%) edi. Kompaniyaga tegishli eng yirik mehmonxonalar:


  • Sheraton Centre Toronto Hotel (Toronto, Kanada, 1372 nomerli)


  • The Westin Peachtree Plaza, Atlanta (Atlanta, AQSh, Jorjiya shtati, 1073 nomerli)


  • Le Centre Sheraton Montreal Hotel ( Monreal, Kanada, 825 nomerli)


  • Sheraton Mexico City Maria Isabel Hotel (Mexiko, Meksika, 755 nomerli)


  • Sheraton Buenos Aires Hotel&Convention Center (Buenos-Ayres, Argentina, 740 nomerli)




Hilton Hotels Corporation.

Hilton Mehmonxonalar zanjiri 1919-yil 31-mayda AQSHda tashkil etilgan. Bu mehmonxonalar zanjiri asoschisi Konrad Hilton hisoblanadi. . Bu mehmonxona turi asosan jahon bo’yicha insonlar ta’til paytlarini o’tkazadigan joylarida joylashgan. Hilton Worldwide Holdings mehmondo’stlik industriyasida yaxshi tanilgan dabdabali xizmat ko’rsatish sifatini taklif etadi. Hiltonning 118 ta mamlakat va hududlarda 983465ta xonaga ega 6215 ta Mehmonxona shu jumladan 690ta boshqariladigan va 5405ta franchayzing bilan ta’minlangan mulklari mavjud.
Hilton bozor segmentlarida 18 ta brendga ega;


  • Hilton Hotels&Resors


  • Double Tree by Hilton


  • Embassy Suites Hotels


  • Hilton Garden Inn


  • Hompton by Hilton


  • Homewood Suites by Hilton


  • Hilton Grand Vocations


  • Waldorf Astoria Hotels &Rsorts


  • Signiya by Hilton


  • Tru by Hilton




Download 41.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling