Vaziyatga huquqiy baho bering


-modda. Mastlik holatida sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik


Download 35.3 Kb.
bet20/23
Sana05.01.2022
Hajmi35.3 Kb.
#223423
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Jinoyat huquqi ON

19-modda. Mastlik holatida sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik

Mastlik holatida yoki giyovandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki odamning aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida jinoyat sodir etgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinmaydi. Bunday holat shaxsni aqli noraso deb topish uchun asos bo‘lmaydi.

Endi nima uchun mast holatda sodir etilgan jinoyatlar javobgarlikdan ozod etilmasligini ko‘rib chiqamiz.

Mast holatda sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikdan ozod qilmaslikning bir necha sababi bor. Birinchidan, ko’p jinoyatlar aynan mast holatda sodir etiladi. Statistika ko’rsatkichlariga ko‘ra, masalan AQShda, sodir etilgan jinoyatlarning 40%, ba’zi hollatrada esa 80%, aynan mast holatda yoki prixotrop moddalar ta’siri ostida bo‘lganda sodir etilgan. Demak, mast bo‘lish jinoyat sodir etishga sabab bo‘luvchi faktorlardan hisoblanadi. Bunday holatda ayiblanuvchi sudda o‘zini boshqarolmaganligini, harakatlarining ahamiyatini anglay olmaganligini aytadi. Mast holatda sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikdan ozod qilish yoki javobgarlikni yengillashtirish jamiyatda jinoyat sodir etish darajasini oshirib yuborishi ham mumkin. Sababi, mast qiluvchi ichimlik yoki boshqa odamning aql-irodasiga ta’sir etuvchi moddalarni iste’mol qiluvchi kishi, xatti-harakatlari keyinchalik ijtimoiy xavfli qilmish keltirib chiqarishi mumkinligi ma’suliyatiga yuzaki qarashiga olib keladi.

Mast holatda sodir etilgan jinoyatlar javobgarlikdan ozod etilmasligining yana bir sababi, har bir shaxs mast qiluvchi yoki psixotrop moddalardan foydalanish ularni o‘z xatti-harakatlarini boshqarishlariga va umuman fikr-yuritish qobiliyatlariga ta’sir qilishini bilishadi. Kishi qanchalik mast bo‘lmasin xatti-harakatlarining ijtimoiy xavflilik darajasini bilib, tushunib turadi va o‘z haraktini boshqara olish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Aqli noraso kishida bunday qobiliyat bo‘lmaydi, u atrofdagi holatlarni boshqacha tasavvur qiladi va o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik darajasini anglay olmaydi.

Shuning uchun ham O‘zbekiston qonunchiligida mastlik holati javobgarlikni istisno qilmaydi, aksincha, javobgarlikni og‘irlshtiruvchi holat sifatida baholanadi. Ya’ni JK 56-moddasining (o) bandida shunday munosabat bildirilgan.

56-modda. Jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar



Quyidagi holatlarda jinoyat sodir etish jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar deb topiladi:

a) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;

b) yosh bola, qariya yoki ojiz ahvoldagi shaxsga nisbatan;

v) xizmat vazifasi yoki fuqarolik burchini bajarganligi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan;

g) aybdorga moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa jihatdan qaram shaxsga nisbatan;

d) o‘ta shafqatsizlik bilan;

e) ko‘pchilik uchun xavfli bo‘lgan usulda;

Oldingi tahrirga qarang.

j) yosh bola yoki ruhiy holatining buzilganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsdan foydalangan holda;

z) jinoyat natijasida og‘ir oqibatlarning kelib chiqqanligi;

i) umumiy ofat sharoitidan foydalangan holda yoki favqulodda holat vaqtida yoxud ommaviy tartibsizliklar jarayonida;

k) g‘arazli yoki boshqacha past niyatlarda;

l) irqiy yoki milliy dushmanlik yoxud adovat zamirida;

m) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda yoki uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma tomonidan;

n) ilgari ham qasddan jinoyat sodir etgan shaxsning takroran yoki qasddan yangi jinoyat sodir etishi;


Download 35.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling