"Vem-Servis" ichk da ishlab chiqarish amaliyoti bo'yicha hisobot rejasi


Download 119.5 Kb.
bet2/7
Sana18.12.2022
Hajmi119.5 Kb.
#1029103
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TERON GLASS

Yuridik shaxs deb, fuqarolik huquqlari va majburiyatarining konkrekt subyekti hisoblanadi. Yuridik shaxlar mustaqil balans yoki smetaga ega bo’ishi kerak.
Tashkiliy maqsadlarga erishish korxona va tashkilot xodimlarining birgalikda ishlashini nazarda tutadi. Har bir korxona va tashkilot, u xoh mas’uliyati cheklangan va bor-yo‘g‘i besh kishi ishlaydigan shirkat bo‘lsin, xoh o‘n minglab xodimlari bor universitet bo'lsin, o‘zaro harakatini muvofiqlashtirishga, muayyan ichki tartibga ehtiyoj sezadi. Ushbu tartib tashkiliy tuzilish va tashkiliy madaniyat shaklida namoyon bo‘ladi.
Tashkiliy tuzilish deganda, avvalo, ana’naviy ravishda mehnat taqsimotiga asos qilib olingan tamoyil tushuniladi. Ayrim tashkilotlar vazifalarining funksional bo'linmalar o'rtasida taqsimlanishi tamoyili bo'yicha tuzilgan. Bunda har bir bo'linma faoliyatning biror yo‘nalishiga ishlab chiqarishga, moliyaga, xarid qilishga, xodimlarga javobgardir. Bunday tashkil etish funksional tashkil etish, deyiladi. Tashkiliy tuzilishning boshqa xili mahsulotlar bo‘yicha tuzilish deyiladi, chunki bunda mehnat taqsimotiga ishlab chiqariladigan mahsulot yoki ko‘rsatiladigan xizmatlar — erkaklar kiyim ishlab chiqarish bo‘limi, ayollar kiyimlari ishlab chiqarish bo‘limi va hokazolar asos qilib olinadi. Korxonaning tashkiliy tuzilishida ijtimoiy tizimga ayrim ma’muriy bo‘linmalar (guruh, bo'lim, departament) to 'g 'ri keladi. Bu yerda faqat nom va miqyosgina emas, balki inson resurslarini o'rganish va ularni boshqarish sohasidagi bunday ixtisoslashgan guruh ajratib ko‘rsatilishining o ‘zi ham ahamiyatga ega. Korxona va tashkilot sotsiotexnik tizim bo‘lganligi sababli faqat bir element ustida ishlash bilan yaxshi umumiy natijaga kelib bo'lmaydi. Tashkiliy muhitning murakkablashuvi korxona va tashkilot a ’zolarining intilishi xilma-xil va ziddiyatli bo'lib borgani sari xodimlarni boshqarishga ko‘rsatiladigan tazyiq ham ortib boradi. Afsuski, ko‘pgina tajribali kishilar hozirga qadar o’zlarini tashkiliy muammolardan uzoq tutib, texnik mutaxassislarga o'xshab yurishadi. Ular texnik dasturlar va xususiy tadbirlarning m a’muriyatchilari bo’lishni afzal ko'rishadi. Biroq, hozirgi zamon rahbari tor metodologiyaga bog'liq bo’lib qola olmaydi. Kadrlarni boshqarish sohasi jamiyat manfaatlari, kasaba uyushmalari, hukumat qarorlari talablari, shaxs istaklari ham da ko'pgina tashkiliy talablar va muammolar bilan bog'lanib ketadi.
Tashkiliy tuzilish har qanday muassasa xodimlarini tashkil etishning rasmiy vositasi hisoblanadi. Bundan tashqari, har bir korxona va tashkilotda alohida tashkiliy madaniyat, ya’ni uning xodimlari amal qiladigan qadriyatlar va xulq-atvor me’yorlari ham mavjud bo'ladi. Tashkiliy madaniyatning bir necha darajalari mavjud.


Download 119.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling