Vaziyatlar vazirligi toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
JAMOATCHILIK, OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VAKILLARI BILAN
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Одоб ахлоқ йўриқнома 1 томон 8 1 6 3 2 томон 2 7 4 5
- Bu sahifa navigatsiya:
- XIZMAT FAOLIYATIDAGI TASHQI KO‘RINISH VA KIYINISH USLUBIGA OID ODOB-AXLOQ QOIDALARI 21.
JAMOATCHILIK, OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VAKILLARI BILAN
MUNOSABATLARGA OID ODOB-AXLOQ QOIDALARI. 16. Shaxsiy tarkibning vazirlik faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritilishiga ko‘maklashishi hamda ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro xamkorlik qilishi, Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan tartibga solinadi. 17. Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyati to‘g‘risidagi ommaviy bayonotlar vazirlik raxbariyati tomonidan belgilangan yoki mazkur yo‘nalish bo‘yicha vakolatli mansabdor shaxs tomonidan amalga oshiriladi. 18. Quyidagi hollarda ommaviy bayonot berilishi mumkin emas: ommaviy bayonot matni va mazmuni davlat siyosati yoki vazirlik faoliyatiga aloqador bo‘lmasa; ommaviy bayonotda keltiriladigan axborotlar davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lsa; ommaviy bayonot boshqa davlat organlari va tashkilotlari nufuzini pasaytirish yoki ularning mansabdor shaxslarini kamsitishga yo‘naltirilgan bo‘lsa. 19. Vazirlik tizimida jamoatchilik nazoratini ta’minlash maqsadida jamoatchilik tomonidan vazirlik faoliyatiga oid ayblov yoki tanqid bildirilgan taqdirda, Favqulodda vaziyatlar vazirligining Matbuot xizmati tomonidan unga nisbatan bildirilgan ayblov yoki tanqidga ommaviy izox yoxud raddiya berishini tashkil etadi. 20. Agar ommaviy bayonotda fuqarolarning sha’ni hamda qadr-qimmatini kamsitadigan iboralar bo‘lsa, vazirlik vakili o‘z fikrlarining yanglishligi yoki noto‘g‘riligini tan olishi hamda sha’ni, qadr-qimmatiga va ishchanlik obro‘siga daxl qilingan fuqarodan, agar qonun xujjatlarida boshqa oqibatlar nazarda tutilmagan bo‘lsa, kechirim so‘rashi shart. XIZMAT FAOLIYATIDAGI TASHQI KO‘RINISH VA KIYINISH USLUBIGA OID ODOB-AXLOQ QOIDALARI 21. Shaxsiy tarkibning xizmat faoliyatidagi tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubi fuqarolarning Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatiga hurmatini, shu jumladan davlat xizmatining nufuzini oshirishga xizmat qilishi kerak. 22. Shaxsiy tarkibning tashqi ko‘rinishi xizmat (mehnat) sharoitlari va vazirning tegishli buyrug‘iga muvofiq, xizmat majburiyatlarini bajarishi vaqtida fuqarolarning Favqulodda vaziyatlar vazirligiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga ko‘maklashishi, umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq bo‘lishi va rasmiylik, xolislik, kamtarlik va intizomni namoyon etishi lozim. 23. Shaxsiy tarkibning xizmat (ish) joyida tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubiga oid qo‘shimcha talablar idoraviy odob-axloq qoidalari hamda ichki mehnat tartibida tegishli buyruq asosida belgilanishi mumkin. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling