Vaziyatga huquqiy baho bering


Qilmishga Jinoyat qonuni hamda O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tegishli qarorlarini tahlil qilgan holda yuridik baho bering


Download 35.3 Kb.
bet15/23
Sana05.01.2022
Hajmi35.3 Kb.
#223423
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
Jinoyat huquqi ON

1. Qilmishga Jinoyat qonuni hamda O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tegishli qarorlarini tahlil qilgan holda yuridik baho bering.

2. Huquqiy normalar raqobati mavjud bo`lganida qilmishni kvalifikatsiya qilish masalalari xususida to`xtalib o`ting.

3. Fikrlaringizni jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlar va xorijiy olimlar ilmiy qarashlariga tayanib sharhlang

Mazkur muammoli vaziyatda Yahyoyev tomonidan bir necha qilmishlar sodir etilganligini hisobga olgan holda, mazkur qilmishlarni alohida-alohida tahlil etgan holda yakuniy xulosa bersak maqsadga muvofiq bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqiga binoan jinoiy javobgarlikning yagona asosi ijtimoiy xavfli qilmishda jinoyat tarkibining barcha tomonlari (elementlari)ning mavjudligi ekan, jinoyat tarkibi tomonlarini batafsil tahlil qilmasdan, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo‘lmaydi. Chunki qonunda jinoiy javobgarlikning yagona asosi sifatida shaxsning sodir qilgan qilmishida Jinoyat kodeksi Maxsus qismining aniq bir normasida nazarda tutilgan huquqiy aktning belgilari bo‘lishi kerakligi talab qilinadi.

Jinoyat tarkibi — jinoyat qonunida koʻzda tutilgan, qilmishni jinoyatning muayyan bir turi sifatida harakterlovchi alomatlar yigʻindisi; jinoiy javobgarlikning zaruriy asosi, ijtimoiy xavfli qilmishning jinoiyligini aniqlash vositasi. Oʻzbekiston Respublikasi JKning 16-moddasida koʻrsatilganidek, qilmishda JKda nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha elementlari mavjud boʻlsagina, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos topiladi. Har qanday jinoyat tarkibi obyektiv va subyektiv alomatlar yigʻindisidan iborat. Jinoyatning nimaga qarshi qaratilganijinoyat obyekti, uning oʻzi sodir etilishiobyektiv tomoni, shaxsning qanday harakat yoki harakatsizlik bilan sodir etilayotgan jinoiy harakatga psixik munosabati, yaʼni jinoyatning qastdan yoki ehtiyotsizlik bilan qilinishisubyektiv tomoni, jinoyat kim va qanday shaxs tomonidan qilinganligijinoyat subyekti hisoblanadi. Ana shu elementlar aniq boʻlmasa, Jinoyat tarkibi ham toʻla boʻlmaydi.

Bundan tashqari, jinoyat tarkibi elementlarining mavjudligi qilmishni jinoyat deb baholash uchun yetarli emas. Qachonki jinoyat tarkibi elementlari o‘rtasida sababiy bog‘lansh mavjud bo‘lganda ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb baholashimiz mumkin.


Download 35.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling