Veb saytlarning qanday turlari bor


Download 74.71 Kb.
bet5/7
Sana20.06.2023
Hajmi74.71 Kb.
#1637401
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Dauran web sayt va turlari

Reklama sayti–ixtiyoriy reklama singari internet axborot muxitidagi aniq mahsulot va xizmat yoki brendni reklama qilish uchun xizmat qiladi.
Axborot sayt–mijozlarning virtual uyushmasini tuzish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishda “axborot to‘siq” ni olib tashlash uchun tashrif buyuruvchilarni mahsulot va xizmat turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan to‘la-to‘kis boxabar etish uchun xizmat qiladi. Saxifalar tashqi ko‘rinishining ko‘rkamligi (ixchamligi) bilan ajratib turadi, chunki bu veb–saytdagi barcha elementlar kerakligi axborotlarni tez va qulay usulda qidirib topish uchun xizmat qiladi.
Biznes–sayt–kompaniyaning alohida tashqi biznes–jarayonlarni tashkil qilish uchun xizmat qiladi, (masalan, ta’minotchi va dilerlarning ombordagi mahsulotlar; mahsulot yoki xizmatlarga ega bo‘lishdagi buyurtmalari xizmatchi va dilerlarni o‘qitish; suhbatlar olib borish jarayonlari to‘g‘risida). Biznes–jarayonlarni tashkil etish uchun dasturiy modullar (internet–ilova) mavjudligi bilan farqlanadi.
Korporativ portal-kompaniya ichki va tashqi biznes jarayonlarining servislarini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, korporativ portal tarkibiga kompaniyaning turli xil bo‘limlari o‘rtasida axborot almashuvi, buxgalteriya ilovalari, ombor, kadrlar bo‘limi, statistik va analitik axborotlar, yordam bo‘limi, o‘quv axborotlari, ta’minotlar, dillerlar, iste’molchilar bilan ishlash uchun avtomatlashtirilgan vositalar va b.q. kiradi. Biznes-jarayonlarni tashkil etish uchun internet-ilova, kompaniya (buxgalteriyasi, ombor, rejalashtiruvchilar va b.q.) da foydalaniladigan amaliy dasturlarga kirish uchun interfeyslar mavjudligi bilan farqlanadi. veb–saytning paydo bo‘lishi mavjud biznes-jarayonga ozmi − ko‘pmi o‘zgarish kiritishni nazarda tutish kerak. Masalan, jamoatchilik bilan aloqa bog‘lash bo‘limida yangiliklarni o‘z navbatida chop etish masalasi, marketing bo‘limida veb–saytni siljitish ishlari, veb–sayt davomati statistikasining tahlili, on-laynda savol-javoblar va reklama aksiyalarini o‘tkazish. Mahsulotlar bozori bo‘limi on-layn mijozlari bilan ishlashni, kadrlar bo‘limi esa, veb–interfeys orqali vakant joylarga nomzodlarni tanlashni o‘rganishi kerak. Ko‘pincha internet–texnologiyadan foydalanish kommunikatsiya bilan bog‘liq vositalar (axborotlarni tarqatish va qabul qilib olish, gaplashish tarmoqlari)ni ancha iqtisod qilishga olib keladi. Bu ishlar vaqtni iqtisod qilish, internet va boshqa axborotlarni uzatishdagi narxlar farqi evaziga sodir bo‘ladi. Bugungi kunda biznes saytlarning nufuzi ortib bormoqda, Kelajakda bozorlar o‘rnini bunday saytlar egallab oladi. Bunga misol tariqasida tajribadan o‘tgan amazon.com saytni keltirish mumkin.

Download 74.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling