Vi – mavzu. Korxona xarajatlari


Download 275 Kb.
bet5/6
Sana23.04.2023
Hajmi275 Kb.
#1383984
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7– MAVZU . KORXONA XARAJATLARI

Oligopolistik raqobat. Oz sonli, yirik korxonalar mavjud. Bir turli tovar yoki о‘rnini bosuvchi tovarlar (masalan, pо‘lat, plastmassa, kiyim), turli tovarlar (elektr texnika, avtomobil). Ushbu tarmoqqa kirish juda qiyin, liderga qarab baho belgilanadi.
Demping siyosati. Arzon tovarni keltirmaslik siyosati.Yuqori bahoni joriy qilish.
Baho belgilash bosqichlari quyidagilardan iborat:

  • baho belgilash bо‘yicha maksimalni aniqlash, tanlash; talabni

aniqlash; xarajatlarni tahlil qilish; raqiblarning baholarini tahlil qilish; baho belgilash usulini tanlash;

  • oxirgi bahoni belgilash; marketingni baho siyosatining maqsadining bosqichlari; tovarning hajmi, miqdori va bozor hissasini aniqlash; foydani maksimallashtirish; bozorda tabiiy muvozanatini ta’minlash.

  • Sotishni ta’minlashdan maqsad nima?

Firmaning bosh maqsadi tovarlarni sotish. Buning uchun firma quyidagilarni hisobga oladi:

  • xaridorning talabini egiluvchanligi;

  • sotish miqdorini kо‘paytirish uchun tovarning har bir birligidan olinadigan daromadni kamaytirish;

  • sotish miqdorini kо‘paytirish yо‘li bilan tovarning bir birligiga tо‘g‘ri keladigan sotish xarajatlarini kamaytiradi;

  • minimal baholarni qо‘llab raqiblarni qо‘rqitadi; - iste’molning bozorini kengaytiradi.

  • ana shularni qо‘llab korxona bozorga kiradi va unga о‘z ulishini va sotish hajmini kuchaytiradi.

  • bozorda firmaning mavqeini saqlab turadigan baholar. buning uchun bozor sharoitiga qarab birnecha turdagi baholar qо‘llaniladi.

  • talabni aniqlash va baho belgilash. bunda talabga qarab baho ortib boradi. masalan, tovar sifatini ortib borishi, modaga qarab tovar ishlab chiqarish inflyatsiyaga qarab tovar bahosi ortadi.

  • bozorda bitta sotuvchi bо‘lsa, narx uning о‘zi tomonidan belgilanadi.

  • bozorda bir necha sotuvchi bо‘lsa, u holda kelishiladi. - ishlab chiqarish xarajatlariga qarab baho belgilash. - raqiblarning baholari asosida baho belgilash.

Tovar ishlab chiqarishga va sotishga quyidagi omillar ta’sir etadi:

  • siyosiy barqarorlik;

  • umumiqtisodiy omillar;

  • tabiiy resurslarning kamayishi, kambag‘allashuvi; - ekologik vaziyatning о‘zgarishi;

  • demografik vaziyatning о‘zgarishi.

Baholarni boshqarishda muntazam ravishda preyskurantlarga, shartnomalarga va kompensatsiyalarga о‘zgarishlar kiritib boriladi.
6.6. Sanoat mahsulotlarining tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari

Ishchi kuchidan samarali foydalanish, omillar sarfini kamaytirish va optimallashtirish , ishlab chiqarishga xizmat kо‘rsatish va boshqaruv xarajatlarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlarni tejash mahsulot tannarxini pasaytirishning eng muhim manbalari hisoblanadi.
Ishchi kuchidan samarali foydalanish uchun yangi texnologiyani ishlab chiqarish jarayoniga olib kirish va ishlab chiqarish hajmini oshirish yoki ilmiy asosda tashkil etishning ilg‘or usullaridan foydalanish orqali har bir ishchi tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotni kо‘paytirish kerak. Bu holda har bir mahsulot birligiga sarflanadigan ish haqi qisqaradi, ammo ishchining umumiy ish haqi esa ortib boradi. Mehnat unumdorligi ish haqiga nisbatan jadal о‘sgandagina tannarx pasayadi.
Mehnat unumdorligining о‘sish mohiyati shundan iboratki, bunda ma’lum texnika va texnologiyaning olib kirilishi natijasida ishlab chiqarishga ketadigan mehnat sarfi kamayadi, oldin sarflangan mehnatning ulushi esa ortadi, biroq bir birlik mahsulotga sarflangan mehnat sarfi kamayadi.
Ishlab chiqarish omillaridan tejab sarflash, qimmat materiallarni arzon, lekin sifatlilari bilan almashtirish, ularni korxonaga keltirish bilan bog‘liq bо‘lgan xarajatlarni kamaytirish lozim.
Yordamchi xо‘jaliklar, ishlab chiqarishga xizmat kо‘rsatish va boshqaruv xarajatlarini tejashga esa sanoat korxonalaridagi ma’muriy-boshqaruv xodimlarining sarflarini kamaytirish, ularga xizmat kо‘rsatuvchi bino-inshoatlar, uskuna qurilmalarga sarflanadigan mablag‘larni tejash orqali erishiladi.
Jarima tо‘lash, penya va hokazo xarajatlarni tugatish mahsulot tannarxini pasaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Fan-texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni ilmiy asosda tashkil etishning ijtimoiy shakllarini takomillashtirish, ishlab chiqarishni optimal joylashtirish, ishlab chiqarish jarayonini korxonaning ichida tashkillashtirishni yaxshilash mahsulot xarajatlarini pasaytirishni ta’minlovchi omillar hisoblanadi. Texnika taraqqiyoti mahsulot tannarxini pasaytirishning barcha elementlariga ta’sir kо‘rsatadi. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va elektrlashtirish, ximiyalashtirish mahsulot uchun sarflanadigan taqqoslama xarajatlarni qisqartiradi.
Har bir korxonada mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish darajasini aniqlashda avvalombor, undagi foydalanilmayotgan imkoniyatlarni aniqlash lozim. Ular aniq yoki kо‘z ilg‘amaydigan bо‘lishi ham mumkin. Buning uchun, har taraflama iqtisodiy, texnologik tahlildan о‘tkazish lozim bо‘ladi.
Ishlab chiqarish zahiralari har xil hususiyatlariga qarab guruhlarga ajratilishi mumkin. Ular, eng avvalo, jamlanib turishiga kо‘ra, ichki imkoniyatlariga va tashqi zahiralariga kо‘ra farqlanadi.
Tashqi zahiralarga tarmoqlar bо‘yicha zahirlar, hududiy va tabiiy zahiralar kiradi.
Zahiralardan foydalanish muddati bо‘yicha joriy va strategik zahiralarga ajraladi.
Ishlab chiqarish imkoniyatlarini ishlab chiqarish jarayonlarining elementlari bо‘yicha mehnat, moddiy va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish zahiralari kiradi.
Sanoat tarmog‘i va korxonalari faoliyatini tahlil etish uchun zahiralarini quyidagilarga bо‘lish mumkin:
- texnik zahiralar; - iqtisodiy zahiralar.
Yuqorida keltirilgan barcha rezervlar, ya’ni foydalanilmayotgan imkoniyatlarni safarbar etish, ishga solish hamda shu asosda tannarxni keskin pasaytirish uchun bir qator omillardan keng foydalanish va ularni hisoblab chiqish kerak. U ishning metodikasi, usulini “Korxonalar faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish” fani bо‘yicha ma’ruzalarda, amaliy mashg‘ulotlarda chuqurroq va har tomonlama tushuntirib beriladi.
Xarajat turlarini rejalashtirish mehnat, moddiy mablag‘lardan samarali foydalanish pirovardida ishlab chiqarishning maksimal samaradorligiga erishishga qaratilgandir. Xarajatlar rejasi quyidagi bо‘limlarni о‘z ichiga oladi:

  1. Xarajatlarni kamaytirish rejasi;

  2. Xarajatlarni kal’kulyatsiyalash;

  3. Tovar mahsulot tannarxining hisobi.

Tannarx rejasi, ikki bо‘limdan iborat bо‘ladi. Birinchidan, joriy yilda rejalarning haqiqatda bajaralishi hisob - kitob qilinadi, mahsulot tannarxini kamaytirish, rentabellikni oshirish zahiralrini aniqlanadi va mavjud zahiralaridan foydalanish choralari belgilanadi, reja loyihasi ishlab chiqiladi. Ikkinchidan, rejaning oxirgi loyihasi tuziladi va bu reja topshiriqlar ishlab chiqilib, korxona bо‘limlar, uchastka, sexlariga yetkaziladi.
Ishlab chiqarish tannarxi va uni kamaytirish topshiriqlari sanoat korxonalari rejasida davlat tomonidan emas , balki, korxonalarning о‘zida hisob-kitob qilinadigan kо‘rsatkich hisoblanadi. Shunday bо‘lsa-da, mahsulot tannarxi sanoat tarmog‘ining asosiy kо‘rsatkichlaridan biri bо‘lib qolaveradi. Chunki, sanoat mahsuloti tannarxini pasaytirish ishlab chiqarish rentabellik darajasini oshirish zahiralaridan biri hisoblanadi. Mahsulot tannarxi bozor muvozanat narxidan ancha past bо‘lishi, ma’lum bir texnologiya davrida yuqori foydaga erishadi. Mahsulot tannarxini pasaytirishning minimal darajasi tovar uchun sarflanadigan material sarfi normasini buzilmagan holda qilingan xarajatlar sо‘mmasi bilan о‘zgaruvchan xarajatlar sо‘mmasiga teng bо‘lgunga qadar bо‘lishi mо‘mkin. Bunday sharoitda qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag‘batlantirish hisobidan korxonalarning raqobatbardoshligini oshirishga erishiladi.
Ayrim korxona miqyosida mahsulot tannarxini kamaytirish imkoniyatlari past. Shu bois xо‘jalik yurituvchi sub’yektlarning iqtisodiyotimizdagi etakchi tarmoq va sohalari bо‘yicha mahsulot tannarxini kamaytirish chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir

Download 275 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling