Vaziyatlar vazirligi toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Raxbarlar quyidagilarga majbur
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Одоб ахлоқ йўриқнома 1 томон 8 1 6 3 2 томон 2 7 4 5
10.
Raxbarlar quyidagilarga majbur: buysunuvidagi shaxsiy tarkibga professionalizm, halollik, xolislik va adolatlilikda o‘rnak bo‘lish; jamoada sog‘lom ma’naviy muhit va ishchan kayfiyatni shakllantirish; shaxsiy tarkibni qonunga xilof xatti-xarakatlarni amalga oshirishga undamaslik hamda ulardan bunday harakatlarni bajarishni talab qilmaslik; kadrlarni maxalliychilik, urug‘-aymoqchilik, tanish-bilishchilik yoki shaxsiy sadoqat belgilari bo‘yicha tanlash, tayinlash yoki tavsiya etishga yo‘l qo‘ymaslik; harbiy (mehnat) jamoasida guruxbozlik va favoritizm (ayrim xodimlarni yaqin olish va qo‘llab-quvvatlash) ko‘rinishlariga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, xizmat vazifalarini bajarish jarayonida boshqa salbiy omillarning oldini olish; shaxsiy tarkibning faoliyatiga baho berishda qonuniy, asosli va adolatli qarorlar qabul qilish; shaxsiy tarkib tomonidan korrupsiya va boshqa suiste’molchiliklar sodir etilishining oldini olish choralarini ko‘rish; buysunuvidagi shaxsiy tarkibni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish choralarini ko‘rish; vakolati doirasida shartnomalar tuzish, tanlovlar o‘tkazish yoki rozilik berish masalalariga xolis, adolatli va qonuniy yondashish. 11. Raxbarlar buysunuvidagi shaxsiy tarkibga qo‘pol muomalada bo‘lishi, haqorat qilishi, shaxsiyatiga tegishi, ularga asossiz tanbeh berishi yoki ayblashi hamda kamsitishi mumkin emas. 12. Vazirlik Markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalarida yuqori xarbiy intizomni joriy etish uchun boshliq (komandir): reja va rejadan tashqari (yo‘llanma bilan) maxsus tibbiy ko‘rikdan o‘tib turish; qo‘l ostidagilarning shaxsiy fazilatlarini o‘rganishi, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni harbiy nizomlarda ko‘rsatib berilgan qoidalar asosida qo‘llab-quvvatlashi; jamoani jipslashtirish, turli millatga mansub harbiy xizmatchilar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash; gender tenglikni ta’minlashi; shaxsiy tarkibdagi xarbiy intizom va axloqiy-ruhiy holatni bilishi, qo‘l ostidagilarning boshliqlar talabi va harbiy intizomni mustahkamlash buyicha vazifa va usullarini yakdil anglab yetishlariga erishishi, ularning harbiy intizomini mustaxkamlashiga raxbarlik qilishi va shaxsiy tarkibning axloqiy-ruxiy holatini bilishi, rag‘batlantirish va intizomiy ta’zir choralarini qo‘llash amaliyotiga o‘rgatishi; xizmat (mehnat)ni o‘tash qoidalarining buzilish hollarini zudlik bilan bartaraf etishi, boshqarma (tuzilma) jangovarligi va faoliyatiga raxna soluvchi har qanday xatti-xarakatning qat’iyat bilan oldini olish, huquqiy targ‘ibot ishlarini olib borishi va jinoyat, boshqa kor-hol va xatti-xarakatlarni ogoxlantirish bo‘yicha ish olib borish; qo‘l ostidagilarni harbiy intizom talablarini so‘zsiz bajarishi va yuksak ijrochilik ruxida tarbiyalash, ularda shaxsiy g‘urur, harbiy sha’n va harbiy burch tuyg‘ularini o‘stirishi va qo‘llab-quvvatlashi; boshqarma (tuzilma)da harbiy intizomning, ayniqsa harbiy xizmatchilar orasida o‘zaro munosabatlarda nizom qoidalarining, ijtimoiy adolat ko‘rinishlarining buzilishiga murosasizlik kayfiyati yaratilishi va bunda oshkoralikdan keng foydalanishi; o‘z qo‘l ostidagi shaxsiy tarkibning axloqiy-ruhiy holati va intizomini muntazam taxlil qilib borishi; o‘z vaqtida va xolislik bilan bu haqda o‘zidan yuqori lavozimdagi boshliqqa hisobot berishi, jinoyat va kor-hollarda esa zudlik bilan xabar qilishi lozim. 13. Har bir raxbar shaxsiy tarkibning huquqiy va ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida qayg‘urish, uning shaxsiyatini, milliy g‘ururini hurmat qilish boshliq (komandir)ning muhim vazifasidir. Harbiy intizomning buzilishi, jinoyat va boshqa xatti-xarakatlarni xaspo‘shlashga xizmat qilgan boshliq (komandir) javobgarlikka tortiladi. (Intizom nizomining 6-bandi). Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling