Veb saytlarning qanday turlari bor


Veb saytlarning qanday turlari bor


Download 74.71 Kb.
bet2/7
Sana20.06.2023
Hajmi74.71 Kb.
#1637401
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Dauran web sayt va turlari

Veb saytlarning qanday turlari bor.
Bugungi kunda saytlarning turlarini aniq sanab aytish qiyin, chunki har sohada, har mavzuda saytlar ochilmoqda… Lekin asosiy turlarni sanab o‘tamiz. Bular:

  • Ijtimoiy tarmoqlar (facebook.com, ok.ru, vk.ru, muloqot.uz, twitter.com)

  • Korxona, tashkilot saytlari (apple.com, ucell.uz, gov.uz, bank.uz)

  • Shaxsiy saytlar (Mashur shaxslar, qo‘shiqchilar, shoirlar, davlat arboblari haqidagi saytlar)

  • Fotogallereyalar (flickr.com , shutterstock.com)

  • Yangiliklar sayti yoki portal (islom.uz, kun.uz , darakchi.uz, ziyonet.uz )

  • Qidiruv tizimlari (Google.uz, yandex.ru)

  • Forum va chat (tforum.uz, forum.ziyouz.com, forum.islom.uz)

  • Media mahsulotlari – Audio, videolar (mytube.uz, mover.uz, mp3.uz)

  • Yelonlar, umumiy savdo, yoki kataloglar sayti (torg.uz, glotr.uz, zor.uz, kplus.uz)

  • internet do‘konlar (Masalan: amazon.com, souq.com, esavdo.uz, korzinka.uz)

Va boshqa turdagi saytlar mavjud.
Veb sayt ochish nima uchun kerak.
Sayt ochish turli sohadagi odamlarga har xil maqsadlar uchun kerak bo‘aldi. Masalan, tadbirkorlar uchun o‘z korxonasining veb sayti bo‘lishi bu – mijozlarga qulaylik tug‘diradi. Hatto yangi mijozlar orttirishga sabab bo‘ladi. Chunki internetdan biror mahsulot yoki xizmat turini izlagan odam sizni vebsaytingizga duch keladi va sizning korxonangiz bilan tanishadi. Agar siz ijodkor bo‘lsangiz yoki ilm-fan bilan shug‘ullansangiz, u holda o‘z sohangiz haqida veb sayt ochib bilimlaringizni boshqalarga ulashasiz. Yoki ijodingizni namoyish qilasiz. O‘zingiz bilan hamfikr odamlar bilan tanishasiz. Savdo bilan shg‘ullansangiz, tovar va mahsulotlaringizni o‘z saytingizga joylab buyurtmalar olishingiz mumkin. Mahsulotingizni odamlarga reklama qilasiz.
Veb–saytni ishlab chiqish uchun tavsiyalar.
Veb–saytning yaratilishi murakkab muammo bo‘lgani sababli, uni kompleks shaklda qurib chiqish kerak. Veb–sayt ishlab chiqilguncha echilishi zarur bo‘lgan asosiy savollar quyidagilardan iborat va ularga javob topishga harakat qilamiz. Shunday qilib, veb–saytni joylashtirish, quvvatlash va uning harakatiga tegishli savollar bilan veb–sayt tadqiq qilinguncha tanishib chiqmoq zarur.

Download 74.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling