Vaziyatga huquqiy baho bering
Download 35.3 Kb.
|
Jinoyat huquqi ON
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17-moddasida
Jamoat tartibi bu – odamlar o`rtasidagi munosabatlarni, xavfsizlik va fuqarolar tinchligini ta’minlovchi, o`zgalar mulkini saqlashga qaratilgan axloq va huquq normalariga asoslanuvchi tartibni tushunish lozim.
Mening fikrimcha, Yahyoyevning sodir etga ijtimoiy xavfli qilmishi(bezorilik)ga nisbatan JK 277-moddaning birinchi qismidagi sanksiya mos keladi (Ya’ni, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari). Endi esa ikkinchi muammo - mastlik holatida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish uchun javobgarlik masalasini ko‘rib chiqamiz. O‘zbekiston Respublikasi JKning umumiy qoidasiga ko’ra, aqli rasolik javobgarlikka tortish uchun shart bo’lgan talablardan biri hisoblanadi. Kodeksning 17-moddasida jinoiy javobgarlikka tortilish uchun kishi javobgarlikka tortish yoshiga to`lgan va aqli raso bo`lishi kerak deb belgilangan. Kodeksning 18-moddasiga ko’ra, aqli raso kishi deb jinoyat sodir etish vaqtida o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va o‘z harakatlarini boshqara olgan shaxsga aytiladi. “Ijtimoiy xavfli qilmish” deb Kodeks bilan qo’riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan qilmishlarga aytiladi Yuqoridagi ta’rifga ko’ra, aqli rasolikning ikki elementi bor: aqliy/intelleltual (o’z qilmishini ijtimoiy xavfli xususiyatini anglay olish qobiliyati) va irodaviy (o’z harakatlarini boshqara olish qobiliyati). Ayiblanuvchi aqli raso deb topilishi uchun ikkala element mavjud bo’lishi kerak. Aqli noraso kishida ikki elementdan biri yoki ikkalasi bo‘lmaydi va shu sababli u o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydi yoki harakatlarini boshqara olmaydi. Aqli norasolikka quyidagi ruhiy kasalliklar misol bo’lishi mumkin: shizofreniya; epilepsiya; maniakal-depressiv psixoz; miya sifilisi; progressiv falajlik; qarilik aqli zaifligi; epidemik entsefalit va boshqa qiyin davolanadigan ruhiy kasalliklar. Rustambaevning Jinoyat Kodersiga yozgan sharhiga ko’ra, aqli norasolikda “miyaning qabul qilish funktsiyasi buziladi, buning natijasida, odatda, ongning muhim sifati – anglash yo’qoladi.” 9. Shaxsni aqli noraso deb faqat sud e’lon qilishi mumkin. Bunday qarorni sud sud-psixiatriya ekspertizasiga asoslanib qabul qiladi. Ammo sud-psixiatriya ekspertizasi ayiblanuvchini aqli noraso deb topgan taqdirda ham, sud ham shunday qarorga keladi, degani emas. Sud jinoiy ishning barcha xususiyatlarini o’rganib chiqib, ayiblanuvchi, ruhiy kasalligi bo’lishiga qaramasdan, jinoyat sodir etish vaqtida o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan yoki o‘z harakatlarini boshqara olgan degan xulosaga kelib, ayiblanuvchini aqli raso deb topib, jazo tayinlashi mumkin. Mast holatida jinoyat sodir etish masalasi deyarli har doim aqli rasolik va norasolik tushunchalari bilan birga muhokama qilinadi. Kodeksning 19-moddasi mastlik holatida sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik haqida so‘z yuritiladi. Unga ko‘ra, mastlik holatida yoki giyovandlik vositalari, psixotrop yoki odamning aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida jinoyat sodir etgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinmaydi. Bunday holat shaxsni aqli noraso deb topish uchun asos bo’lmaydi. Shu bilan birga, mast yoki giyohvandlik vositalari ta’siri ostida jinoyat sodir etish Jinoyat kodeksining 56-moddasining o-bandiga ko’ra, jazoni og‘irlashtiruvchi holat hisoblanadi. Ya’ni: Download 35.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling