Vaziyatga huquqiy baho bering
-modda. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish
Download 35.3 Kb.
|
Jinoyat huquqi ON
- Bu sahifa navigatsiya:
- JKning 108-moddasi
39-modda. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni hokimiyat organlariga topshirish maqsadida ushlash vaqtida unga zarar yetkazish, agar uni ushlash uchun zarur bo‘lgan choralarning chegarasidan chetga chiqilmagan bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi. Ushlash vositalari va usullariga, qilmishning hamda uni sodir etgan shaxsning xavflilik darajasiga, shuningdek ushlash sharoitiga butunlay mos kelmaydigan, ushlash zarurati taqozo etmagan holda ushlanayotgan shaxsga qasddan zarar yetkazish ushlash choralari chegarasidan chetga chiqish deb topiladi. Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida unga yetkazilgan zararning qonuniyligini baholashda, qilmishni sodir etgan shaxsning ushlanishdan qochish maqsadida qilgan harakatlari, ushlovchining kuchi va imkoniyatlari, ruhiy holati va ushlash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa holatlar hisobga olinadi. Maxsus vakolatli shaxslar bilan bir qatorda jabrlanuvchi va boshqa fuqarolar ham ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash huquqiga egadirlar. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash odil sudlovning amalga oshirilishini ta’minlash, shaxsning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanishiga barham berish uning qochib ketishi, dallilarni yashirishi yoki yo‘q qilib yuborilishining oldini olish maqsadida amalga oshiriladi. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida unga etkazilgan zarar Jinoyat kodeksining sharhlanayotgan moddasida qayd etilgan va jinoyat huquqi nazariyasi tomonidan ishlab chiqilgan qonuniylikning tegishli shartlariga javob bergan holatlardagina huquqiy (qonuniy) deb tan olinadi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida unga ushlash uchun zarur bo‘lgan choralardan chetga chiqmagan holatda zarar yetkazish javobgarlikka sabab bo‘lmaydi. Lekin Rasulov ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan Xodjayevni ushlash davomida ushlanayotgan Xodjayevga qasddan o’rtacha og‘irlikdagi zarar yekazgan (qo‘lini sindirgan). Badanga o‘rtacha og‘irlikda shikast yetkazish quyidagi belgilarga ega. Sog‘liqning uzoq vaqt, ya’ni kamida yigirma bir kun, ammo to‘rt oydan ko‘p bo‘lmagan davrda yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining o‘n foizidan o‘ttiz uch foizigacha yo‘qolishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish. (JK 105-moddasi) Shu masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 23-bandini keltirib o‘tishni lozim topdim. Ya’ni: “Sudlarga tushuntirilsinki, kuchli ruhiy hayajonlanish holatida, zaruriy mudofaa yoki ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish, hatto JK 104-moddasi uchinchi qismida ko‘rsatilgan aybni og‘irlashtiruvchi belgilar mavjud bo‘lgan taqdirda ham tegishlicha JK 104, 105-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas. Bunday harakatlar, jumladan, ular ehtiyotsizlik orqasida o‘limga sabab bo‘lgan holda ham tegishlicha JK 106, 107, 108-moddalari bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim”6. Bu esa JKning 108-moddasi bilan klasifikatsiya qilinishga sabab bo‘ladi.
Download 35.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling