«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”


Download 3.15 Mb.
bet14/266
Sana31.01.2024
Hajmi3.15 Mb.
#1829713
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   266
Bog'liq
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua

Katalaza
Katalaza fermenti ko‘p tarqalgan fermentlardan hisoblanib, bu fermentning ta’sirida perekis vodorodi molekulyar kislorodga va suvga ajraladi. Fermentning sut tarkibidagi miqdori, hayvonlarning fiziologik holatiga va boshqa omillariga qarab bilinarli darajada o‘zgaradi. Mastit kasali bilan kasalangan hayvonda katalazaning jadalligi, sog‘lom hayvonning sutiga nisbatan yuqori bo‘ladi. Mastit sutida katalazaning oshishii leykositlarning to‘planishi va fermentning ko‘plab chiqarilishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Perekis vodorodining ta’sirida sutga kislorod chiqadi, uning miqdori kasal mollarning sutida ko‘p, A.F.Voytkevichning fikriga ko‘ra, katalaza namunasi orqali faqatgina klinik aniq mastit aniqlanmasdan, mastitning subklinik formasini ham aniqlash mumkin «Katalaza sonini» aniqlash usuli (perekis vodorodining ta’sirida ajratilgan kislorodning miqdorini aniqlash) quyidagicha. Maxsus asbobga (katalaznik) 15 ml sut solinadi va 5 ml 1 % perekis vodorodi qo‘shiladi, hosil bo‘lgan aralashma aralashtirilib, 20o haroratli suv hammomiga qo‘yiladi. 15 daqiqa o‘tgandan keyin, hamda 2 soatdan so‘ng ajralib chiqan kislorodning miqdori hisoblanadi. Sog‘lom hayvonning sutida katalaza soni 3-4 ml dan oshmaydi. Katalaza fermentiga issiqlikning ta’sir qilish omillari u darajada o‘rganilmagan.


Fosfataza
Bu ferment efirlarni fosfor kislotasigacha parchalaydi. Fosfatazaning bir necha xil turlari mavjud, shu jumladan, ishqorli fosfataza (optimal jadalligi PH 9,0ga yaqin) va kislotali fosfataza (optimal jadalligi PH 4,5). Ishqorli fosfataza, asosan, yog‘ sharikchalarining yuzasida bo‘ladi, sut separatordan o‘tkazilganda uning 60 % yog‘sizlantirilgan sutga o‘tadi. Ishqorli fosfatazaga nisbatan, kislotali fosfatazaning miqdori sutda 40 barobar kam. Ko‘pgina aniqliklarga ko‘ra, kislotali fosfataza zardobning oqsili bilan bog‘langan bo‘ladi, shuning uchun ham sut separatordan o‘tkazilganda uning 90%i yog‘sizlantirilgan sutga o‘tadi. Kislotali fosfatazaning jadalligi 20 % ga yaqin, ishqorli fosfatazaga nisbatan kam. Sutga issiqlik harorati ta’sir qilganda fosfatazaning jadalligi pasayadi. Sut 63o da 30 daqiqa pasterizatsiyalangan yoki 73o da fosfatazaning jadalligi butunlay yo‘qoladi, kislotali fosfataza o‘zining faolligining 20-25 % ini yo‘qotadi.



Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling