Vertikal bog’lanish (2 soat)


Download 21 Kb.
bet1/3
Sana17.12.2022
Hajmi21 Kb.
#1026547
  1   2   3
Bog'liq
7-amaliy integratsiya


7 -amaliy mashg`ulot. Boshlang’ich sinf darslarida fanlararo
vertikal bog’lanish (2 soat).

Mashg'ulotdan maqsad: Boshlang’ich sinf darslarida fanlararo vertikal bog’lanish orqali darslar tashkil qilish. Shuningdek, o'quvchilarda fanlararo vertikal aloqadorlikga doir tasavvur va tushunchalar hosil qilish orqali ularda qiziqish uygotishdan iborat.
Kerakli jihozlar: fanlararo aloqadorlikga oid tarqatma va didaktik materiallar.
Talaba bilishi kerak bolgan manbalar:
- fanlararo aloqadorlikga oid bilimlarni;

  • fanlararo aloqadorlikga oid darslar tashkii qilishni.

Talaba bajarishi kerak bolgan topshiriqlar:
fanlararo vertikal aloqadorlikga oid dars ishlanmalari tayyorlashi.
Ishni bajarish tartibi:

  • fanlararo vertikal aloqadorlikga oid adabiyotlardan ma'lumotlar yig'ish;

  • fanlararo vertikal aloqadorlik mazmunida darslar tashkil qilish haqida bilimlar berish;

  • fanlararo vertikal aloqadorlikga oid darslar tashkil qilish;

  • fanlararo vertikal aloqadorlikga oid dars ishlanmalari tayyorlashi;

  • bilimlarni nazorat qilish va baholash.

Umumiy ma'lumot: Fanlararo aloqa turlari maxsus bilimlar yoki faktik, metodologik, mafkuraviy bo’lib, maxsus bilim sohasi hisoblangan integratsion o’qitishni asos qilib, unda fanlararo o’qitishda vertikal bog’lanishlar ko’zda tutiladi.
Vertikal bog‘lanish deganda, o‘quv fanlari mavzulari dastur va o‘quv rejasi asosida avvalgi sinflarda o‘zlashtirilgan bilimlardan foydalanish orqali sinflararo bog‘lanish tushuniladi. Masalan, boshlang‘ich 2-sinf “Tabiiy fanlar” darsligidagi “Tirik organizmlar va jonsiz tabiat”, “O‘simliklarning xilma-xilligi”, “Hayvonlarning xilma-xilligi”, “Odamning tana qismlari”, “Suvdagi hayot” mavzulari bilan fanlararo bog‘lanishi yoki 2-sinf “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsligidagi “Qishda uxlaydigan hayvonlar”, “Sayohatchi qushlar”, “Yer ostida nimalar bor?”, “Bakteriya va mikroblar”, “Tanamizni o‘rganamiz” mavzularini, 4-sinf “Tabiatshunoslik” darsligidagi “Ufq va uning asosiy tomonlarini aniqlash”, “Suv havzalari”, “O‘simlik va hayvonot olami”, “O‘zbekiston cho‘llar tabiati”, “O‘zbekiston adirlar tabiati”, “O‘zbekiston tabiatini muhofaza qilish” mavzulari bilan fanlararo bo‘lab oqitish nazarda tutiladi.
Shuningdek, boshlang‘ich 2-sinf “Tabiiy fanlar” darsligidagi, “Yulduzlar va sayyoralar”, “Sog‘lom turmush tarzi”, “Hayvonlarning oziqlanishi” mavzularini o‘zaro bog‘lab o‘qitish yoki 3-sinf “Ona tili va oqish savodxonligi” darsligidagi “Gap” mavzusining: 105-mashq, 110-mashq, 113-mashq, 116-mashq, 117-mashq, 119-mashq topshiriqlari bilan, boshlang‘ich 3-sinf “Tabiiy fanlar” darsligidagi “Suvni muhofaza qilish va tejash”, “Yoqilg‘i sifatida foydalaniladigan qazilmalar. Neft”, “Tuproqning unumdorligi va ahamiyati”, “Qushlarning tabiatdagi ahamiyati”, “Tabiat muhofazasi” mavzularini fanlararo aloqadorlik mazmunida tushuntirish misol bo‘ladi. Bu kabi bog‘lanish turlari nafaqat dars jarayonida balki, sinfdan tashqari (har xil to‘garaklarda, olimpiada, konferensiya va boshqalar bo‘yicha) o‘quv mashg‘ulotlarida ham tashkil etish va o‘tkazish mumkin.
Quyida boshlang‘ich sinf darslarida fanlararo vertikal bog‘lanishni yo‘lga qo‘yishga oid darslar ishlanmasi keltirilmoqda.



Download 21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling