Vaziyatga huquqiy baho berish 2-kazus
Vaziyatga huquqiy baho berish
Download 26.89 Kb.
|
UZB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaziyatga huquqiy baho berish 14-KAZUS
Vaziyatga huquqiy baho berish
13-KAZUS Uychi tumani hokimligining 2019-yil 9-oktabrdagi qarori bilan Uychi tumani 1-sonli umumtaʼlim maktabi hududidan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti uchun yer maydoni ajratiladi va Uychi tuman prokuraturasining 2019-yil 25-noyabrdagi protestiga asosan tuman hokimligining 2019-yil 1-dekabrdagi qarori bilan ushbu yer maydoni ajratish bo‘yicha tuman hokimligining 2019-yil 9-oktabrdagi qarori bekor qilinadi. Biroq, Namangan viloyati prokuraturasining 2019-yil 15-dekabrdagi protestiga asosan Uychi tumani hokimligining 2019-yil 1-dekabrdagi qarorini bekor qilish va tuman hokimligining 2019-yil 9-oktabrdagi qarorini tiklash bo‘yicha tuman hokimligining 2020-yil 15-yanvardagi qarori qabul qilinadi. Mazkur qarorni tiklash davrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-senyabrdagi PQ-3931-son Qarorining 10-bandiga asosan Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishilmaganligi hamda ushbu yer maydonini ajratish maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida vakolatli organlar xulosalari inobatga olinmaganligini asos qilib keltirib Namangan viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi Uychi tuman hokimining 15.01.2020 yildagi qarorini haqiqiy emas deb topishni so‘rab Uychi tumani maʼmuriy sudiga murojaat qailadi. Vaziyatga huquqiy baho berish 14-KAZUS 2020-yil 21-mart kuni KUN.UZ internet nashri tomonidan Andijon viloyati Oltinko‘l tumani markazidan oqib o‘tuvchi kanal “ekologik halokatli” holatdaligi to‘g‘risida maqola eʼlon qilinadi. Maqola va videolavhada Oltinko‘l tumani hududidan oqib o‘tuvchi Ulug‘nor kanaliga yaqin hududda faoliyat yurituvchi «ALBATROS-ASIA” korxonasi o‘z chiqindilarini oqizishi oqibatida suv o‘zanida «ekologik halokatli” holat yuzaga kelgani yoritilgan. Maqolada yozilishicha “Tuman markazidan oqib o‘tuvchi kanalning suvi bir kun qizil, bir kun ko‘k rangda boshqa paytlarda esa turli ranglarga bo‘yalib oqmoqda. Daryo suvining rangi hududdagi, “ALBATROS-ASIA” trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonasining bo‘yoq sexida matolarning qaysi rangga bo‘yalishiga bog‘liq. “ALBATROS-ASIA” korxonasi ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan, katta ehtimol bilan ekologiya uchun zararli bo‘lgan chiqindilarni fabrika yonidan oqib o‘tuvchi kanalga oqizib yuboryapti. Oqibatda, daryodagi baliqlar, boshqa suv jonivorlari, suvda yashovchi bori tirik organizmlar qirilib ketmoqda. Bundan besh yil oldin ham bu daryoda baliqning 15 ga yaqin turi, ondatra va qisqichbaqalar uchrar edi. Hozirda esa ular deyarli yo‘q bo‘lib ketgan. Ushbu holatdan suvdan ichimlik suvi, ekin yerini sug‘orish maqsadida foydalanadigan aholi ham norozi...” Maqoladan xabar topgan Andijon viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi shu kunning o‘zida ishchi guruh yuboradi va ishchi guruh tomonidan 21-mart kuni «ALBATROS-ASIA” jamiyatining bo‘yoq sexi faoliyati 10 kun muddatga to‘xtatilib, bo‘yoq ishlab chiqarish sexidan hosil bo‘layotgan chiqindi suvlarni belgilangan talab darajasiga keltirish bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar beriladi va tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, jamiyat rahbari Andijon viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan qo‘yilgan talablar to‘liq bajarilganidan so‘ng bo‘yoq sexi faoliyatini ishga tushirish bo‘yicha ogohlantiriladi. Bundan norozi bo‘lgan jamiyat rahbari yuqori organga murojaat qildi va u o‘z murojaatida jamiyatni faoliyatni 10 kun muddatga to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori korxona faoliyatiga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligini, bo‘yoq chiqindisi bilan bog‘liq muammoni jamiyat tomonidan 2 kunga qolmay bartaraf etish imkoniyati mavjudligini bayon qildi. Download 26.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling