Vaziyatlar vazirligi toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
XIZMAT FAOLIYaTIGA OID ODOB-AXLOQ QOIDALARI
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Одоб ахлоқ йўриқнома 1 томон 8 1 6 3 2 томон 2 7 4 5
XIZMAT FAOLIYaTIGA OID ODOB-AXLOQ QOIDALARI
9. Shaxsiy tarkib xizmat(mehnat) faoliyati davomida quyidagilarga majbur: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Kurolli Kuchlari Umumxarbiy nizomlari hamda Mehnat kodeksi talablariga va boshqa qonunchilik hujjatlariga so‘zsiz rioya etishi; mamlakat sha’nini e’zozlash, davlat siyosatiga sodiq bo‘lish; tashqi siyosat sohasida davlat manfaatlarini qat’iy himoya qilish; o‘z xizmat vazifalarini vijdonan, halol va yuksak professional darajada bajarish, rasmiyatchilik, soxtakorlik va suiste’molchilikka yo‘l qo‘ymaslik; xizmat majburiyatlarini samarali bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni doimiy asosda oshirish; o‘zi, bevosita va to‘g‘ridan-to‘g‘ri buysunadigan boshliqlari (komandirlari)ning qonunchilik, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumxarbiy nizomlari, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va vazirlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ- huquqiy hujjatlar talablariga zid bo‘lmagan buyruq hamda ko‘rsatmalarini so‘zsiz bajarish; berilgan vakolatlardan to‘g‘ri va samarali foydalanish, o‘z xizmat (mehnat) majburiyatlarini vijdonan, sidqidildan va yuqori sifat bilan bajarish; xizmat (ish) bo‘yicha boshqa bo‘linmalarga safarbarlikka doimo tayyor turish; ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarga biron-bir shaxs, gurux yoki idoralar manfaati nuktai nazaridan yondashmaslik hamda ularning manfaatlari ifoda etilishiga yo‘l qo‘ymaslik; har qanday qonunbuzilishiga, ayniqsa, korrupsiya holatlariga qarshi murosasizlik bilan kurashish; xizmat safarlari, nazorat tadbirlari davomida xizmat (mehnat) faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday turdagi sarf-xarajatlarni boshqa shaxslar hisobidan amalga oshirmaslik; davlat xizmatchilari yoki boshqa shaxslar tomonidan jinoyat yoki boshqa huquqbuzarlik sodir etishga undovchi murojaatlar haqida, shuningdek, hamkasblari tomonidan sodir etilgan yoki tayyorgarlik ko‘rilayotgan qonun buzilishlar haqida o‘zining raxbariga zudlik bilan ma’lum qilish; chet el fuqarolari bilan alohida belgilangan tartibga zid ravishda bevosita yoki boshqa shaxslar orqali muloqotga kirishmaslik; o‘z xizmat majburiyatlarini bajarayotganda fuqarolar va boshqa shaxslarni kamsitmaslik, ularning ta’siridan saqlanish, fuqarolar huquqlari, majburiyatlari va qonuniy manfaatlarini hisobga olish; o‘z xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan xatti- harakatlardan saqlanish; davlat siri, qonun bilan qo‘riqlanadigan va xizmatga oid boshqa ma’lumotlarning oshkor etilmasligini ta’minlash yuzasidan barcha choralarni ko‘rish, ulardan qonunga zid ravishda foydalanmaslik; axborotlarni tarqatish qoidalariga rioya qilish, Internet jaxon axborot tarmog‘i va axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanishda axborot xavfsizligini ta’minlashning belgilangan tartibiga amal qilish; biriktirilgan xizmat kompyuteri hamda elektron tashuvchilaridagi xizmatga oid ma’lumotlarning xavfsiz saqlanishini ta’minlash va ularni boshqa shaxslarga tarqatilishining oldini olish choralarini ko‘rish; ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va tashqilotlari hamda mansabdor shaxslar faoliyatini muhokama qilmaslik, axloqqa zid iboralarni ishlatmaslik, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan odamlarda ishonchsizlik kayfiyatini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan materiallarni joylashtirmaslik; xizmat (harbiy, maxsus) kiyimidagi foto va videotasvirlarni internet tarmog‘idagi turli ijtimoiy saytlar (feysbuk, telegramm, tvitter, yutub, odnoklasniki va boshqalar)ga akkaunt sifatida yoki boshqa maqsadlarda joylashtirish; fuqarolar va xamkasblarining sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiruvchi ma’lumotlar, tug‘mat, ig‘vo va uydirmalarni tarqatmaslik; harbiy (mehnat) va ijro intizomi, ichki tartib qoidalariga, shuningdek, telefonda so‘zlashish va kiyinish madaniyatiga qat’iy rioya etish; o‘ziga ishonib topshirilgan mulkka va moliyaviy mablag‘larga ehtiyotkorlik va tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lish; vazirlikning mulki va moliyaviy mablag‘lari, shuningdek, davlatning boshqa mulkini xarbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda ishlatishga yo‘l qo‘ymaslik; jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni saqlash choralarini ko‘rish; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonunda belgilangan tartibda hamda muddatlarda qonuniy, asosli va adolatli hal qilish; harbiy (mehnat) jamoada ishchanlik muhitini shakllantirish va uni mustahkamlashga ko‘maklashishi; harbiy (mehnat) jamoada hamkasblarining sha’ni va qadr-qimmatini obro‘sizlantiradigan shaxsiy va kasbiy fazilatlarini muhokama qilishdan tiyilishi; xizmat (ish) joyiga mast, soch-soqol olinmagan va kiyinish tartibiga rioya qilmagan holda atrofdagilarning e’tiborini o‘ziga ortiqcha jalb qiladigan tarzda kiyinish yoki sport kiyimida kelishga, ommaviy sport yoki park xo‘jalik kunlari bundan mustasno yo‘l qo‘ymasligi kerak. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling