Vaziyatlar vazirligi toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
KASBIY MADANIYaTGA OID UMUMIY ODOB-AXLOQ QOIDALARI
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Одоб ахлоқ йўриқнома 1 томон 8 1 6 3 2 томон 2 7 4 5
KASBIY MADANIYaTGA OID UMUMIY ODOB-AXLOQ QOIDALARI
7. Shaxsiy tarkib: fuqarolarning jinsi, irqi, millati, fuqaroligi, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei kamsitilishiga olib keluvchi ta’sir choralari va harakatlar (harakatsizlik)ga yo‘l qo‘ymasligi; halol, adolatli va kamtar bo‘lishi, raxbarlar, xamkasblar va fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala, vazmin hamda samimiy munosabatni namoyish qilishi; jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qarorlarni qabul qilishda qonuniylikni, adolatlilikni va shaffoflikni ta’minlashi; davlat va jamiyat manfaatlariga zarar yetkazuvchi, davlat organlari va tashkilotlari faoliyati samaradorligini pasaytiradigan harakatlar (harakatsizlik)dan tiyilishi; o‘zining xatti-xarakati va axloqi tufayli safdoshlari va jamoatchilikning tanqidiga uchramaslik choralarini ko‘rishi, tanqid uchun taqibga yo‘l qo‘ymasligi, asosli va konstruktiv tanqiddan o‘z faoliyatidagi kamchiliklar hamda nuksonlarni bartaraf etish yo‘lida foydalanishi; davlat organlari va tashqilotlari, davlat xizmatchilari va boshqa shaxslarga o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda shaxsiy masalalar yuzasidan ta’sir o‘tkazmasligi; o‘z xizmat vakolatlarini hamkasblari, jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar olmasligi; davlat mulkining but saqlanishini ta’minlashi, o‘ziga ishonib topshirilgan maxsus texnika va asbob-uskunalarni asrab-avaylash, unga topshirilgan moddiy qimmatliklar, xizmat xonasi, xonadon va avtotransport vositalaridn oqilona foydalanish, ularga shikast yetkazilishi, nobud bo‘lishi yoki yo‘qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, o‘ziga ishonib topshirilgan davlat mulkidan faqat xizmat maksadlarida foydalanishi; harbiy(mehnat) intizomiga qat’iy rioya qilishi, xizmat (ish) vaqtidan oqilona va samarali foydalanishi; aholining davlat xizmatlari iste’molchisi sifatidagi talablariga muvofiq o‘z kasbiy mahorati, ma’naviy-ma’rifiy, jangovar va jismoniy tayyorgarlik darajasini doimiy oshirib borishi, shuningdek, umumiy bilim saviyasini oshirib borgan holda, xizmat (mehnat) faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha o‘z ustida muntazam ishlashi; qonun bilan intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan huquqbuzarlik va boshqa xatti-xarakatlarga yo‘l qo‘ymasligi; kasb etikasi va ishchanlik uslubiga rioya etishi; siyosiy partiyalar hamda ijtimoiy, shu jumladan diniy birlashmalarning manfaatlarida, shuningdek ularning g‘oyalarini targ‘ib qilishda o‘z xizmat mavqeidan foydalanmasligi. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 12 sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 212-bandi) harbiy libos va maxsus kiyimni g‘urur hamda sharaf bilan munosib tarzda kiyib yurishi, harbiy xizmat qiyinchiliklarini mardonavor yengishi, doimo ozoda, batartib, intizomli va xushmuomala bo‘lishi; dunyoviy tafakkurga ega bo‘lish, umume’tirof etilgan milliy urf-odatlar, an’analar doirasidan chetga chiquvchi diniy amallarni bajarishdan o‘zini tiyish; xizmat vaqtida yoki harbiy kiyimda spirtli ichimliklarni iste’mol qilmaslik, spirtli ichimliklarni ichishga ruju qo‘ymaslik; elektr energiyasi, gaz va suv resurslaridan tejamkorona (oqilona) foydalanish; sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilish; jamoat joylarida, jamoat transportida va ommaviy tadbirlar o‘tkazish joylarida o‘rindiq va boshqa jixozlarga nisbatan madaniy munosabatda bo‘lish hamda o‘zidan kattalarga hurmatda kichiklarga izzatda bo‘lish; ommaviy tadbirlar vaqtida xushtak chalmaslik, baqirmaslik, tadbir tugashidan oldin sababsiz chiqib ketmaslik; uxlab o‘tirmaslik, o‘rindiqlarga yotib olmaslik, bir-biri bilan gaplashmaslik, yon atrofdagilarga halaqit bermaslik; turli davralarda o‘zining namunaviy xulqi va bilimi bilan vazirlik haqida yuksak ijobiy taassurot qoldirishga intilish; vazirlik manfaati, uning sha’ni va shonli an’analari, obro‘si hamda nufuzi to‘g‘risida qayg‘urish, ularni saqlab qolishga jonkuyarlik bilan intilish va hurmat bilan munosabatda bo‘lishi kerak. 8. Raxbarlar o‘ziga buysunuvchi xodimlardan ular xizmat (mehnat) vazifasini bajarayotgan paytda partiya nomidan siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanishni talab qilishi, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat tashkilotlari faoliyatida ishtirok etishga da’vat etishi yoki majburlashiga yo‘l qo‘yilmaydi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling