«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”
Download 3.15 Mb.
|
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua
Sut bezlari — urgʻochi sut emizuvchilar, jumladan, odamda laktatsiya davrida sut ishlab chiqaradigan bezlar. Erkak hayvonlarning Sut bezlari hayoti davomida rudiment holatda boʻladi (qarang Rudimetar organlar). Sut bezlari embiriogenezning ilk davrida juft epiteliy yoʻgʻonlashuvi shaklida murtakning qorin tomonidan "sut chizigʻi" boʻylab shakllana boshlaydi. Keyinchalik sut chizigʻi alohida tugunchalarga boʻlinib, ulardan Sut bezlari hosil boʻladi. Hayvonlarda Sut bezlari kloakalilarda juda sodda tuzilgan; soʻrgʻichlari boʻlmaydi; Sut bezlari yoʻli qorin tomonga ochiladi; bolasi ona hayvonning yungiga oqib chiqqan sutni yalaydi. Xaltalilar Sut bezlarining soʻrgʻichlari xaltasiga ochiladi. Kitsimonlarning Sut bezlari muskulli maxsus choʻntakda joylashgan; muskullar qisqarganida katta bosim ostida sut otilib chiqadi. Sut bezlari soni (2 tadan 20 tagacha) va joylashishi har xil. Koʻp bolalaydigan hayvonlar (toʻngʻizlar)da Sut bezlari qorindan koʻkrakgacha 2 qator boʻlib joylashgan. Fillar va primatlarda koʻkrak qismida, tuyoqli hayvonlarda qorinning keyingi qismida boʻladi. Yangi tugʻilgan hayvon Sut bezlari yaxshi rivojlanmagan. Hayvon voyaga yetish, boʻgʻozlik va laktatsiya (emizish) davrida nerv va ichki sekretsiya bezlari taʼsirida tez rivojlanadi.
Odamda Sut bezlari katta koʻkrak muskullari ustida, yaʼni 3 va 6-qovurgʻalar oraligʻi sohasida joylashgan. Qizlar balogʻatga yetganida shakllana boshlab, homiladorlik va emizikli davrida toʻliq rivojlanadi. Oʻrtacha ogʻirligi qizlarda 150—200 g , emizikli ayollarda 300—400 g . Sut bezlari oʻrtasida atrofi halqasimon dogʻli soʻrgʻichi boʻladi. Soʻrgʻich uchiga 10—15 ta sut chiqarish yoʻli teshiklari ochiladi. Sut bezlari 15—20 ta bezli boʻlakchalardan iborat; boʻlakchalar shakli, hajmi sekretsiya fazasiga qarab oʻzgarib turadi. Sut ichki sekretsiya bezlari (gipofiz, qalqonsimon bez va boshqalar)da ishlab chiqariladigan gormonlar taʼsirida hosil boʻladi. Sut bezlari bezli toʻqima va yogʻ kletchatkasidan tashkil topgan. Laktatsiya davri tutagandan soʻng yogʻ kletchatkasi koʻpayadi. Sut bezlari kasalliklari: mastit, mastopatiya, genekomastiya va boshqa Download 3.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling