Vaziyatga huquqiy baho bering. Qilmish tarkibini tahlil qiling
Download 33.87 Kb.
|
Jinoyat huquqi M
- Bu sahifa navigatsiya:
- 170-modda. Aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish.
- Obyektiv tomondan
- Jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni o‘tkazish
- 172-modda. Mulkni qo‘riqlashga vijdonsiz munosabatda bo‘lish.
- Vijdonsizlarcha munosabtda bo‘lishi
- 173-modda. Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish.
- Obyektivtomondan
- Subyektiv tomondan
- Atrofdagilar uchun xavfli usulda
- Foydalanilgan adabiyotlar
74-kazus J.Abduqahhorov 2018-yil 13-mart kuni P.Sayfiddinovga oid jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyat sudi apellyatsiya instansiyada guvoh tariqasida so‘roq qilinganida, dastlabki tergov harakatlari davomida bergan ko‘rsatuvlaritergovchi tomonidan noto‘g’ri yozib olinganligi, so‘roq bayonnomasidagi imzolar ham unga tegishli emasligini bildirib, guvohlik bergan. Vaziyatga huquqiy baho bering. Qilmish tarkibini tahlil qiling. Mamlakat hududida jinoyatchilik ko‘rsatkichlari qanchalik yuqori yoki pastligiga qarab, o‘sha davlatdagi bunday salbiy hodisalarga qarshi kurashish holati, davlat fuqarolarining huquqiy ong darajasi o‘lchanadi. Biz yuqoridagi vaziyatga huquqiy baho berishda quyidagi qonun hujjatlariga murojaat qilamiz:
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi; Ozbekiston Respublikasining Jinoyat-Protsessual Kodeksi; O‘zbekiston Respublikasining “Tezkor qidiruv to‘g’risida”gi qonuni. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksida jinoyat va uning oqibatlari, jinoyat uchun javobgarlik masalalariga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Bizga yuridik tahlil qilish uchun berilgan yuqoridagi vaziyat ( Jinoyat kodeksining 2301 –modda. Dalillarni soxtalashtirish ( qalbakilashtirish) Jinoyat Kodeksi Maxsus qismida nazarda tutilgan Odil sudlovga qarshi jinoyat jinoyatlar bilan bog’liq jinoyatlar turkumiga kiradi. Bizga berilgan ushbu muammoli vaziyatdagi jinoyatda birinchi bo‘lib, jinoyat tarkibini aniqlashtirib olishimiz zarur. Sharhlanayotgan jinoyatning jamiyat uchun xavfliligi shundaki, soxta (sun’iy) dalillar mavjudligida sud tomonidan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini asossiz poymol qilinishi bilan bog’liq no‘to‘g’ri hukm chiqarishga olib kelishida ifodalanadi. Sudning normal faoliyati, odil sudlovning manfaatlari, prokuratura,dastlabki tergov va surishturuv organlarining normal faoliyatini ta’minlash bo‘yicha munosabatlar ko‘rib chiqilayotgan jinoyatning bevosita asosiy obyekti hisoblanadi. Jinoyatning bevosita fakultativ obyekti J. Abduqahhorovning fuqarolik huquqlari va qonuniy manfaatlaridir. Jinoyatning obyektiv tomondan to‘g’ri kvalifikatsiya qilish hal qilivchi ahamiyatga ega hisoblanadi.Obyektiv tomondan jinoyat tergovchi tomonidandalillarni soxtalashtirish (qalbakillahtirish) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2301 -moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat, tergovga qadar tekshiruv va jinoyat ish materiallari bo‘yicha dalillarni to‘plash, ularni tekshirish va baholashda g’arazli yoki boshqa past niyatlarda, hujjatlar yoki predmetlarga bila turib yolg’on ma’lumotlar yoki tuzatishlar kiritishda ifodalangan, isbotlashni amalga oshiruvchi yoki isbotlashda ishtirok etishga jalb qilingan shaxslar tomonidan dalillarni soxtalashtirish (qalbakillashtirish)dan iborat. Dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) subyektiv tomondanjinoyat jinoyat tergovchi tomonidan to‘g’ri qasdda sodir etilyapti. Aybdor u yoki bu usulda dalillarni buzayotganini anglaydi va bu dalillarni qo‘llashni istaydi. Yuqoridagi holatda tergovchi J. Abduqahhorov tomonidan dastlabki tergov harakatlari davomida bergan ko‘rsatuvlarini noto‘g’ri yozib olgan va so‘roq bayonnomasidagi imzolarni ham o‘zgartirganini va dalillarni soxtalashtirganin ko‘rishimiz mumkin. Jinoyatsubyektitergovchi ya’ni surishturuvni amalga oshiruvchi yoki isbotlashga jalb qilingan shaxslar bo‘lishlari mumkin. Soxtalashtirish(qalbakilashtirish) ashyoviy yoki yozma dalillar hisoblangan haqiqiy ma’lumotlar buzilishini anglatadi. Isbotlash ishning qonuniy, asoslangan va adolatli hal etilishi uchun ahamiyatga molik holatlar haqidagi haqiqatni aniqlash maqsadida dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashdan iborat (O‘zR JPKning 85-modda). Isbotlashni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud amalga oshiradi. Dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash jinoyat jarayoni ilmida isbotlash jarayonining bosqichlari hisoblanadi. Dalillarni to‘plash vakolatli shaxslar tomonidan qonun bilan o‘rnatilagan tartibda dalillarni aniqlash, talab qilib olish, olib qo‘yish va mustahkamlashga yo‘naltirilganda tergov va boshqa protsessual harakatlarni amalga oshirishda ifodalanadi. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-Protsessual Kodeksining 951- moddasida Dalillarning maqbul emasligi ko‘rsatib o‘tilgan unga ko‘ra “Agar faktik ma’lumotlar qonunga xilof usullar orqali yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilish yoki bu huquqlarini cheklash yo‘li bilan yoxud ushbu Kodeks talablari buzilgan holda olingan bo‘lsa shu jumladan: 1) jinoyat protsessi ishtirokchilariga yoki ularning yaqin qarindoshlariga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llagan holda; 2) ularni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) yo‘li bilan; 3) gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyaga bo‘lgan huquqlari, shuningdek tarjimon xizmatlaridan foydalanish huquqi buzilgan holda; 4) jinoyat ishi bo‘yicha protsessual harakatning mazkur jinoyat ishini yuritishni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan bajarilishi natijasida; 5) noma’lum manbadan yoxud jinoyat ishini yuritish jarayonida aniqlash mumkin bo‘lmagan manbadan; 6) jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining surishtiruvdagi, dastlabki tergovdagi sudda dalillar majmui bilan o‘z tasdig‘ini topmagan ko‘rsatuvlaridan olingan bo‘lsa, ular dalil sifatida maqbul emas deb topiladi. Faktik ma’lumotlardan dalil sifatida foydalanishning maqbul emasligi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning o‘z tashabbusi bilan yoki ishtirokchilarning iltimosnomasi bo‘yicha aniqlanadi. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya dalillarning maqbul emasligi to‘g‘risidagi masalani hal qilayotganida har bir holatda yo‘l qo‘yilgan buzilish nimada aniq ifodalanganligini aniqlab olishi va asoslantirilgan qaror qabul qilishi shart. Guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchidan ushbu Kodeks normalari buzilgan holda olingan ko‘rsatuvlardan, ekspert xulosasidan, ashyoviy dalillardan, audio-, videoyozuvlardan va boshqa materiallardan dalil sifatida foydalanish taqiqlanadi”. Soxtalashtirish (qalbakilashtirish) tegishli ”dalillar” ish hujjatlariga qo‘shish uchun taqdim qilinganida tugallangan jinoyat deb e’tirof etiladi. Ya’ni tergovchi, prokuror yoki surishturuvni amalga oshirayotgan shaxs tomonidan dalillarning qalbakillashtirilishi vaqtidan jinoyat tugallangan hisoblanadi. Shuningdek “Tezkor qidiruv to‘g’risidagi”1 qonunning 17-moddasida Tezkor-qidiruv faoliyatidagi cheklovlar belgilab qo‘yilgan.Tezkor-qidiruvfaoliyatiniamalgaoshiruvchiorganlarning: fuqarolar hayotini, sog‘lig‘ini, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki hamda qonuniy manfaatlarini xavf ostiga qo‘yadigan, shuningdek inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan harakatlar (harakatsizlik) sodir etishi; fuqarolarni huquqbuzarliklar sodir etishga og‘dirishi va undashi; zo‘ravonlik, tahdid, qo‘rqitish hamda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini cheklovchi boshqa g‘ayriqonuniy usullardan foydalanishi; ushbu Qonunning 14-moddasida nazarda tutilmagan tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishi; tezkor-qidiruv materiallarini soxtalashtirishi, shuningdek bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlardan foydalanishi; biron-bir yuridik shaxsning, shu jumladan siyosiy partiyaning, diniy tashkilotning yoki boshqa nodavlat notijorat tashkilotining, shuningdek jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazishi taqiqlanadi. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning deputatlar, senatorlar, sudyalar, prokurorlar, advokatlarni maxfiylik asosida hamkorlikka jalb qilishi taqiqlanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda xulosa qiladigan bo‘lsak, yuqoridagi holatda tergovchining xatti-xarakatlari jinoyat hisoblanadi. Chunki tergovchi guvoh J.Abduqahhorovtomonidan berilgan dastlabki tergov harakatlari davomida bergan ko‘rsatuvlarini tergovchi tomonidan noto‘g’ri yozib olganligini, so‘roq bayonnomasidagi imzolar ham unga tegishli emasligini bildirib, guvohlik berganini shundan kelib chiqib xulosa qilishimiz mumkinki tergovchi dalillarni soxtalashtirgani (qalbakilashtirgani)ni ko‘rishimiz mumkin. 21-mantiqiy savol. O‘zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog’liq bo‘lmagan jinoyatlar mazmun-mohiyatini yoritib bering? O‘zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog’liq bo‘lmagan jinoyatlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining Maxsus qismining XI bobini o‘z ichiga oladi. Bu bob o‘z ichiga quyidagi moddalarning yuridik tahlil qilishiga bag’ishlangan. Bular: 170-modda. Aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish; 171-modda. Jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazish; 172-modda. Mulkni qo‘riqlashga vijdonsiz munosabatda bo‘lish; 173-modda. Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish. O‘zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog’liq bo‘lmagan jinoyatlar deb nomlanishining asosiy sababi shundaki bu jinoyatlar sodir etilishi natijasida aybdor tomonidan jabrlanuvchining mol-mulki qo‘lga kiritilmaydi balki undan keladigan foyda aybdorning erkiga xilof ravishda o‘tkaziladi. 170-modda. Aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish. Bu jinoyatning bevosita obyekti har xil shartnomaviy va boshqa majburiyatlardan kelib chiquvchi mulkiy munosabatlar hisoblanadi. Jinoyatning predmeti mulk shaklidan qat’iy nazar, har qanday mulk bo‘lishi mumkin. Obyektiv tomondan jinoyat, talon-taroj alomatlari bo‘lmagani holda, aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkdorga ancha miqdorda zarar yetkazishdan iborat. Ushbu modda ko‘rsatilgan jinoyat bir qator belgilari bo‘yicha firibgarlik bilan o‘xshashdir. Aybdor tahlil qilinayotgan jinoyatni sodir etishda o‘z maqsadiga erishish uchun firibgarlik jinoyatidagi kabi aldash va ishonchni suiiste’mol qilishdan foydalanadi, biroq firibgarlikdan aybdorning mulkiy foydani g’ayriqonuniy ravishda qo‘lga kiritish mexanizmi bilan ajralib turadi. Biroq, firibgarlikni sodir etishda aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish o‘zganing mlkini qo‘lga kiritish usuli bo‘lsa, mulkiy zarar yetkazishda esa aldash va ishonchni suiiste’mol qilish o‘zganing mulkini tortib olish usuli bo‘lmay, balki mulkdor uchun foydaning boy berilishiga sabab bo‘ladi. Sud-tergov amaliyotida ushbu jinoyatni sodir etishning turli shakllari uchraydi. Masalan, elektr hisoblagichni tarmoqdab uzib qo‘yish va elektr energiyasidan bepul foydalanish, kassir yoki provodnikning chiptasiz yurganligi uchun yo‘lovchilardan pul olishi, bajarilgan ish uchun mijozlar to‘lagan pulning turli xizmat ko‘rsartish xodimlari tomonidan o‘zlashtirilishi va hokazo shakllarda sodir etilsihi mumkin. Tahlil etilayotgan modda moddiy tarkiblijinoyat hisoblanadi va mulkdorga yoki mulk egasiga ancha miqdorda zarar yetkazilgan paytdan boshlab tamom bo‘lgan deb hisoblanadi.
Ko‘rib chiqilayotgan jinoyat subyekti 16 yoshga to‘lgan har qanday aqli raso jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin. 171-modda. Jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazish. Jinoyatning bevosita obyekti mulk huquqi va boshqa mulkiy huquqlar, shuningdek, jamiyatda shakllangan va qonunchilik aks ettirilgan mulkni tasarruf etish bilan bo‘yicha munosabatlar hisoblanadi. Faqat jinoiy yo‘l bilan, ya’ni jinoiy faoliyat natijasida topilgan mulk jinoyatning predmeti bo‘lishi mumkin. Masalan, har qanday shaklldagi talon-taroj qilish natijasida topilgan, bojxona qonun hujjatlarin buzish natijasida va hokazo tarzida olingan mulk. Fuqarolardan tortib olingan o‘qotar qurollar, giyohvandlik vositalari jinoyatning predmeti bo‘lishi mumkin emas. Obyektiv tomondan jinoyat jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki sotishda ifodalanadi. Jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish deganda mulkni jinoiy yo‘l bilan topgan shaxs o‘sha mulkni o‘z egaligiga va tasarrufiga o‘tkazishga qaratilgan har qanday ( haq evaziga yoki bepul) bitim tushuniladi. Jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni o‘tkazish deganda mazkur mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishning barcha usullari (sotish, hadya qilish, qimorda yutqazish, ayirboshlash va hokazo) tushunilmog’i lozim. Ushbu qilmish jinoiy yo‘l bilan topilgan mulk olingan yoki o‘tkazilgan paytdan tamom bo‘lgan deb hisoblanadi. Bu jinoyat subyektiv tomondan qasddan faqat bila turib, to‘g’ri qasd bilan sodir etiladi. Aybdorning mulkni olishga qadar uning jinoiy yo‘l bilan topilganini bilganligi jinoyatni mazkur modda bo‘yicha kvalifikatsiya qilishning zaruriy sharti hisoblanadi. Mulkni jinoiy yo‘l bilan topgan shaxsga uni avvaldan sotib olish yoki o‘tkazishga va’da berilmaganligi ham jinoyatni kvalifikatsiya qilishda zaruriy shart hisoblanadi. Jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazish jinoyatining subyekti 16 yoshga to‘lgan, har qanday aqli raso jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin.
Mazkur jinoyatning obyekti mansabdor bo‘lmagan shaxsga ishonib topshirilgan yoki uning muhofazasida turgan o‘zganing mulkidir. Bu qilmish obyektiv tomondan shaxsning mulkni qo‘riqlashga vijdonsiz munosabatda bo‘lishi natijasida mulkni taln-taroj qilinishi, shikast yetkazilishida yoki uning nobud bo‘lishi sababli mulk egasiga ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lishida va bu qilmishda mansabdorlik jinoyatlarining alomatlari yo‘qligida ifodalanadi.
Agar mulkni qo‘riqlash majburiyatini bajarayotgan vaqtda yengib bo‘lmas kuch (masalan, to‘satdan og’ir kasal bo‘lish, yong’in, suv toshqini, zilzila) mavjud bo‘lib, buning natijasida shaxs mulkning talon-taroj qilinishiga, zarar yetkazilishiga va yo‘q qilinishiga to‘sqinlik qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lsa, aybdor JK 172-moddasi bo‘yicha javogarlikka tortilmaydi. Subyektiv tomondan jinoyat ehtiyotsizlikdan sodir etiladi. Aybdor o‘z majburiyatlariga vijdonsizlarcha munosabtda bo‘lishi natijasida mulk talin-taroj qilinishi, shikast yetkazilishi yoki nobud qilinishi kabi oqibat kelib chiqishi mumkinligini oldindan ko‘ra biladi va bila turib o‘z majburiyatlarini bajarmaydi yoki bunday oqibatlar kelib chiqmasligiga ishonib, to‘liq ravishda bajarmaydi yoxud oqibatlar kelib chiqishi mumkinligini ko‘ra bilmaydi. Jinoyatning subyekti 16 yoshga to‘lgan aqli raso jismoniy, mulkni qo‘riqlash vazifalarini bajarayotgan shaxs hisoblanadi. 173-modda. Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish. Jinoyatning obyekti o‘zganing mulkidir. Jinoyatning bevositaobyektio‘zganing mulkini muhofaza qilish va xavfsizligini ta’minlash bilan bog’liq ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.Ushbu jinoyat predmeti ko‘chmas (binolar, inshootlar) va ko‘char mulklar bo‘lishi mumkin. Obyektivtomondan jinoyat o‘zganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga ancha miqdorda zarar yetkazishda ifodalanadi. O‘zganing mulkini nobud qilish deganda mulkning to‘la yaroqsiz holga keltirilishi, ya’ni mulkning butunlay yaroqsiz holga keltirilishi va uni qaytadan tiklash va foydalanish imkonoyati bo‘lmasligi (portlatib yuborilishi, suv bostirilishi, yoqib yuborilishi, buzib tashlanishi) tushuniladi. Subyektiv tomondan jinoyat to‘g’ri qasd bilan ham, egri qasd bilan ham sodir etiladi. Mulkka zarar yetkazish deganda unga jinoyatkorona munosabat natijasida mulkning xo‘jalik maqsadlarida foydalanish xususiyatlarini vaqtincha yoki qisman yo‘qotishi, ammo uni tiklab bo‘lishi kelajakda foydalanish mumkinligi tushuniladi. Atrofdagilar uchun xavfli usulda deganda, mol-mulkni nobud qilish yoki unga zarar yetkazishga qaratilgan harakatlarni sodir etishda kata tabiiy ofat va vayronalik yuz berishi xavfini keltirib chiqarish va insonlarning qurbon bo‘lishi, inson sog’lig’I uchun xavfli holatning vujudga kelishigasabab bo‘luvchi usullardan foydalanish tushuniladi. JK 173-moddasining 4-qismida rag’batlantiruvchi norma nazarda tutilgan bo‘lib, unga muvofiq “yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahru qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi”. 67-mantiqiy savol. Yolg’on guvohlik berish jinoyatining yolg’on xabar berish jinoyatlarining farqli hamda o‘xshash jihatlarini tushuntiring. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 237-moddasi va 238- moddalarini yuridik tahlil qilar ekanmiz. Yolg’on guvohlik berish va yolg’on xabar berish jinoyatlarining obyekti jihatidan o‘xshashdirsurishtiruv dastlabki tergov organlari va odil sudlov organlarining normal faoliyati, fuqarolarning qonun bilan himoya qilinadigan huquq va manfaatlari hisoblanadi. Yolg’on xabar jinoyatining obyektiv tomondan jinoyat to‘g’risida bila turib, jinoyat sodir etilgani haqida yolg’on xabar berishda ifodalanadi. Yolg’on xabar berish deganda yozma yoki og’zaki ravishda bevosit aybdor yoki boshqa shaxs tomonidan sodir etilgan, tamom bo‘lgan jinoyat haqidagi haqiqatga to‘g’ri kelmaydigan xabar berishni tushunish lozim. Odatda bunday xabarlar jinoiy qo‘zg’atish huquqiga ega bo‘lgan idoralarga kelib tushadi. Prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, soliq organlari, va davlat hokimiyati organlariga. Yolg’on xabarda aybdor tomonidan jinoyatni sodir etgan shaxs ko‘rsatilishi yoxud jinoyat sodir etilganligi haqidagi fakt ma’lum qilinishi mumkin. Yolg’on guvohlik berish jinoyatining obyektiv tomondan guvohning yoki jabrlanuvchining bila turib yolg’on ko‘rsatuv berishida, ekspertning bila turib noto‘g’ri xulosa berishida, tarjimonning bir tildan ikkinchi tilga bila turib noto‘g’ri tarjima qilishida ifodalanadi. Bila turib yolg’on xabar berish jinoyatining oqibatlari (jinoiy ish qo‘zg’atilgan yoki qo‘zg’atilmagani) dan qat’iy nazar bu qilmish tegishli organlarga xabar qilingan paytdan e’tiboran tugallangan deb hisoblanadi. Bila turib yolg’on xabar berishdan ko‘zlangan maqsad, aksariyat hollarda jinoyatni sodir etishda ayblanayotgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg’atish ishi hisoblanadi. Yolg’on guvohlik berish jinoyati guvoh yoki jabrlanuvchi so‘roq qaydnomasini imzolangan paytdan yoxud ekspert noto‘g’ri so‘roq qaydnomasini imzolagan paytdan yoki tarjima noto‘g’ri qilingan paytdan e’tiboran tugallangan deb e’tirof etiladi. Jinoyatni tugallangan deb topish uchun hech qanday oqibat kelib chiqishi, masalan, sudlanuvchining mahkum bo‘lishi yoki oqlanishi, tarjima, xulosalar dalil sifatida olinib, aybdorga nisbatan javobgarlik vujudga kelishi va boshqalar talab qilinmaydi Yolg’on guvohlik berish va yolg’on xabar berish jinoyatlari subyektiv tomondan faqatgina jinoyat to‘g’ri qasd bilan sodir etiladi. Yolg’on xabar jinoyatini motivi ko‘pincha bir-birini ko‘ra olmaslik, o‘ch olish, hasad, g’arazgo‘yliklarda bo‘lishi mumkin. Ushbu moddalar subyektida farqi bor. Yolg’on xabar jinoyatining subyekti 16 yoshga to‘lgan har qanday aqli raso jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin. Yolg’on guvohlik berish jinoyatining subyekti maxsus bo‘lib, 16-yoshga to‘lgan, qonun bo‘yicha ishda guvoh, jabrlanuvchi, ekspert yoki tarjimon sifatida qatnashishi mumkin bo‘lgan shaxs hisoblanadi, 16-yoshga to‘lmaganlar va ishga guvoh va jabrlanuvchi sifatida jalb qilingan shaxslar mazkur jinoyat subyekti hisoblanmaydi. Mazkur shaxslarni sharhlanayotgan jinoyatning subyekti sifatida tan olishda, ularni yolg’on guvohlik berganlik uchun jinoiy javobgarlik haqida ogohlantirganlik fakti ahamiyatga ega emas. Agar xabar beruvchi tomonidan guvoh yoki boshqa shaxsning pora evaziga o‘zga og’dirish, uni shantaj, jismoniy kuch ishlatishni qo‘llash tahdidi, mulkni yo‘q qilish va hokazolar orqali ko‘rsatma berishga majburlash aniqlangan taqdirda, u JK 237- moddasi va 238-moddasi 2-qismi ( yolg’on guvohlik berishda) nazarda tutilgan jinoyatlar yig’indisi bo‘yicha javobgarlikka tortiladi. Guvohlar yoki jabrlanuvchining bir ish yuzasidan takror ravishda ya’ni bir necha marotaba dastlabki tergov bosqichlari va sud majlisida bergan yolg’on ko‘rsatmalarini alohida-alohida mustaqil jinoyat sifatida e’tirof etib bo‘lmaydi. Bu davomli jinoyat sifatida e’tirof etiladi. Guvoh yoki jabrlanuvchi tomonidan ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlar haqida atayin aytmaslik, guvoh yoki jabrlanuvchi so‘roq qilish huquqiga ega bo‘lgan sud va boshqa ishtirokchilarning bergan biron-bir savollariga jvob bermasligi haqida aytmagan taqdirdagina, JK 238-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar Maxsus foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi: Rasmiy nashr- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. – T.: “Adolat” huquqiy axborot markazi, 2019y.- 519 b. 2. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-Protsessual Kodeksi; 3. O‘zbekiston Respublikasining “Tezkor qidiruv to‘g’risida”gi qonuni. Umumiy adabiyotlar: 1. Rustambayev M.X. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 4. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar. Hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar. Darslik. 2-nashr, to‘ldirilgan va qayta ishlangan – T.: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. – 529 bet. Foydalanilgan saytlar: Lex.uz Gov.uz Norma.uz Download 33.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling