Vertikal bog’lanish (2 soat)


Download 21 Kb.
bet2/3
Sana17.12.2022
Hajmi21 Kb.
#1026547
1   2   3
Bog'liq
7-amaliy integratsiya

Darsning mavzusi: Suvdagi hayot(Tabiiy fanlar, 2-sinf).
Darsning ta’limiy maqsadi: Tabiiy fanlar va ona tili va oqish savodxonligi fanlarini o‘zaro vertikal bog‘lash orqali o'quvchilarning nazariy va amaliy bilimlarni rivojlantirish. FK1: fanlararo aloqadorlikga oid bilimga ega bo‘lish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: fanlararo aloqadorlik mazmunida bilim berish. TK3: o'quvchilarda fanlararo aloqadorlik mazmunidagi ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: fanlararo mantiqiy tafakkurni o‘stirish. FK3: mustaqil bilimga ega bo‘lish.
Darsning jihozi: Tabiiy fanlarni o‘qitishda fanlararo aloqadorlikka oid ko‘rgazmali vositalar.
Darsning metodi: “Kichik guruhlarda ishlash”.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism. Salomlashish, navbatchi axboroti, o‘quvchilarni darsga tayyorlash.
II.O‘tgan mavzu yuzasidan o‘quvchilarning o‘zlashtirgan nazariy bilimi, amaliy ko‘nikma va malakalarni nazorat qilish va baholash.
“Insonning tabiatga ta’siri” mavzusi yuzasidan qisqacha savol-javob o‘tkaziladi. O‘tgan mavzuni mustahkamlash uchun “O‘yinli mashq” texnologiyasidan foydalaniladi. Bunda o‘quvchilar insonning tabiatga salbiy va ijobiy ta’sir larini ajratib yozishlari lozim bo‘ladi.
III. O‘quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi jarayoni bilan tanishtirish.
O‘qituvchi o‘quvchilarning fanlararo aloqadorlikka oid bilimlarini baholagandan so‘ng, ularni eng avvalo, “Tabiiy fanlar” va “Ona tili va oqish savodxonligi” o‘quv fanlaridan o‘zlashtirgan bilimlarini aniqlaydi. So‘ngra o‘quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, “Kichik guruhlarda ishlash”metodining ta’lim jarayonida o‘rni,shuningdek, o‘quvchilarni guruhlarga ajratib, bajariladigan o‘quv topshiriqlari bilan tanishtiradi.

  1. Yangi mavzuni o’rganish: Aziz o‘quvchilar! Bugungi “Suvdagi hayot” (Tabiiy fanlar, 2-sinf) mavzusini, “Ona tili va oqish savodxonligi” (3-sinf) darstligidagi “Gap” mavzusining: 105-mashq topshirig‘ini fanlararo vertikal bog‘lash asosida olib boramiz. Mazkur mavzuni o‘rganishda “Kichik guruhlarda ishlash” metodi orqali sinf guruhlarga bo‘linib har bir guruhga mavzuni yorituvchi muammoli savollar beriladi.

Tabiiy fanlarga (2-sinf) oid savollar:
1- guruhga: Suvning ahamiyati haqida tushuncha bering?
2- guruhga: Okean va dengiz suvlarini nima uchun ichib bo‘lmaydi?
3- guruhga: Tabiat qanday yo‘llar bilan muhofaza qilinadi?
Ona tili va oqish savodxonligi (3-sinf) ga oid savollar:
1- guruhga: Suv- tiriklik manbayi deganda nimani tushunasiz?
2- guruhga: Bizning mamlakatimizda hayvon va o‘simliklarni qo‘riqlash qanday yo‘lga qo‘yilgan?
3- guruhga: Undan odamlar, hayvonlar, qushlar, bog‘lar, ekinzorlar qanday maqsadda bahra oladi?
4-guruhga: Bolalar, suvdan tejamkorlik bilan foydalanish deganda nimani tushunasiz?
O‘quvchilarning fikrlari tinglanadi va tahlil qilinadi. O‘qituvchi qo‘shimcha ma’lumotlar beradi.
Darhaqiqat, odamlarning tabiatga ta’siri ortib, tabiat boyliklarining, hayvon va o‘simliklarning yo‘qolib ketish hafi paydo bo‘ladi. Shu sababli suvni muhofaza qilish chora tadbirlari ko‘rilmoqda Masalan; yer usti va yer osti boyliklaridan oqilona, tejab-tergab foydalanish, o‘rmon daraxtlarini terab kesish va o‘rniga boshqasini ekish, hafini oldini olish maqsadida “Qizil kitobga” kiritish ishlari olib borilmoqda.
2-sinf “Tabiiy fanlar” darsligidagi “Suvdagi hayot” mavzusini, 3-sinf “Ona tili va oqish savodxonligi” darstligidagi “Gap” mavzusining: 105-mashq topshirig‘ini fanlararo vertikal bog‘lash asosida o‘zaro bog‘lab unda tabiat uning ahamiyati, suv hayot manbai haqida ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, o‘simlik va jonivorlarni asrash uchun mamlakatimizda 9 ta qo‘riqxona va 3 ta milliy va tabiiy bog‘lar barpo etilgani tushuntiriladi.
Demak, 2-sinf “Tabiiy fanlar” darsligidagi “Suvdagi hayot” mavzusi, 3-sinf “Ona tili va oqish savodxonligi” darstligidagi “Gap” mavzusining: 105-mashq topshirig‘i mavzusiga mos kelishi mavzulararo misollarda tushuntirilib, tabiatdagi barcha narsalarning bir-biri bilan uzviy bog‘liqligi, o‘zaro aloqadorligi, shuningdek tabiatni asrash, uni muhofaza etish borasidagi ekologik bilimlar rivojlantirilib boriladi.


  1. Download 21 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling