Vеgеtаriаnlik nаzаriyalаri hаqidа quyidаgilаrni аytish mumkin


Download 159.42 Kb.
bet10/20
Sana04.02.2023
Hajmi159.42 Kb.
#1164710
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
OX YAKUNIY (2)

77.
78. Ombor zararkunandalari – don, chorvachilik mahsulotlari va boshqalarni zararlaydigan hasharotlardir. Shuningdek, dala va gʻalla xirmonlarida ham uchraydi. Ushbu zararkunandalar oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini nobud qiladi, donning murtagi va unli qismini yeydi. Natijada gʻalla va boshqa don mahsulotlari uzoq saqlanmaydi, ularning ozuqalik sifatini buzadi, urugʻlarni shikastlab, unuvchanligini keskin kamaytiradi. Zararkunandalar mustaqil ravishda hamda mahsulot tashiladigan idishlar, mahsulotlar hamda ombor anjomlari orqali tarqaladi. Kurash choralari. Har yili yangi hosilni qabul qilish oldidan va zaruratga koʻra, omborlar, bostirmalar, xirmonlar, mahsulot tashiladigan idishlar hamda anjomlarni taʼmirlash, yilda ikki marta — bahor (aprel, may) va yozning oxiri (iyul, avgust)da xlorofos, karbofos va boshqa preparatlar bilan ham dezinseksiyalash, ombor atroflarini toza tutish, chiqindilarni yoqib tashlash yoki yerga koʻmish lozim. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sifatli saqlashda avvalambor, mahsulot joylangan ombor va binolarni zararkunandalarga qarshi choralar ko‘rish (fumigatsiya) alohida o‘rin tutadi. Ombor zararkunandalarini yoʻq qilish uchun mahsulot saqlanadigan omborlarni brommetil yoki metilxlorid bilan gazli dezinseksiyalash — fumigatsiya qilish zarur. Yana bir muhim jihat, bozorlardan ko‘chatlar, kartoshka yoki sabzavot urug‘lari xarid qilayotgan fuqarolar, fermer xo‘jalik rahbarlari va tomorqa egalari uning tozaligini tasdiqlovchi tegishli laboratoriya xulosasi, ko‘chatlar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari uchun karantin fitosanitariya sertifikatlarini talab qilishlari maqsadga muvofiq.
79. Donni qayta ishlab yorma olish texnologik sxemasini tuzishga qoyidagi omillar tasir qiladi: ishlab chiqariladigan mahsulot assortimenti (butun yoki singan mag’izdan olingan yorma, silliqlangan yoki silliqlanmagan yorma); donning anatomik tuzilishi, mag’iz va qobiqlarni bog’lanish mustahkamligi, mag’izni mustahkamligi, donning shakli va boshqalar Texnologik jarayonlarni tuzishni umumiy qoidalaridan bog’liq holda hamma yorma ekinlarini ikki guruhga bolish mumkin. Birinchi guruhga tashqi qobig’i mag’iz bilan birlashib osmagan ekin donlari kiradi. Bu donlardan (tariq, suli, sholi, grechixa) olinadigan asosiy mahsulot butun yadrodan olingan yormadir. Ikkinchi guruhga tashqi qobig’i mag’iz bilan birlashib osgan ekin donlari kiradi va ulardan olinadigan asosiy mahsulot maydalangan yadrodan olingan yorma hisoblanadi. Rus noxatini qayta ishlab butun yorma bilan birgalikda bo`lingan yorma ham olinadi. Pachoqlangan va bargsimon, tezpishar yormalar, bolalar uni va boshqa xil maxsus mahsulotlarni ishlab chiqarish sxemasi alohidaligi bilan farq qiladi.
80. Un zavodlaridagi texnologik jarayonlar ko‘p sistemali bo‘lib, uning alohida qismlari bir-biri bilan murakkab bog‘langan. Dondan un ishlab chiqarish jarayoni bir qancha bosqichlarga bo‘linib, ularning har biri ma’lum vazifaga ega bo‘ladi. Texnologik jarayon chizma ko‘rinishida ifodalanib, ularning grafik shaklida ketma-ket bajarilishi uskuna va apparatlarning ishchi parametrlarini tasvirlaydi. Non mahsylotlari acocan byg‘doy, javdap tpitikal donlapidan tayyoplanadi. Makapon mahsulotlarini tayyorlashda qattiq «durum» bug‘doylardan yoki yumshoq, yuqopi shaffoflikdagi bug‘doydan olingan unlar ishlatiladi. Donlardan necha foiz un olish, texnologik jarayonlarning sifatli o‘tishi va ularning soni ketma-ketligiga qo‘yilgan vazifaga bog‘liq bo‘lib, ular turlicha bo‘ladi. Masalan, oddiy un ishlab chiqarishda don qobiq va murtaklari bilan birga maydalanadi. Bugungi rivojlangan un toptish texnologiyasi yordamida bu juda oson bajariladi, ya’ni u bir bosqichli jarayonda amalga oshiriladi.Navli un olish texnologiyasida donning endospermsi kpaxmalini maydalab, uning qobig‘i va aleyron qismidan esa kerak olinadi. Donning myrtagini mustaqil pavishda ajratib olib, yndan alohida mahsulot tayyorlanadi yoki u ham kerakka qo‘shiladi. Havli yn toptishning tanlab olish ycylida endocpepmni ajratib olish murakkab japayonlarning kelib chiqishiga olib keladi. Bu jarayondagi qo‘shimcha bosqichlar maydalangan yarim tayyor mahsulotlarning aslligi, endocpepm, qobiq va myptakning mexanik tuzilishi, fizik-kimyoviy tapkibiga ko‘ra typli fpaksiyalapga ajpatiladi.
81. Donlapning fizik-kimyoviy xycyciyatlapi bip qancha ko‘pcatkichlap bilan baholanadi:a) donning geometpik tavcifi;b) don maccacining yipikligi va bapobapligi;v) natypa og‘ipligi;g) zichligi va calmoq hajmi;d) 1000 dona donning og‘ipligi;e) donnning oqsil moddasidan hosil bo‘lgan kleykovina;j) donning makro- va mikroelementlari va boshqa moddalardan hosil bo‘lgan kul modda.Donning yctki qatlami namni toptib olish, to‘kilyvchanlik, gymbaz tashkil qilish kabi xususiyatlarga ega. Don maccacining by xycyciyatlapi texnologik japayonlapni ma’lym taptibda borishiga ta’cip etadi. Bundan tashqari, shu xususiyatlar valli ctanok yopdamida maydalash, cepapasiyalash, yopmalapni capalash va omixta emlapni ppecclash japayonlapida e’tibopga olinadi. Bug‘doy donining tuzilishi va kimyoviy tarkibi. Bug‘doy - eng muxim oziq-ovqat ekini xisoblanadi. U dunyo bo‘yicha un ishlab chiqarishda birinchi o‘rinni egallaydi.Bug‘doyning asosiy xossalari bo‘lib, donning tuzilishi va kimyoviy tuzilishi, shuning bilan birga uning tashkil qiluvchi to‘qimalarining tuzilishi va tarkibi xisoblanadi.
82. Don kuldorligi o’simlik turiga, naviga etishtirish xududi, sharoiti tuproq va tuproqga beriladigan o’g’tlar va boshqa faktorlariga bog’liq xolda o’zgarib turadi. Don tarkibidagi mineral moddalarning notekis taqsimlanishi sababli donning turli qatlamlarida kul miqdori turlicha bo’ladi. Masalan: bug’doy donining kul miqdori 1,95-2,00% bo’lganda endospermda kul miqdori 0,39-0.6% ni, murtakda 5.2-7,5% ni, qobiq va aleyron kavatda 9.3-12.4% ni tashkil etadi. Don kuldorligining un ishlab chiqarishda sifat ko’rsatkichi sifatida axamiyati katta. Kul miqdori qancha yuqori bo’lsa, un navi shuncha past bo’ladi. Ishlab chiqarish laboratoriyalarida don kuldorligi namunani mufel pechida kuydirish yo’li bilan aniqlab topiladi.Mufel pechi ikkita asosiy qismdan iborat: korpus va reostat. Korpusning sopol qismi xrom nikelli sim bilan o’ralgan bo’lib uni ikkita uchi tashqariga chiqarilib, ikkita kontaktga ulangan. Yukori tomonidan sopol sim bo’ylab asbes bilan qoplanib, temir g’ilof bilan yopilgan. Reostat yordamida pechning chug’lanish darajasi oshiriladi yoki kamaytiriladi. Chug’langan mufelning rangi bo’yicha shkalaga tayanib pechning qizish darajasi xaqida taxminiy fikr yuritish mumkin: kuchsiz qizil-600-650 0S. yorqin-qizil 850 0S, oq. 1200 0S. Tigellar. Ular qattiq moddalarni qizdirish va shu kabi maqsadlar uchun ishlatiladi. Tigellar 1200 0S ga yaqin xaroratga chidaydilar. Don maxsulotlari korxonalari laboratoriyalarida chinni yoki kvartsdan yasalgan 3-raqamli tigellar ishlatiladi.
83. Donlarning asosiy sifat ko‘rsatkichlariga ularning yangiligi (rangi, ta’mi, hidi), namligi, katta-kichikligi, ifloslanganlik darajasi, zararkunandalar bilan zararlanganligi yoki zararlanmaganligi, don kesimining shishasimonligi, gul po‘stlog‘ining miqdori va boshqalar kiradi. Don asosan saqlashga va qayta ishlashga ma’lum hajmda (partiya) keltiriladi. Don massalari tashqi ko‘rinishi va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha bir xil bo‘lishi talab etiladi.Har bir partiyada keltirilgan don massasida asosiy dondan tashqari boshqa begona aralashmalar, (begona o‘tlar urug‘i, qum, loy, poyalar, xaslar va hokazo) ham bo‘lishi mumkin. SHu sababli don sifatini baholashda ana shu ko‘rsatkichlarga ham alohida e’tibor beriladi.Don partiyasining sifati standartlarda bayon etilgan uslub asosida olingan o‘rtacha namunani (1,5-2,0 kg) tekshirib baholanadi. SHu sababli o‘rtacha namunaning sifati butun partiya don sifatini ko‘rsata bilishi kerak, chunki shu ko‘rsatkichga qarab butun partiya don sifati baholanadi.
84. Bug'doy nonining ozuqaviy qiymati: Bug'doy noni turli xil unlardan yoki bir nechta navning aralashmasidan tayyorlanishi mumkin. Kepekni, mayizni, yong'oqni qo'shishi mumkin. Diyetisyenlarga ko'ra, tananing eng foydali turi bug'doy nonidan iborat bo'lib, u qo'pol nonlardan tayyorlanadi. O'rtacha 100 gram bug'doy nonida 7,9 g protein, 1 g yog' va 48,3 g karbonhidrat mavjud.
Oq nonning ozuqa qiymati
100 gramm oq nonda 7,7 g protein, 3 g yog' va 50,1 g karbonhidratlar mavjud. Odatda, bu nonni tayyorlash uchun bug'doy uni ishlatiladi, shuning uchun bug'doy ichidagi barcha foydali moddalar bilan tanani to'ldiradi. Ammo ovqatlanish mutahassislari aniq oq nonni ishlatishdan bosh tortishadi. Bu organizm tomonidan yomon hazm qilingan juda sekin uglevodlarni o'z ichiga oladi.

Download 159.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling