Ve, education


Download 220.92 Kb.
bet7/11
Sana25.04.2023
Hajmi220.92 Kb.
#1396465
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
qadimgi-xitoy-falsafasining-asosiy-yo-nalishlari

Scientific Journal Impact Factor


VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784
SJIF 2021: 5.423


uzoq muddat mavjud bolib kelganligi osha davr maktablarining jamiyat haqidagi goyaviy qarashlari xususida etarlicha malumotlarga ega bo’lish imkoniyatlarini beradi.
Qadimgi Xitoydagi ilk falsafiy talimotlarga kora, osmon va yer bilan chegaralangan olam in hamda yan tamoyillariga amal qiladi. Yan tamoyili narsalar mohiyatiga faol kirib boruvchi kuch sifatida talqin qilinsa, in esa passiv kuzatuvchi, zulmatni ifodalovchi tushunchadir. Lekin ularni bir-birini rad etuvchi jihatlar tariqasida tushunish xato, chunki ularning hamjihatligi tufayli kuchlar birlashadi, uzilgan yonalishlar muayyan shaklga ega boladi, yer bilan osmon ozaro munosabatlari ochib beriladi. In va yan harakati - bir butunlik o’zgarishining dialektik harakati. Narsa va hodisalarning o’zaro hamkorligi ularning ozgarishi orqali ta’minlanadi. In va yanning ozaro harakati natijasida oltita kategoriyalar paydo boladi. Bular - momaqaldiroq, shamol, olov, suv, qaytish va osoyishtalik11. Ushbu kategoriyalar Osmon, Yer va Inson bilan bog’liq muammolarni yoritishda keng qo’llanilgan.
Yin yan jia (阴阳家, pinyin: yin yáng jia) - qadimgi Xitoyning tabiiy falsafiy-kosmologik va numerologik masalalarga ixtisoslashgan falsafiy maktabidir. Bu Dark (In) va Light (Yan) maktabi bo’lib, Ushbu maktabning izdoshlari voqealarni faqat tabiiy kuchlar nuqtai nazaridan izohlashga harakat qilishdi, shuning uchun uni odatda tabiiy falsafiy deb talqin qilishadi.
In-Yan maktabining g’oyalari qadimgi Xitoyning ananaviy manaviy madaniyati va fanining asosini tashkil etdi. Astronomik hisob-kitoblar asosida taqvimlar tuzildi, ularning togriligi nafaqat qishloq xo’jaligi uchun katta ahamiyatga ega edi, balki ‘‘Osmon Ogli va uning maslahatchilarining g’amxorligi deb ham hisoblangan. Samoviy hodisalarni organish kosmologiya, bioritmologiya va klimatologiya elementlarini birlashtirgan qadimgi Xitoy tibbiyotida katta ahamiyatga ega bo’lgan12. Keyinchalik In-Yan maktabining g’oyalari neokonfutsiy va diniy Daoizmda keng qollanila boshlandi.
In-YanJia-ning (Xitoy tili pinyinda) markaziy tushunchasi bu In-Yan kuchlari dualizmining universalligi va besh unsur: Metall, yogoch, suv, olov va er tomonidan hosil bo’lgan ozaro tasirlarning siklik xarakteridir.

11 Хоу Вай-лу (и.др). Чжунго сысян тунши (История китайских идеологий). Т.1-2. - Пекин.1957. – C.164.
12Демин Р. Н. Школа инь-ян //Культуры в диалоге. Вып.1. Екатеринбург, 1992. C. 97. 41

April 2021 www.oriens.uz

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Download 220.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling