Veterinariya va zooinjeneriya fakulteti tabiiy va umummutaxassislik fanlar kafedrasi


Download 147.07 Kb.
bet3/4
Sana31.07.2023
Hajmi147.07 Kb.
#1663900
1   2   3   4
Bog'liq
asab. kurs. dd 2

Sezgi azolarini tekshirish


Bunda korish, eshitish, hid bilish va tam bilish azolarining holati aniqlanadi.
Ko’rish azolarini tekshirish. Korishazolarini kuzatganda qovoqlarning, ko’z shilliq pardalarining (konyunktiva), ko’z olmasi, ko’zqorachigi holatiga etibor beriladi.
Kasalliklar paytida: qovoqlar shishib, ko’z bekilib (mexanik urilishlarda, meningitda, itlarning olat, parrandalarning difterit kasalliklarida) qolishi; yuqori qovuqning pastga tushishi - ptoz (qovoqni kotarib turuvchi muskullar falajlanganda); pastki qovoqning tushishi (botulizmda); uchinchi qovoqning tushishi (qotmada) kuzatilishi mumkin. Hayvonlarning korish - kormasligini aniqlash uchun biror tosiqdanotkazibkoriladi. Buning uchun yirik hayvonlar uzun arqonda biror tosiqdan: ariqdan, balandlikdan otkazibkoriladi. Kichkina hayvonlar har xil narsalar qoyilgan xonaga kiritilib, kuzatiladi. Bundan tashqari hayvonlarning yurishiga ham etibor beriladi. Soglom hayvonlar korsa erkin, odatdagidek yuradi, tosiqlardan sakrab yoki aylanib otadi. Hayvonlar kormasaqorqib, xurkib, sekin, oyoqlarini baland kotarib, quloqlarini dikkaytirib yuradi, tosiqqa borib oraladi.
Kasalliklarda ko’z olmasi ichkariga botishi enoftalm (organizm suvsizlanganda, uzoq davom etuvchi diareyada, dispepsiya, gastroenterit kasalliklarida, zaharlanishlarda) yoki tashqariga bortib chiqishi - ekzoftalm (buqoqda, leyko’zda, kuchli ogriq paydo bolganda) holatlarini kuzatish mumkin.
Ko’z olmasinning bir tomonga tortib qolishi ko’zni harakatlantiruvchi nervlar va muskullar falajlanganda, bir tomonda osma osganda rivojlansa, ko’zning qaltirashi - nistagm muskullar tonusi pasayganda, bosh miyaning otkiryalliglanishida, quloq kasalliklarida kuzatiladi. Ko’zqorachigisoglom hayvonlarda ortacha kattalikda bo’ladi. Bangidevona bilan zaharlanganda, bosh miyada osmalar yoki senurozpufakchasi rivojlanganda va meningitda ko’zqorachigikengaysa; morfiy va opium bilan zaharlanganda; miya qutichasi bosimi oshganda ko’zqorachigi kichrayadi. Konyunitiva tekshirilganda suyuqlik oqishi, rangi, namligi anilandi.
Eshitish azolarini tekshirish. Bunda hayvonning eshitishi aniqlanadi; quloq supralari, tashqi quloq teshigi va ichki quloq tekshiriladi. Hayvonning eshitadimi yoki yoqligini aniqlash uchun, tovush tasirotlariga beriladigan javob reaksiyalariga etibor beriladi. Hayvon eshitsa tovush kelgan tomonga qaraydi, quloq supralarini osha tomonga yonaltiradi.Hayvon tovushlarni eshitmasa quloq supralari harakatsiz bo’ladi, boshini pastga egib turadi, tovushlarga befarq bolib, javob bermaydi. Tovushlarni eshitishning pasayishi qari hayvonlarda uchrasa, umuman eshitmaslik ichki quloq yalliglanganda, uzunchoq miya jarohatlarganda kuzatiladi.
Tovushlarga o’ta sezuvchanlik - giperesteziyaqutirishda, ensefolitda rivojlanadi. Quloq supralarini tekshirganda uning harakatchanligiga va patologiko’zgarishlarigaetibor beriladi. Kopincha quloq supralarining falajlanishi natijasida ular harakatsiz bolib, pastga osilib turadi. Tashqi quloq teshiklari tekshirilganda, teshikning ochiqligiga, suyuqlik oqishiga etibor beriladi. Orta va ichki quloqlar jarohatlansa, yalliglansa har xil suyuqliklar oqishi mumkin.
Hid bilish azolarini tekshirish. Hid bilish azolari hid bilish hujayralaridan, otkazuvchi nerv tolalaridan va hid bilish markazidan tashkil topadi. Hid bilish hojayralarireseptorlar hamda burun shilliq pardasida joylashgan.
Hid bilish markazi bosh miyaning ammonova shoxida joylashadi, markaz bilan reseptorlarortasidaotkazuvchi nerv tolalari joylashgan. Eng yaxshi hid bilish xususiyatiga itlar, otlar, qoramollar ega bo’ladi. Burun shilliq pardasi yalliglanganda, jarohatlanganda; bosh miya kasalliklarida hid bilish patologiyasi kuzatiladi. Bu paytda hid bilish pasayganda (giposmiya) hayvonlar faqat kuchli hidlarni sezadi; hid bilish yoqolganda (anosmiya) umuman hidni sezmaydi.
Hid bilishni tekshirish uchun hayvon oziqasiga sassiq hid tarqatuvchi moddalar aralashtirib beriladi. Soglom hayvon oziqaga sassiq hid tarqatuvchi moddani qoshgan keyin, oziqani hidlab korib, qabul qilmaydi.
Tam bilish azolarini tekshirish. Tam bilish reseptorlari hayvonlarning tilida joylashadi. Shuning uchun hayvonda tam bilish buzilsa, ogiz ochilib, til tekshiriladi. Tam bilishni tekshirish uchun oziqaga kop miqdorda achchiq moddalar (achchiq qalampir, murch, gorchisa) qoshib beriladi. Hayvonning tam bilish azolari ishlasa, kop miqdorda achchiq moddalar qoshilgan oziqadan oladi, bir - ikki marta chaynaydi va oziqani tili bilan tashqariga chiqarib tashlaydi.
Reflekslarni tekshirish. Refleks organizmdagi reseptorlar, nerv tolalari, bosh miya va orqa miya, muskullar va boshqa azolarningmudofiqlashgan holda ish baxarishi natijasida amalga oshiriladi. Yuqoridagi azolarning birortasi oz vazifasini bajarmasi, refleks yoyi yuzaga chiqmaydi. Oddiy reflekslar orqali markaziy nerv sistemasi, periferik nerv muskul apparati, nerv tolalarining otkazuvchanligi va har xil azolarning ish holatini aniqlash mumkin. Organizmda yuzaki va chuqur reflekslar farqlanadi.
Yuzaki reflekslar. Bularga teridagi va shilliq pardalardagi reflekslar kiradi. Teri reflekslari mexanik, termik va issiqlik tasirotlarinatijasimda yuzaga keladi. Teri refleksiga yelka, qorin, urugdon yon tomonidagi teriga biror yengil buyum tegizilsa, hayvon teri osti muskullarining qisqari bilan; qorin devorlariga tegilganda qorin devori muskullarininqisqari bilan; urugdon xaltasi yonidagi teriga tasirot berganda urugdonning yuqoriga kotarilishi bilan, tuyoqqa urib korgshanda hayvon oyoginikotarishi bilan javob beradi.
Shilliq pardalar refleksiga konyunitiva, aksa, yotal reflekslari kiradi. Ko’zkonyunitivasigaqogozbolakchasi bilan tasirot berganda ko’zni yumishi bilan; burun shilliq pardasi qitiqlanganda aksa urish yoki pishqirish bilan; kekirdakning 1-2 halqasini qisganda yotal bilan soglom hayvonlar javob beradi.
Chuqur reflekslarga paylar, muskullar va suyaklarning reflekslari kiradi. Bulardan engkop tizza va axill reflekslari tekshirish paytida qollaniladi. Tizza refleksi tekshirilganda tizza pastidagi uzun payga bolgacha bilan urib koriladi. Soglom hayvonlar bunga oyoginikotarishi bilan javob beradi.
Axill refleksini tekshirganda, bolgacha bilan shu pay uriladi. Soglom hayvonlar bunga javoban oyoq poshnasini kotaradi. Kasalliklar paytida bu reflekslar kuchsizlanishi, kuchayishi yoki umuman bolmasligi mumkin. Reflekslarning pasayishi yoki umuman bolmasligi falajlanishlar paytida kuzatiladi. Markaziy harakatlanuvchi nevron jarohatlansa, reflekslar kuchayadi. Chuqur reflekslarning pasayishi sezuvchi nervlarning jarohatlanganligidan; umuman bolmasligi - periferik nervlarning jarohatlanganligidan; kuchayishi miya postlogi sohasining tormozlanish xususiyati pasayganligidan dalolat beradi.
Sezuvchanlikni tekshirish. Sezuvchanlikni tekshirish muhim klinik ahamiyatga ega. Bunda otkazuvchanlik yoshida ishtrok etadigan reseptor (teri) markazga intiluvchi nerv tolasi, markaz, markazdan qochuvchi nerv tolasi, hamda ishchi organ ishi yoki sezuvchanligiga baho beriladi. Demak sezuvchanlikni aniqlash bilan bosh miya va orqa miya faoliyatiga, reseptorlar holatiga baho beriladi.
Veterinariya amaliyotida sezuvchanlikni 2 xil tekshiriladi. 1 Terining yuza sezuvchanligi. 2. Muskul, paylar, togaylar, bogimlarning chuqur sezuvchanligi.
Terinig yuza sezuvchanligi oz navbatida 3 ga bo’linadi.
Taktil sezuvchanlik.
Ogriqli sezuvchanlik.
Haroratni sezuvchanlik.
1. Taktil sezuvchanlikni aniqlash uchun teri yuzasidan ingichkatayoqchani (junga) tekizar-tekizmas harakatlantiriladi. Bunda normada terining muayyan qismi silkinadi. Quyidagi ozgarishlari bor. 1. Tastgiperesteziya-taktil sezuvchanligini ortishi, 2 tastgipoyesteziya - taktil sezuvchanligini susayishi, tastanesteziya - taktil sezuvchanlikni yoqolishi.
2. Ogriqni sezuvchanlikni aniqlash uchun hayvon ko’zi tushmaydigan teri yuzasini nina orqali sanchamiz. Bunda hayvon ozini olib qochib, oyogi va dumini kotaradi. Quyidagi ozgarishlar bor. 1. Giperalgeziya - ogriqni sezuvchanlikni oshishi. 2. Gipoalgeziya - ogriqni sezuvchanligini susayishi. 3. Analgeziya - ogriq sezuvchanlikni yoqolishi.
3. Haroratni sezuvchanligini aniqlash uchun idishga muz yoki issiq suv qoyib, hayvon terisigatekiziladi. Hayvon issiq yoki sovuqni sezib, tanasini olib qochadi. Quyidagi ozgarishlar bor: Termogiperesteziya - harorat sezuvchanligini oshishi, termogipoyesteziya - susayishi, termoanesteziya - yoqolishi.
Demak barcha 3 xil sezuvchanlikning kamayishi (susayishi) - giposteziya oshishi giperesteziya, yoqolishianesteziyadir.
2. Chuqur sezuvchanlikni tekshirish.
Bunda boginlar, paylar togaylar, sezuvchanligi aniqlanadi. Buning uchun hayvonga nokuloy holat hosil qilinadi, misol uchun oldingi oyoqlari krest holida qoyiladi. Agar oldingi holatiga tez kelsa, demak chuqur sezuvchanlik norma hisoblanadi. Agar tez kelmasa ozgarishlar mavjud yoki bor deb hisoblanadi.
Aktiv harakat va harakat koordinasiyasini tekshirish. Harakatni tekshirishda muskullar tonusiga, harakat koordinasiyasiga, aktiv harakat qobiliyatiga va ixtiyorsiz harakatlarga etibor beriladi.
1. Muskul tonusini tekshirish uchun oyoqlarni egib yozib tekshiriladi. Bunda malum darajada qarshiligiga muskul tonusi tushuniladi.
Quyidagi ozgarishlari bor.
1.1. Muskul tonusini oshishi - muskul gipertoniyasi markaziy falajlarda, miozitda, qoqsholda kuzatiladi.
1.2. Muskul tonusi susayishi - muskul gipertoniyasi pereferik falajlarda kuzatiladi.
2. Aktiv harakat qobiliyatini tekshirish.
Bu parezda susayadi, falajda esa umuman yoqoladi.
Falajlar kelib chiqishiga qarab 2 gabo’linadi.
1. Markaziy falajlar - harakatli bolimi bosh miya kasalliklarida kelib chiqadi. Insultda, enseramitda, quturishda, bunda muskullar tonusini kuchayishini kuzatiladi.
2. Pereferik falajlar - orqa miya harakat bolimlari va pereferik tolalari kasalligida kelib chiqadi.
Bunda muskullar tonusi kamayib, tez atrofiyaga uchraydi.
Falajlar tarqalishi xarakteriga qarab quyidagicha bo’ladi.
1. Monoplegiya - bitta muskul yoki bitta organ falaj hisoblanadi. Pereferik tolalar kasallanadi.
2. Paraplegiya - simmetrikoragnlar falaji hisoblanadi va orqa miya kasallanishidan kelib chiqadi.
3. Gemiplegiya - tananing bir tomonini falaji bolib, bosh miya kasalliklarida kuzatiladi.
4. Diplegiya - butun organizmning falajlanishi.
Harakat uygunliginikoordinasiyasini tekshirish.
Harakat mutanosibligi markazi markaziy miyachada joylashgan. Soglom hayvonlarda (normada) harakat qatiymutanosiblangan. Shuning uchun hayvon tinch holatda togri turadi va harakat qilganda togrichiziq boylab mutanosib harakat qiladi. Miyacha kasalliklarida, hayvonga etil spirti eritmasi berilganda, opium va morfiy berilganda - narkotiklar berilganida harakat mutanosibligi uzgaradi.
Harakat mutanosibligini buzilishiga ataksiya deyiladi.
Ataksiya 2 xil bo’ladi.
1. Statikataksiya - nomutanosiblik hayvon tik turgan paytda muvozanatining buzilishi kuzatiladi.
2. Dinamik ataksiya - nomutanosiblik hayvon harakat etayotgan paytda yaqqol kuzatiladi. Bunda hayvonlar xadiksirab, qorqib, pisib yuradi, bazan oyoqlarini baland kotarib, kuch bilan yerga uradi. Oyoqlarini yerga apil-tapilqoyishi bilan bir vaqtda gavdasini tebratib, poyma-poy jilpanglaydi.
Shikastlanishning joylashiga qarab ataksiyaning bir necha turi tofovut qilinadi: pereferik, spinalataksiya va miyachaataksiyasi.
Tirishish-talvasa (sudarogi) va giperkinezlar.
Tirishish yani talvasaga tushish yoki muskullarning gayri ixtiyoriy ravishda qisqarib tushishidir. Bu oz navbatida tonik va klonik bolishi mumkin.
Tonik - talvasalar muskullari (chaynov muskullari, ensa, orqa, boyin muskullari va boshqalar) ninggayri ixtiyoriy uzoq qisqarib turishi bilan tariflanadi. Bu markaziy nerv tizimi pustloq osti markazlari qozgalganida kuzatiladi.
Klonik talvasalar ayrim muskullar yoki muskul guruhlarining gayri ixtiyoriy, davriy ravishda qisqarib, kop otmay boshashib turishi bilan birga davom etadi. Bu bosh miya postlogiqozgalganidakoriladi.
Bir talay muskullar qisqarib, butun gavdaning markazga kelishi bilan otadigan klonik talvasalar Konvulsiya deyiladi.
Epilepsiya - avvaliga tonik keyinchalik esa klonik talvasa tutib, hayvonning ozidan ketib qolishi bilan xarakterlanishiga aytiladi. Bu bosh miyadagi organik ozgarishlar hamda tugma moyillik belgilar tufayli ruyobga keladi.
Tremor - et uvushganida qaltiroq bosishiga oxshab ketadigan ritmik muskul qisqarishidir. Bu turli ruhiy tasirotlar tufayli, shuningdek, holdan ketish, charchash, zaharlanish va boshqalar natijasida paydo bolishi mumkin. Fibrillar - tortishish tremordan farq qilib, ayrim muskul dastalarining sal-sal qisqarib turishi bilan davom etadi.
Reflekslarni tekshirish. Hayvonlarni klinikada tekshirishda yuza reflekslar teri, shilliq parda reflekslari va chuqur reflekslar, muskullar, paylar va suyak usti pardasi reflekslari sinab koriladi. Teri reflekslari - tananing turli sohalariga tosatdan qol tegizib korish yoli bilan aniqlanadi.
Teri reflekslari orasida quyidagilar hammadan kora ahamiyatga ega.
1. Qorin refleksi - qorinning turli joylariga qol tegizib koriladi, bunga javoban qorin pressi muskullari normada qisqaradi.
2. Yagrin reflekslari - teri osti muskullari qisqaradi.
3. Dum refleksi - dumning ichki yuzasiga tasir ettirganda hayvon dumini qisadi.
4. Anal refleksi - sufinkterinning qisqarishi namoyon bo’ladi.
5. Kremaster refleksi - son ichki yuzasidagi teri tasirlanganidamoyak yuqoriga kotariladi.
Shilliq pardalar reflekslari quyidagilar muhim:
1. Yotal refleksi - trexiya birinchi xalqumlarni boshi bilan tekshiriladi.
2. Aksirish refleksi - burin shilliq pardasiga yengil buyum bilan tekshiriladi.
3. Konyunktiva refleksi - qovoqlar yulilib, kuzdan yosh chiqadi.
4. Korneal refleks - ko’z shox pardasiga qol tegizilganda bilinadi.
Orqa va bosh miya shikastlangan paytlarda teri va shilliq parda reflekslari susayishi yoki yoqolishi kuzatiladi.
Pay reflekslari
1. Tizza refleksi - tizza qopqogi payiga urilganida tizza bogimidan kuch bilan yoziladi.
2. Axill refleksi - perkussiyabolgachasi bilan axill payiga urilganda sakrov bogimidan yozilib tuyoq esa ozgina bukiladi. Orqa miya shikastlanganda bu refleks yoqoladi.
Vegetativ nerv tizimini tekshirish.
Bu sistema 2 qismdan iborat.
1. Simpatik nerv tizimi.
2. Parasimpatik (vagus, adashgan, sayyor) nerv tizimi.
Bu nerv sistemalar misol uchun simpatik nerv sistemasi qorin boshligi organlari ishi yaxshilansa, parasimpatik nerv tizimi qorin boshligi organlari ishini tezlashtiradi. Shunday qilib ayrim olingan kokrak yoki qorin boshligi organi uchun birovi ishini tezlashtirsa, ikkinchisi sekinlashtiradi va bir biriga qarama-qarshi tasir etadi. Nerv tizimining vegitativ bolishini tekshirishda farmakologik va reflektor metodlaridan foydalaniladi. Farmakologik usul ancha murakkab, extiyotlik hamda tajriba otkazish uchun shart-sharoit bolishi talab etiladi. Reflektor usulda esa oson va qulaydir.
Quyidagi usul yoki reflekslar vegitativ nerv tizimini tekshirish uchun qollaniladi:
1. Kuz-yurak refleksi - (Daniv va Ashner)
2. Lab-yurak refleksi (Sharabrin)
3. Quloq yurak refleksi (Roje)
Bunda hayvon tinch turganida puls sanaladi. Songrako’z olmasiga 30 sekund bosim, qulogi yoki yuqorigi labiga qisqich kirgiziladi va qisiladi hamda yana puls sanaladi. Agar tasirotdansong puls ozgarmasa yoki 1,2,3 turkiga kopaysa yoki kamaysa normatoniya deyiladi. Demak bunda Qo’zgalish va tormozlanish simpatik va parasimpatik nerv tizimining bir xil bo’ladi. Agar tasirotda puls 4-5 turtkidan oshsa simpatipatoniyabolib, organizmda simpatik nerv tizimi Qo’zgalishidominantlik qiladi. Agar tasirotda puls avvalgidan 4 turkidan ortiq kamaysa bu vagotoniya deyiladi va organizmda parasimpatik nerv Qo’zgalishi gegemonlik qiladi.
Bir tuyoqlilardaZaxarin, Geda, Roje zonalarini tekshirish.
Vegetativ nerv tizimi ichki organlar funksiyasini boshqaradi, terida salatik nerv tolalari orqa miyadan segmen shaklida tarqalgan, ichki organlar kasallanganida ogriq refleksining teridagi samotik nerv usunlariga tarqalishi Visser sensor refleks deyiladi. Bu zonalar avtorlar nomi bilan Zaxarin, Geda zonalari deyiladi. Bu refleksni hisobga olib Roje otlarning ichki organlarida kasallik borligini teri ustidagi ogriq punktlari topografiyasini aniqlanadi. 11-13 qovurgalar orasidagi giperesteziya, yani yuqori sezuvchanlik ingichka ichak, korichak va chambar ichakning pastki qismi kasalliklarida bo’ladi. Ingichka ichaklar chap tamondayogon ichaklar kasalligining giperesteziyasi ong tomonda yorqin namoyon bo’ladi. Yurak kasalliklarida 5-10 qovurga orasida chambar ichakning yuqoriga qismi kasalliklarida kuzatiladi. 15-17 qovurgalarda esa yogon ichaklardan togri ichak va buyrak kasalliklarida kuzatiladi. Orqa miya kasalliklarida esa bu reflekslar yoqoladi.

Xulosa


Asab kasalliklari — nerv sistemasi kasalliklari markaziy va periferik nerv sistemasining biror sababga koʻra umuman yoki qisman shikastlanishi natijasida kelib chikadi. Nerv kasalliklari organik va funksional boʻladi. Organik nerv kasalliklari zaminida markaziy va periferik nerv sistemasining anatomik struktur oʻzgarishlari yotadi. Bunga infeksion ka-salliklar, intoksikatsiya, shikastlanishlar, oʻsmalar, tomir kasalliklari va boshqa sabab boʻladi. Bosh yoki orka miyaning turli qismlari zararlanishi bilan kechadigan organik Nerv kasalliklarida periferik nerv sistemasida falaj, tirishish, giperkinezlar, reflekslar izdan chiqishi, sezuvchanlik, ogʻriq va boshqa sezgilarning buzilishi kuzatiladi. Funksional Nerv kasalliklarida nerv sistemasida aytarli anatomik oʻzgarishlar boʻlmaydi, bunga nevrozlar kiradi. Nerv sistemasining irsiy kasalliklari (miopatiya, miotoniya va boshqalar) alohida guruhni tashkil etadi. Nerv kasalliklarini nevrologiya va nevropatologiya fani oʻrganadi. Nerv kasalliklaridan nevrozlar, insult, ensefalit, meningit, poliomiyelit, nevrit, radikulit, epilepsiya va boshqa uchraydi.



Download 147.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling