Veterinariya va zooinjeneriya fakulteti tabiiy va umummutaxassislik fanlar kafedrasi


Tizimning anatomo-fiziologik xususiyatlari. Markaziy nerv tizimi funksiyasini tekshirish. Apatiya,stupor, soparoz, komatoz va Qo’zgalish holatlari togrisida tushuncha


Download 147.07 Kb.
bet2/4
Sana31.07.2023
Hajmi147.07 Kb.
#1663900
1   2   3   4
Bog'liq
asab. kurs. dd 2

Tizimning anatomo-fiziologik xususiyatlari. Markaziy nerv tizimi funksiyasini tekshirish. Apatiya,stupor, soparoz, komatoz va Qo’zgalish holatlari togrisida tushuncha


Asab tizimining asosiy tuzilishi va funksiyasini taminlovchi nerv xujayralari yoki nevronlar 3 xil bo’ladi: sezuvchi (sensor), harakatlantiruvchi va oraliq nevronlar. Sezuvchi yoki afferentnevronlartasirotlarnireseptorlardan markaziy asab tizimiga yetkazadi. Harakatlantiruvchi yoki efferentnevronlar markaziy asab tizimida tayyorlangan harakatlantiruvchi signallarni ishchi azolarga (muskullar, ichki sekresiyabezlari va boshqalar) yetkazadi. Oraliq nevronlarafferent va efferentnevronlarni bir-biriga boglaydi. Otkazuvchi yollar nevronlar zanjiridan tashkil topadi. Bunda pastdagi nevronningaksoni (osimtasi) yuqoridagi nevronningdendriti bilan birikib, sinaps (birlashma) hosil qiladi. Gipotalamusdasekretornevronlarning borligi ham aniqlangan. Tasirotlarga javoban sekretornevronlarozidan maxsus suyuqlik ajratadi. Bu suyuqlik gipofizbeziga tushib, uning ishini boshqaradi. Asab tizimi organizmdagi barcha azolar va toqimalarning, bir butun organizmning ishlarini boshqaradi va muvofiqlashtiradi; Organizmni tashqi muhitning ozgarishlariga moslashishini taminlaydi.
Hayvonning xulq atvorini yoki markaziy nerv tizimi funksiyasini tekshirish. Bunda tashqi tasirotlarga (haroratning ozgarishi, korinadigan jismlarga eshitiladigan tovushlarga, pashsha va chivinning hayvon tanasiga qunishiga, boshqa hayvon yoki odam yaqinlashishiga, ochlikka) hayvoning javob reaksiyalariga, hayvonning turishiga, yurishiga etibor beriladi. Soglom hayvonlar tashqi tasirotlarga bamaylixotir tanasining, boshining, quloqlarining, dumining harakati bilan javob beradi. Quloq suprasini tovush kelgan tomonga qaratadi; boshini, tanasini burib qaraydi, tanasiga qungan pashsha, chivin, qushlarni dumi bilan uradi, tishlaydi; tanasi va oyoqlari togri turadi, hayvon togrichiziq boylab erkin yuradi va hoko’zolar. Asab tizimi kasalliklari va har xil boshqa patologiyalarda hayvonning qarashi, harakati ozgaradi, bukiradi, huradi, buyumlarni yalaydi yoki kemiradi, ozini olib qochadi, har tomonga tashlanadi, tishini gichirlatadi; odamlarni yoki boshqa hayvonlarni tepadi, shoxi bilan uradi, tishlaydi; soglomligida kuzatilmagan agressivlik harakatlarini amalga oshiradi.
Kasalliklar paytida hayvon hulq-atvorining ozgarishi 2 xil bolishi mumkin:
I. Mayuslik - har qanday kasallikda uchraydigan hayvon hulq atvorining ozgarishibolib, tashqi tasirotlarga javob berish reaksiyasining pasayishi yoki umuman bolmasligi bilan xarakterlanadi. Buning ozi 4 xil bo’ladi:
lohaslik yoki apatiya holati - hayvonning tashqi tasirotlarga javob berish reaksiyasi pasayadi, bunday hayvonlar tashqi tasirotlarga befarq, kamharakatchanbo’ladi. Apatiyada asab tizimining barcha funksiyalari saqlangan bo’ladi. Bu holat har qanday kasalliklarning boshlanish davrida, modda almashinish darajasi pasayganda, zaharlanishlarda, gipotrofik tugilgan yosh hayvonlarda kuzatiladi.
Uyqusirash yoki stupor holati bunday holatda hayvonlar kopincha yotadi, tikka turganda boshi pastga egilgan, ko’zlari yarim yumilgan yoki yumilgan bo’ladi; hayvon ozini har tomonga tashlab, sudralib zorga yuradi; Qo’zgalish va tashqi tasirotlarga javob reaksiyalari pasaygan bo’ladi.
Chuqur uyqudagi yoki soporoz holati bunday holatda hayvon yotgan va chuqur uyquga ketgan holatda bo’ladi, boshini kokragini ustiga qoyib yotadi, tasirotlarga umuman javob bermaydi; faqatgina kuchli tasirotlarga (igna sanchish, kuchsiz elektr toki tasir ettirish) muskullarning (oyogining, boshining) harakati bilan qisqa muddatga javob beradi. Bu xolat tugishdan keyingi parez kasalligining tipik belgisi hisoblanadi.
Olim oldi yoki koma xolati-bunda hayvon hyech qanday tasirotni sezmaydi, tashqi tasirotlarga javob reaksiyasi umuman bolmaydi, barcha reflekislaryoqoladi. Bosh miya postloq qismi jarohatlanganda koma holati kuzatiladi. Bu holat bosh miyada bosim oshganda, bosh miya yalliglanganda, bosh miyada suyuqlik toplanganda, osmalar osganda, exinokokpufakchalari rivojlanganda, tugishdan keyingi parez, ketoz kasalliklarida; buyrak va jigar ishlamaganda kuzatiladi. Stupor va soporoz holatlari gastroenteritda, toksik dispepsiyada, quturish, aueski kasalliklarida kuzatilishi mumkin.
II. Qo’zgalish holati tashqi tasirotlarga ota Qo’zgalish bilan javob berishdir. Bunda bosh miya postloq qavati markazlari ota qozgalganligi sababli hayvon juda agressiv bo’ladi; odamlaga, boshqa hayvonlarga tashlanadi, tishlaydi, toxtovsiz oldinga qarab harakat qiladi, xushiniyoqotadi, daroaxt yoki devorlarga borib uriladi. Bu holatlar meningit va ensefalitda, bosh miya ichki bosimi oshganda, kuchli zaharlanishlarda kuzatiladi. Qutirish kasalligi paytidagi Qo’zgalishdaoziga xos belgilarni: itlar inidan chiqib ketadi yoki zanjirdan bushaladi, oldinga qarab chopadi; odamlar va hayvonlarga tashlanib, tishlaydi. Otlar qozgalganda bezovtalanadi, oyoqlari bilan depsinadi, toxtovsiz oldinga qarab harakat qilishga intiladi (sanchiq paytida). Qoramollarda ota Qo’zgalishketoz kasalligi boshlanishida, bangidevona, nitrat va netritlar bilan zaharlanganda kuzatiladi.
3. Nevron tanalari birikib, nerv tugunlari yoki gangliyalarni tashkil etadi. Bosh miya nerv hujayralari va tugunlaridan tashkil topgan majmua hisoblanadi. Ish bajarishiga qarab asab tizimi bir-biri bilan chambarchas boglangan ikkita bolimdan tashkil topadi:
Somatik nerv bolimi
Vegitativ nerv bolimi
Somatik nerv bolimi markaziy nerv tizimi va periferik nerv tizimlaridan tashkil topadi. Markaziy nerv tizimiga bosh miya va orqa miya kirsa, periferik nerv tizimiga hayvon tanasidagi reseptorlar, nerv tolalari, tugunlari, sinapslari kiradi va organizimdagi barcha xujayratoqima hamda organlar ishini boshqaradi.
Vegetativ nerv bolimi simpatik va parasimpatik nerv tizimlaridan tashkil topgan bolib, ichki organlar ishini va qon tomirlarining qisqarishini hamda toqimalarning oziqlanishini boshqaradi. Organlarni boshqarish va muvofiqlashtirish ishlarini markaziy nerv tizimi shartli va shartsiz reflekslar orqali amalga oshiradi. Refleks ishida reflektor yoyini tashkil etuvchi elementlar: Qo’zgalishini qabul qiluvchi reseptorlar, markazga intiluvchi (afferint) nevronlar (ular reseptorlarni markaziy nerv tizimi bilan boglaydi); nerv impulslarini tahlil qiluvchi markaziy nerv tizimi nevronlari; markazdan qochuvchi (efferent) nevronlar (ular markaziy nerv tizimini barcha organlar bilan boglaydi), ishchi organlar ishtirok etadi. Nerv tizimi anatomik jihatdan joylashishiga qarab 2 gabo’linadi:
Markaziy nerv tizimi- bunga bosh miya va orqa miya kiradi
Periferik nerv tizimi bunga tanadagi nerv tolalari, tugunlari, sinapslari, gangliyalari va reseptorlari kiradi.
Anatomo-fiziologikmalumotlar.
Asab tizimi quyidagi vazifalarni bajaradi:
Organlar ishini boshqaradi va muvofiqlashtiradi. (Asab tolalari xuddi qon tomirlari singari hamma organlarga tarqalgan).
Organizmni tashqi muxitozgarishlariga moslashtiradi, yaniadaptasiya vazifasi (agar ana shu vazifasi bolmaganida, organizm hyech ham yashay olmagan bolardi).
Organizmning ichki muhitini, yanigemostazni bir meyorda saqlash (umumiy kalsiy, anorganik fosfor, umumiy oqsil, eritrosit, leykositlar sonlari va boshqalarni markaziy nerv tizimi bir meyorda saqlab turadi).
Nerv tizimi 3 ta xujayradan tashkil topgan.

  1. Nevron xujayralari.

  2. Neyrogliya xujayralari.

  3. Mikrogliya xujayralari.

1. Nevron xujayralari. Nerv tizimini asosini nevronlar tashkil etadi. Nevronlarxujayra tanasi va xujayraosimtalaridan tashkil topgan. Xujayraosimtalari 2 xil bo’ladi: 1. Akson. 2. Dentrid. Harakatlantiruvchi osimtagaakson deyiladi va bitta bo’ladi. Sezuvchi osimtagadentrid deyiladi va soni kopbo’ladi.
Nevronxujayralari birikib nerv otkazuvchi yolini hosil qiladi. Bunda nerv xujayralari birikkanda oldingixujayraningaksoni, keyingi xujayraningdentrid bilan birikkadi va sinaps hosil qiladi. Shunday qilib bir nerv xujayrasida bir qancha sinapslar hosil qiladi.
2. Neyrogliya xujayralari nevron xujayralarini himoya qilish, tayanch va saqlab turish vazifasini bajaradi. 3. Mikrogliyaxujayralari qon tomir devorlarida bo’ladi.
Nevronlar 5 xil bo’ladi.
Sezuvchi nevronlar - bu nevronlar markazga intiluvchi nerv tololarini tashkil qiladi va afferent nevronlar deyiladi.
Harakatlantiruvchi nevronlar, bu markazdan qochuvchi (tashuvchi) nevronni tashkil qiladi va afferentnevron deyiladi.
Oraliq nevronlar - sezuvchi va harakatlantiruvchi nevronlarni biriktirib turadi.
Sekretornevron bular gipotalamusdabolib, organizmni tashqi muhit ozgarishlariga moslashishi uchun juda zarur. Bu rilizing garmoni ishlab chiqaradi va adaptasiyada katta ahamiyatga ega.
Oziqlantiruvchi nerv xujayralari - bu xujayralar bosh miyada bo’ladi va yaqinda bu xujayralar mavjudligi aniqlandi. Bu xujayralar oziqalarni zahirada saqlaydi bosh miya xujayralariga berib turadi, yani 3 - 5 minutlik klinik olim paytida bu xujayralarozidagi oziqa zahiralari bilan bosh miya nevronlari oziqlantiradi.
Asab tizimini tekshirishning ahamiyati.
Qishloq xojaligi hayvonlari orasida asab tizimi kasaliklari juda kop uchraydi. Asab tizimi kasaliklarining asosiy sabablari har-xil urilish va jarohatlar, issiqlik urishi, zaxarli moddalarning tasiri, hayvonni uzoq muddatda ogir ishlarda ishlatish, yuqumli va invazion? Kasalliklar tasirida nerv tuzimidafinksional va morfologiko’zgarishlar kelib chiqadi. Shuning uchun nerv kasallarida avval funksional, keyin morfologiko’zgarishlarrivojlanadi. Asab kasaliklarining kelib chiqishi va rivojlanishida stress omillarining ham ahamiyati katta. Har qanday asab kasalliklarida organizmda qon aylanish, nafas olish, hazm bolishi, modda almashinish jarayonlari buziladi. Oz navbatida boshqa organlarning kasalliklari asab tizimi kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.
Asab tizimini tekshirish usullari va tartibi.
Asab tizimi organlarini bevosita korib, paypaslab bolmaydi. Shuning uchun asab tizimini tekshirishda anamnezmalumotlarinitoplash va kuzatish yaxshi natijalar beradi. Lekin korish, paypaslash, perkussiya usullari ham qollaniladi. Maxsus tekshirish usullaridan rentgenologiya tekshirishi keng qollaniladi.
Asab tizimini tekshirishda quyidagi tartibdan amalga oshiriladi:
Anamnezmalumotlarinitoplash.
Markaziy nerv tizimi funksiyasini tekshirish.
Bosh miya qopqogi va umurtqa pogonasini tekshirish
Anamnez malumotlarni toplash. Hayvonni egasidan nerv tizimiga talluqlianamnezmalumotlarinitoplash nerv tizimini tekshirishda juda katta ahamiyatga ega. Bunda hayvon xulqiningozgarishi, turishining ozgarishi, epilepsiya, titrashlar, tetaniya, ota Qo’zgalish hodisalari bor yoqligi, qachon kuzatilishi, nima bilan xarakterlanishi aniqlanadi. Shuningdek, shu hayvonga xos bolmagan qiliqlar, parez yoki falaj bor-yoqligi aniqlanadi.
Markaziy nerv tizimi funksiyasini tekshirish. Markaziy nerv tizimi ishi normada bolsa, har bir turdagi hayvon oziga xos qiliqlar qiladi. Egasini taniydi, ozuqa berganda turadi, tinch bo’ladi, tabiiy poza qabul qiladi. Tashqi tasirotlargaqulogi, boshi, dumi, harakatlari bilan javob beradi.
Markaziy nerv tizimi ishi buzilsa 2 xil holat kuzatiladi.
Markaziy nerv tizimi funksiyasining buzilishiga depressiya deyiladi.
Depressiyaozi 2 gabo’linadi. 1. Befarqlik. 2. Qo’zgalish.
I. Befarqlik - bu tashqi tasirotlarga javob reaksiyasining pasayishi yoki umuman bolmasligi tushuniladi. Bunda hayvonlar tashqi tasirotlarga javob bermaydi yoki kechikib javob beradi. Bunday hayvonlarni kuzatganimizda ko’zi yarim yumiq, boshini pastga egkan, oxirga tegizib turadi, hayvon ozi suyanib turadi.
Befarqlik ozi 4 ta darajaga bo’linadi.
1. Apatiya - bunda hayvonning tashqi tasirotlarga javob berish reaksiyasi pasayadi. Hayvonlar ko’zi yarim yumiq, boshi egilgan holatda bo’ladi. Yengil tasirotlargaoldingi holatiga qaytadi.
2. Stupor holati - uyqosirash holatidir. Bunda tashqi tasirotlarga javob berish reaksiyasi ancha pasaygan, hayvonlar ko’ziyumiq, boshi egilgan, boshini devorga, oxirga tirab turadi, hayvon ozi suyangan holda dabdirab yuradi. Hayvon orta tasirotlarga javob qaytaradi.
3. Soporoz holati - hayvon chuqur uyquda bo’ladi. Hayvon faqat yotgan holatda bo’ladi. Bunga misol ayiqning qishki uyqusi. Bunda hayvon faqatgina kuchli tasirotlarga javob beradi (igna sanchish, elektr toki tasir etishi).
4. Komatoz holati. Bunda hayvon yotgan bo’ladi. Hyech qanday tasirotga javob bermaydi. Bu markaziy nerv tizimini oliy darajadagi patologik tormozlanishi bolib, bunda hayvon faxmi, reflekslari yoqolgan, organizmning muhumhayotiy funksiyalari buzilgan bo’ladi. Koma holatida faqatgina vegetativ funksiya saqlanib, modda almashinuvi, nafas va boshqalar saqlangan bolib, hayvon ota holsizlangan va organizmning xayotiy jarayonlari buzilgan bo’ladi. Bu holat tugishdan keyingi parezda kuzatiladi. Bu holatdan eng kuchli qozgatuvchilar ham oz holiga keltira olmaydi.
II. Qo’zgalish. Bunday hayvonlar oddiy tasirotlargaQo’zgalish bilan javob beradi. Bunday hayvonlarga toxtovsiz harakat, agressiv holat, tosiqni pisand qilmay oldinga yoki orqaga harakat, oldinga chopish, oziqalarga xos bolmagan narsalarni tishlash, chaynash, yeyish holatlari kuzatiladi.
Bu ozgarishlarqutirish, auyeski kasalligida, bangidevona, strixnin bilan zaharlanish paytlarida ayrim avitaminozlar, mikroelementoz, senuroz, meningit kasalliklarida uchraydi.
Miya qutichasi va umurtqa pogonasini tekshirish. Korish, paypaslash, perkussiya va rentgenografiya usullari bilan tekshiriladi. Miya qutichasi va umurtqa pogonasida markaziy nerv tizimining bosh miya va orqa miyasi joylashganligi sababli, bu joylarni tekshirishga alohida etibor berish lozim. Miya qutichasi va umurtqa pogonasidagi har qanday ozgarishlar, jarohatlar va yalliglanishlar markaziy nerv tizimining buzilishiga olib keladi.
Bunday ozgarishlartasodifiy yiqilishlar, urilishlar, ezilishlar, suyaklarning sinishi natijasida rivojlanishi mumkin. Bularni hayvon egasidan anamnezmalumotlarinitoplaganda aniqlab olinadi. Kopginayuqumli, yuqumsiz va parazitar kasalliklarida, modda almashinishi buzilishida ham miya qutichasi va umurtqa pogonasidaozgarishlar kuzatiladi. Senurozpufakchasining miya qutichasida rivojlanishi natijasida uning atrofidagi boshqarish markazlari va suyaklar atrofiyaga uchraydi va asab kasalliklari rivojlanadi. Mineral va vitamin almashinishi buzilganda suyakdagi kalsiy va fosfor elementlarining qonga sorilishi natijasida suyaklar yumshaydi va gavda ogirliginikotara olmasdan, bel umurtqalari pastga qarab egiladi va lordoz holati kuzatiladi. Qoy va echkilarda bosh oblastidagi suyaklar yumshab, shishadi, kattaradi. Bu holatlar kopincha miya qutichasi va umurtqa pogonasi suyaklarining deformasiyasiga, sinishiga, notogri osishiga olib keladi va markaziy nerv sistemasi ishining buzilishiga sababchi bo’ladi.
Ko’rish usuli bilan tekshirganda miya qutichasi va umurtqa pogonasining shakli, hajmi har xil patologiko’zgarishlari kuzatiladi. Paypaslaganda mahalliy harorati, suyaklar yuzasining xususiyati qattiqligi, sezuvchanligi, ogriq sezishi, suyaklarning butunligi aniqlanadi. Soglom hayvonlarda suyaklar butun, qattiq yuzasi silliq, sezuvchanligi ortachabolib, ogriq sezmaydi. Meningitda, jarohatlanganda, suyaklar singanda issiq, ogriqlibo’ladi; senurozda, raxitda, osteomelyasiyada suyaklar yumshoq, egiluvchan bo’ladi; Meningit va ensefalitda ensa suyagi sohasida sezuvchanlik juda oshgan bo’ladi. Miya qutichasiniperkussionbolgachasining orqa qismi yuilan ikki tomonning bir xil joyidan simmetrik urib koriladi va eshitilayotgan tovush taqqoslanadi. Soglom hayvonlar miya qutichasiperkussiya qilinganda hamma joyidan kuchsiz nogorasimon tovush eshitiladi. Miya qutichasida suyuqlik yoki qon toplansa, senuroz pufagi rivojlansa, osma ossa perkussiyadabogiqroq yoki bogiq tovush eshitiladi.

Download 147.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling