Vaziyatlar vazirligi toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Shaxsiy tarkib xizmat(mehnat) faoliyati davomida va xizmat (ish)dan tashqari
Download 0,57 Mb. Pdf ko'rish
|
Одоб ахлоқ йўриқнома 1 томон 8 1 6 3 2 томон 2 7 4 5
3.
Shaxsiy tarkib xizmat(mehnat) faoliyati davomida va xizmat (ish)dan tashqari vaqtda xulq-atvorning quyidagi umumiy qoidalariga amal qilishi lozim: Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchisi va xizmatchisi, shuningdek, qutqaruvchisi obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti- harakatlardan tiyilish, axloq normalariga doimiy rioya qilish; mas’uliyat, kasbiga sadoqat va halollikni kundalik shiorga aylantirish; murakkab vazifalarni bajarishda hamkasblariga ko‘maklashish; xushmuomalalik, e’tiborlilik va xushyorlik bilan fuqarolarda davlatga nisbatan ishonch va hurmat hissini uyg‘otish; oilasida sog‘lom muhitni ta’minlab, oila a’zolariga doimiy g‘amxur bo‘lish, farzandlarida vatanparvarlik va boshqa yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish; fuqarolarning ijtimoiy kelib chiqishi, iqtisodiy ahvoli va boshqa omillardan qatiy nazar, ular bilan bir xil, samimiy, odob doirasida munosabatda bo‘lish; jamiyatda axloqning umum e’tirof etilgan qoidalariga amal qilish. 4. Shaxsiy tarkib o‘z vakolatlarini amalga oshirayotganda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va xarbiy xizmat to‘g‘isida”gi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Kurolli Kuchlari Umumxarbiy nizomlari hamda Mehnat kodeksiga, ushbu Odob-axloq qoidalariga va boshqa qonunchilik xujjatlariga amal qiladi. 5. Shaxsiy tarkib Odob-axloq qoidalariga rioya qilish majburiyatiga, fuqarolar esa shaxsiy tarkibdan mazkur qoidalarga mos bo‘lgan kasbiy madaniyatni talab qilish huquqiga ega. 6. Shaxsiy tarkibning Odob-axloq qoidalariga rioya etishi ularning faoliyati hamda xizmatdagi axloqini baholashning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. Shaxsiy tarkib tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya kilinishi holati ularni kelgusida yuqori lavozimlarga tayinlash va raxbar kadrlar zaxirasini shakllantirishda hisobga olinadi. Download 0,57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling