108-modda. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan og‘ir shikast yetkazish
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan og‘ir shikast yetkazish —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Ushbu jinoyatning tarkibini tahlil qiladigan bo‘lsak, jinoyat obyekti odil sudlov manfaati, adolatli sud muhokamasining ta’minlanishi hisoblanadi.
Jinoyatning obyektiv tomoni Rasulovning ushlash uchun zarur bo‘lgan choralardan chetga chiqib, Xodjayevning qo‘lini sindirishini olishimiz mumkin.
Jinoyatning subyekti bu yerda Rasulov bo‘ladi.
Jinoyatning subyektiv tomoni Rasulov qilmishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri qasd orqali sodir etganligi. Ya’ni Rasulov ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan Xodjayevni ushlash uchun zarur choralardan chetga chiqganligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |