Ve, education
Download 220.92 Kb.
|
qadimgi-xitoy-falsafasining-asosiy-yo-nalishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUHOKAMA
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA.
Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. In va Yan falsafiy maktabi va boshqa Xitoy maktablari bilan o’zoro munosabatlarini o’ziga xos falsafiy fikrlari haqida tahlil olib borildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning tarixi va ma’naviy merosini o’rganishga oid bergan uslubiy ko’rsatmalari hamda, “In va yan falsafiy maktabi” o’rganishda olimlarning falsafiy tizimlar taraqqiyotiga qo’shgan hissasi to’g’risidagi fikr – mulohazalar, xulosalar, ilgari surilgan g’oyalar va prinsiplar tadqiqotning nazariy-uslubiy asosi bo’lib xizmat qiladi. MUHOKAMA VA NATIJALAR. Xitoy mifologiyalarida butun koinot - osmon, yer va tabiat hodisalari ilohiylashtirilgan bo’lib, inson hayot kechirish muhitini tashkil qiladi. Aynan shu afsonalashtirilgan muhitdan narsalar, hodisalar mavjudligini ta’minlaydigan, ularni boshqarib turadigan oliy bir tamoyil keltirib chiqariladi. Bu tamoyil ko’pincha oliy hukmdor (shandi), ba’zan esa oddiy osmon (tyan) sifatida ishlatib kelingan 2. Qadimgi Xitoy fasafasi konservativ sivilizatsiyaning bir qismi bo’lib u diniy matnlar madaniyatiga tayanardi. Hindistonda bo’lgani kabi, ozod bo’lish yoki xalos bo’lishga nisbatan qiziqish unchalik kuchli bo’lmagan. Aksincha, u ko’proq amaliy va pragmatik yo’nalishga ega edi. Xitoy faylasuflari asosan kambag’al a’yonlarga mansub bo’lgan. Ular ko’pincha g’oyat ulkan imperatorlik saroylari qoshida amal qilgan ma’muriy tizim sektorlarida faoliyat yuritishgan. Ko’pgina buyuk xitoy mutafakkirlari ana shu ijtimoiy muhitning samarasi sifatida dunyoga kelgan. Ko’pchilik tomonidan hurmat-ehtirom ila tan olingan donishmandlar ta’sirida asta-sekin Xitoy falsafiy tafakkuri shakllana borgan. Ko’p hollarda ularning ismlari 1 Jahon falsafasi tarixidan lavhalar.1-kitob. - Toshkent , 2004. – B.43. 2 Хоу Вай-лу (и.др). Чжунго сысян тунши / История китайских идеологий. Т.1-2. – Пекин, 1957. – B.127. 37 April 2021 www.oriens.uz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling