Veb saytlarning qanday turlari bor
Veb–saytni tayyorlovchi (tadqiq qiluvchi)
Download 74.71 Kb.
|
Dauran web sayt va turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Veb–sayt tadqiqotchisi.
- Veb–sayt (xosting)ni joylashtirish.
- Veb–saytni joylashtirish (xosting).
Veb–saytni tayyorlovchi (tadqiq qiluvchi) Veb–saytni zaruriy vazifalar bilan kim va qaysi muddatga yaratadi? Tadqiqotchi tajribaga egami? Tadqiqotchi veb–saytning dinamik bo‘limlarini yaratish va ularning masofaviy administratsiyalash texnologiyasi (xabarlarni etkazish mahsulot kataloglarini tahrir qilish, hujjatlarni ommalashtirish, har hil foydalanuvchilar uchun internetga kirishni boshqarish va b.q)dan foydalanadimi? Bajaruvchi veb–saytga ishlov berishni, xosting, quvvatlash va harakatlarni o‘z ichiga olgan kompleks echimlarni taklif qiladimi?
Veb–sayt tadqiqotchisi. Sayt tadqiqotchisini tanlash saytingizda amalga oshirilgach masalaning murakkabligiga bog‘lik bo‘ladi. Hozir O‘zbekistonda ham kompaniyalar har xil murakkablikdagi veb–saytlarni tayyorlash bo‘yicha va xususiy veb–dizayn studiyalari o‘z xizmatlarini taklif qilmoqdalar. Ularning ko‘pchiligi reklama va axborot veb–saytlar uchun echimlar taklif qiladilar. Bunda sayt veb–saxifalarining ko‘pchiligi qo‘l bilan varaqlanadi va ba’zida tekin yoki arzon narxda dasturiy echimlar ishlatiladi. Bunda peril, php, asp da yozilgan va pulsiz qo‘llaniladigan (MySql va b.q.) arzon dasturiy echimlar ishlatiladi. Veb–saytlarni yaratish uchun ishlatiladigan barcha mavjud echimlardan ham a’lo hisoblanadi, chunki u elektron biznes uchun ancha yuqori klassli echimlar qatoriga kiradi. Tadqiqotchini tanlashda uning veb–saytni ishlab chiqish, joylashtirish (xosting) va kuzatish, maslahat va marketing xizmatlaridan iborat kompleks echimlar taklif qilinishini hisobga olish kerak, chunki faqatgina kompleks echimlar buyurtmachini loyihani amalga oshirishda har xil “texnik” noqulayliklardan asraydi. Veb–sayt (xosting)ni joylashtirish. Veb–saytni qaerga joylashtirish mo‘ljal-lanayapti? Mo‘ljaldagi auditoriyaga u qulay bo‘ladimi? Veb–sayt auditoriyasi kengaygan holatda Veb–server quvvati va Internet–provayderi panelining o‘tkazish qobiliyati qoniqarli bo‘ladimi? Veb–saytni joylashtirish (xosting). Xostingni tanlashda internet provayder imkoniyatini, ya’ni kanalning o‘tkazish qobiliyatini inobatga olish kerak bo‘ladi. Bir vaqtda qancha tashrif buyuruvchilar veb–saytga kira olishi mana shu ko‘rsatkichga bog‘liq bo‘ladi. Provayder kanali turli xil mamlakat va mintaqadagi foydalanuvchilarga bir xil yaxshi va qulay bo‘lishi kerak. Xosting sifatiga ta’sir etuvchi boshqa parametr–bu veb–server unumdorligi hisoblanadi. Xosting vakolati sanalgan kompaniya bilan saytning ommaviyligi (tashrif buyuruvchilar soni) oshgan taqdirda kanalning o‘tkazish qobiliyati va veb–server unumdorligini mos ravishda oshirish to‘g‘risida kelishib olish kerak bo‘ladi. Download 74.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling