«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”
Sutni dastlabki qayta ishlash gigiyenasi
Download 3.15 Mb.
|
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua
Sutni dastlabki qayta ishlash gigiyenasi
Sut har xildagi mikrofloralarning o‘sishi va taraqqiyoti uchun eng yaxshi oziq muhiti hisoblanadi. Lekin shu narsa e’tiborga olinish kerakki, birinchi soatlarda sog‘ilgan sutda mikroblarning miqdori kamayadi, bu davr ichida sut ayrim mikroblarga nisbatan shunday holatda bo‘ladiki, bunda mikroblar rivojlana olmaydi va halok bo‘ladi. Bu sutning bakteriostatik va bakteritsid xususiyatlariga kiradi. Bu davr sutning bakteriostatik fazasi deb ataladi. Bu esa sutning tarkibidagi laktenin, lizotsin, antitoksin, bakteriolizin, aglyutinin, opsonin, immun tanachalari va h. z. hisobiga amalga oshiriladi. Sutning bakteritsid xususiyati, sutdagi lizotsin «M» va sut bezidagi lizotsin «B»ning mavjudligi bo‘lib, ular sutdagi patogen va shartli patogen mikroblarning o‘sishiga to‘siqinlik qiladi (streptokokk, tilla stafilokokk, leptosper va h.z.). ayniqsa, laktenin, har xil turdagi sreptokokklarga qarshi juda jadal ta’sir ko‘rsatadi. Sutning bakteriostatik xususiyati yo‘qolmaguncha, sut buzilmaydi. Sutning bakteriostatik fazasi muddatining oshishiga ko‘pgina omillar ta’sir ko‘rsatadi, jumladan, saqlashdagi harorat, hayvonlarning sog‘ligi, sut berish davri, ozuqalanish sharoiti va boshqalar. Sovutilmagan sutda bu xususiyat uch soatgacha saqlanadi. Agar sut sog‘ib olish jarayoni va sutni fermada dastlabki qayta ishlash 2-3 soat davom etsa, unda sutning bakteriostatik xususiyati yo‘qoladi. Shuning uchun ham sutni bakteriostatik fazasini uzaytirish uchun sigirlarni sog‘ish jarayonini tezlashtirish va olingan sutni tezda sovutish kerak. Fermer va davlat xo‘jaliklarida sutni sovutishning har xil usullari qo‘llaniladi. Oddiy usullaridan biri buloq yoki quduq suvi yordamida sovutish. Buning uchun flyagalarga solingan sut, hovuzning ichidagi sovuq suvga botiriladi. Sutni sovutish uchun har xildagi apparatlar va moslamalar mavjud. Ko‘pincha qarama-qarshi oqadigan suvli sovitgich ishlatiladi. Buning uchun sut, sovitgichning sut qabul qilish kosachasiga solinadi, bunda teshik bo‘lib, sut yuqoridan pastga qarab, ya’ni, sovitgichning yuzasidan oqadi, pastki tomondagi truba orqali sovuq suv sovitgichga o‘tib turadi. Bularning eng qulayi yassi plastinkali sovitgich hisoblanadi. Bu sovitgich ikki bo‘lim trubalardan iborat. Sut, avvalambor, yuqori bo‘lim trubalarining yuzasida sovutiladi. Trubalarning ichidan, pasdan yuqoriga qarab sovuq suv o‘tib turadi. Keyin esa sut, pastki ikkinchi bo‘lim yuzasida sovutiladi. Pastki bo‘lim trubalarining ichidan sovugan tuz eritmasi o‘tadi. Sutni sovutish va saqlash uchun ketma-ket uzuluksiz sovitgichlar qo‘llaniladi. Sut suzgich orqali qabul qilish bakiga, keyin esa uzluksiz sovitgichga o‘tadi. Sovitgich ikkita qalaylab oqartirilgan bir-biriga kirib turadigan metall silindrdan iborat bo‘lib, ikkala silindrning o‘rtasidagi bo‘shliqda sovuydi. Silindrning o‘rta qismi muz parchalari va suv bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Betonli hovuzlarga mana shu sovitgichlar o‘rnatiladi va hovuzning ichiga sut bidonlari qator qilib joylashtiriladi. Hovuzning ichida suv va muz parchalari bo‘ladi. Sovitgichdagi sut bo‘shliq orqali flyaglarga o‘tadi. Bitta flyaga to‘lgandan keyin kran yopiladi va ikkinchi flyagani to‘ldirish uchun kran ochiladi. Hozirgi vaqtda sutni sovutish uchun kompressor moslamalar ishlatiladi. Download 3.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling