Vaziyatlar vazirligi toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Одоб ахлоқ йўриқнома 1 томон 8 1 6 3 2 томон 2 7 4 5
MANFAATLAR TO‘QNASHUVI 24. Shaxsiy tarkib mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymasligi kerak. 25. Manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda harbiy xizmatchi va xizmatchilar o‘zining raxbarini darxol xabardor qilishi shart. Manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar olgan raxbar bu to‘qnashuvning oldini olish yoki uni bartaraf etish yuzasidan o‘z vaqtida choralar ko‘rishga majbur. SHAXSIY TARKIBNING MANFAATINI HIMOYA QILISH 26. Shaxsiy tarkibni xizmat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq taxdid, xaqorat, tuxmat va qonunga xilof boshqa xatti-xarakatlardan himoya qilish Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi raxbariyat tarkibi tomonidan amalga oshiriladi. 27. Zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga to‘sqinlik qilish, jinoyat yoki boshqa huquqbuzarlik sodir etishga og‘dirishga qaratilgan murojaatlar, shuningdek, xamkasblari tomonidan sodir etilgan yoki sodir etishga tayyorgarlik ko‘rilayotgan qonunbuzilishlar xaqida xabar bergan xodimlarni vujudga kelishi mumkin bo‘lgan taxdid va xavf-xatarlardan himoya qilish choralari ko‘riladi. ODOB-AXLOQ QOIDALARIGA RIOYA ETMAGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK 28. Odob-axloq qoidalarida ko‘rsatib o‘tilgan talablarga rioya etmagan holda, intizomiy qilmish, huquqbuzarliklar sodir etgan shaxsiy tarkib o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi yoki tergovga kadar tekshiruvlar yakuni bo‘yicha intizomiy ma’muriy, jinoiy, fuqarolik- huquqiy va moddiy javobgarlikka tortilishiga asos bo‘ladi. 29. Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik uchun vazirlik raxbariyati tarkibi tomonidan shaxsiy tarkibga quyidagi ta’sir choralari qo‘llaniladi. Qurolli kuchlar Intizom nizomiga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling