Vi – mavzu. Korxona xarajatlari
Download 275 Kb.
|
7– MAVZU . KORXONA XARAJATLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.2. Mahsulot tannaxini tashkil etuvchi xarajatlar
- 6.3. Mahsulot birligi tannarxi
- 6.4. Narxning iqtisodiy mohiyati, funrtsyalari va turlari
- 6.5. Korxonaning narx siyosati
D oimiy xarajat (ДХ) – bu korxona faoliyatining qisqa davrida ishlab chiqarish hajmiga ta’sir qilmaydigan xarajatdir. Doimiy xarajatlarga binodan, texnikadan, inshootlardan, ishlab chiqarish uskunalaridan foydalanish uchun qilingan xarajatlar, ijara haqi, kapital ta’mirlash, ma’muriy xarajatlar kiradi.
О‘rtacha doimiy xarajat (УДХ) – bu bir birlik mahsulotga tо‘g‘ri keladigan doimiy xarajat bо‘lib, uni quyidagicha hisoblanadi: ДХ УДХ ИЧХ ( 6.2) (ИЧХ) – mahsulot ishlab chiqarish hajmi О‘rtacha о‘zgarmas xarajat mahsulot hajmi oshishi bilan kamayib boradi. О‘zgaruvchan xarajat – bu mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshishi va kamayishi ta’sirida о‘zgaradigan xarajat. О‘zgaruvchan xarajatlarga ish haqi, yoqilg‘i moylash materiallari, gazga, yordamchi materiallarga bо‘lgan xarajatlar kiradi. О‘zgaruvchan xarajatlar shunday xususiyatga egaki, ishlab chiqarishning boshlang‘ich qismida, ularning о‘sish sur’ati mahsulot ishlab chiqarish sur’atidan yuqori bо‘ladi, ishlab chiqarish hajmi optimal о‘lchovga erishganda о‘zgaruvchan xarajatlar kamayib, undan keyin yana oshadi. О‘rtacha о‘zgaruvchan xarajatlar (ЎЎX)- bir birlik ishlab chiqarilgan mahsulotlarga tо‘g‘ri keladigan о‘zgaruvchan xarajat bо‘lib, u о‘zgaruvchan xarajat miqdorini ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi: УзХ УУХ ИЧХ (6.3) О‘rtacha xarajatlar korxonaning texnologik muvozanat hajmiga erishganda о‘rtacha xarajat minimal qiymatiga erishadi, ishlab chiqarish hajmi yana oshsa, о‘rtacha xarajat ham oshib boradi. О‘rtacha о‘zgaruvchan xarajat korxona faoliyatining tahlilida muhim ahamiyat kasb etadi. О‘zgaruvchan xarajatlar orqali korxona faoliyatining samaradorligi aniqlanadi. Firmaning muvozanat holati va kelajakdagi istiqboli (ishlab chiqarishni kengaytirish, qisqartirish yoki tarmoqdan chiqish) belgilanadi. Umumiy xarajatlar mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan doimiy va о‘zgaruvchan xarajatlarning yig‘indisiga teng: (6.4) bu yerda: – umumiy xarajat. О‘rtacha umumiy xarajatlarni УУХ umumiy xarajatni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bо‘lish yо‘li bilan aniqlash mumkin: УХ УУХ ИЧХ (6.5.) О‘rtacha umumiy xarajatlar sanoat korxonalarining umumiy tahlilini olib borishda asosiy kо‘rsatkich hisoblanadi. О‘rtacha umumiy xarajat bilan narx о‘rtasidagi farq bir birlik . Chekli xarajatlar – bu ishlab chiqarish hajmini bir birlikka oshirish natijasida umumiy xarajatlarni о‘sgan qismi. Ч (6.6) -umumiy xarajatning о‘sgan qismi – ishlab chiqarish hajmining о‘sgan qismi. Ishlab chiqarishning muvozanat hajmdan keyingi ishlab chiqarish hajmining о‘sishi kam samarali resurslarni ishlab chiqarishga jalb qilish, ishlab chiqarish kо‘lamining ortiqcha kengayishi natijasida boshqaruv samaradorligining kamayishi, xarajatlarning ortishi natijasida chekli xarajatlar о‘sib boradi. 6.2. Mahsulot tannaxini tashkil etuvchi xarajatlarIshlab chiqarish tannarxini hisoblash va uni tashkil qilgan xarajatlarni klatsifikatsiyalash mamlakatimizda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi tо‘g‘risidagi Nizom”ga asosan amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga kо‘ra quyidagilardan iborat bо‘ladi: moddiy xarajatlar ; ish haqi xarajatlari; ijtimoiy sug‘urta chegirmalari; asosiy fondlar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi; ishlab chiqarishga tegishli bо‘lgan boshqa xarajatlar. Moddiy xarajatlar: xomashyo va materiallar. asbob-uskunalar, binolar, inshoatlar va boshqa asosiy vositalar sinovini о‘tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish, moslamalar, inventar, priborlar laboratoriya asbob-uskunalari va asosiy fondlarga kirmaydigan boshqa arzonbaho ashyolarning eskirishi. butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar. transport xizmatlari Tabiiy xomashyo, ildizi bilan beriladigan daraxtga haq tо‘lash, sanoat korxonalari tomonidan ortiqcha olinadigan suv uchun haq tо‘lash, atrof-muhitni tiklash xarajatlari. Elektr - energiya xarajatlari Ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning tabiiy yо‘qolishi, yaroqsizlanishi va kam chiqishi. Xо‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan moddiy resurslarni yetkazib beruvchilardan olinadigan idishlar ham moddiy resurslar qiymatiga kiritiladi. Mehnatga haq tо‘lash xarajatlari: mehnatga haq tо‘lash shakllari va tizimlariga bajariladigan ish uchun tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan ish haqi, shuningdek bajarilgan rag‘batlantiruvchi tusdagi tо‘lovlar. kompensatsiya tusidagi tо‘lovlar, shu jumladan: ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish (ortiqcha ishlagan ish vaqti uchun dam olish) kunlari uchun haq tо‘lash. Ishlamagan vaqt uchun haq tо‘lash: qо‘shimcha ta’tillar, navbatdagi (har yilgi) foydalanilmagan va qо‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalar, о‘smirlarning imtiyozli soatlari; davlat vazifalarini bajarganlik uchun (harbiy yig‘inlar, favqulodda vaziyatlar bо‘yicha yig‘inlar va boshqalar) mehnat haqi tо‘lash. 3. Ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar: Ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalarga quyidagilar kiradi: ish haq tо‘lash fondiga ijtimoiy ajratmalar. Nodavlat pensiya jamg‘armalariga, ixtiyoriy tibbiy sug‘urtaga va ixtiyoriy sug‘urtaning boshqa turlariga ajratmalar. 4. Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bо‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi: Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bо‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi bо‘yicha xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi: Asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki qiymatidan kelib chiqib hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi (hisoblangan eskirish), lizing bо‘yicha va belgilangan tartibda tasdiqlangan normalar, qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan jadallashtirilgan amortizatsiya ham shu jumlaga kiradi. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bо‘lgan nomoddiy aktivlar eskirishi 5. Ishlab chiqarishga tegishli boshqa xarajatlar: Ishlab chiqarishga tegishli boshqa xarajatlarni hisobga olishning navbatdagi kompleks moddalari I, II, III, IV bandlarda keltirilgan xarajatlar elementlari bо‘yicha ajratiladi. 1. Ishlab chiqarish jarayoniga xizmat kо‘rsatish xarajatlari. - ishlab chiqarishni xomashyo, materiallar, yonilg‘i, energiya, instrument, moslamalar va boshqa mehnat vositalari va buyumlari bilan ta’minlash xarajatlari; Ishlab chiqarish xodimlarini belgilangan ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bо‘lgan xizmat safarlariga yuborish bо‘yicha normalar doirasida va ulardan ortiqcha xarajatlar. Ishlab chiqarish ishchilarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy sug‘urta qilish xarajatlari. Yaroqsizligi tufayli kelib chiqadigan yо‘qotishlar. Ishlab chiqarishning ichki sabablariga ko’ra bekor turishlar tufayli yо‘qotishlar. Kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish va ularga kafolatli xizmat kо‘rsatish xarajatlari. Mahsulot (xizmatlar)ni majburiy sertifikatsiya qilish xarajatlari. Ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yо‘qotilishi munosabati bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarisiz tо‘lanadigan nafaqalar. Umumiy foydalaniladigan yо‘lovchilar transport xizmati kо‘rsatmaydigan yо‘nalishlarda xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog‘liq xarajatlar1. Mahsulot tannarxi nazariyasida mahsulot tannarxi strukturasi degan muhim tushuncha mavjud. U ayrim xarajatlarning mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan jami xarajatlar summasidagi nisbatini kо‘rsatadi. Odatda, struktura foiz hisobida о‘lchanadi. Tannarx strukturasi tarmoqlar va korxonalarning xususiyatiga, ishlab chiqarish texnologiyasi va ishlab chiqarishning tashkil qilinishiga bog‘liqdir. Mahsulot tannarxining strukturasi о‘zgarmas miqdor hisoblanmaydi. Sanoatning о‘sishi, texnika va ishlab chiqarish texnologiyasi takomillashishi, asosiy va aylanma fondlardan foydalanishning yaxshilanishi, ish haqi miqdorining о‘zgarishi, iste’mol buyumlari baholarining tartibga tushishi va transport tariflarining о‘zgarishi bilan mahsulot tannarxi strukturasi ham о‘zgaradi. Mahsulot tannarxida qaysi guruhdagi xarajatlar asosiy о‘rin tutishiga qarab, sanoat tarmoqlari bir-biridan farq qiladi - kо‘p mehnat, kо‘p material, kо‘p energiya, kо‘p mablag‘ talab qiladigan bо‘ladi. Ish haqi uchun qilinadigan xarajatlar (mehnat xarajatlari) salmog‘i eng katta bо‘lgan ishlab chiqarish tarmog‘i kо‘p mehnat talab qiladigan tarmoq hisoblanadi (kо‘mir sanoati, yog‘och tayyorlash sanoati va boshqalar). Xomashyo va materiallarga qilinadigan xarajatlar salmog‘i eng katta bо‘lgan ishlab chiqarish tarmog‘i kо‘p material talab qiladigan tarmoq hisoblanadi (yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati, mashinasozlik). Xarajatlarning kо‘p qismi asosiy vositalar amortizatsiyasi uchun sarflanadigan tarmoqlar kо‘p mablag‘lar talab qiladigan tarmoqlarga kiradi (Masalan, neft va gaz qazib chiqarish, gidro-elektrostansiyalarda elektr energiyasi ishlab chiqarish). Ishlab chiqarishning tarmoq xususiyatlarini hisobga olish, tannarx strukturasini va ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy tahlil qilish ishlab chiqarishda yuz beradigan asosiy texnik-iqtisodiy jarayonlarni о‘rganish, ishlab chiqarishdagi chiqimlarni kamaytirishning asosiy yо‘llarini belgilashga imkon beradi. 6.3. Mahsulot birligi tannarxiIshlab chiqarish xarajatlari moddiy va nomoddiy ne’matlarni yaratish va realizatsiyasi uchun sarflangan barcha sarflarning puldagi ifodasidir. Ushbu sarflar tannarx deb ataladi. Mahsulot tannarxining tarkibiga xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya xarajatlari, asosiy vositalarning amortizatsiyasi va joriy remont sarfi, ish haqi va boshqa ishlab chiqarish va sotish xarajatlari kiradi. Mahsulot tannarxi tarkibiga quyidagilar kiradi: tovar ishlab chiqarishga tayyorgarlik kо‘rish va uni amalga oshirish sarflari; tovar ishlab chiqarish xarajatlari; mehnat haqi sarfi; tabiiy xom ashyodan foydalanish xarajatlari; texnika va texnologiyani takomillashtirish xarajatlari; mahsulot sifatini yaxshilash xarajatlari; ishlab chiqarishga xizmat kо‘rsatish xarajatlari; mehnatni muhofaza qilish va texnika xafsizligi xarajatlari; ishchi kuchini yollash xarajatlari; tabiiy fondlardan foydalanish xarajatlari; kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash xarajatlari; ishchilarni tashish xarajatlari; xodimlarga pul yordami va mehnat ta’tili uchun pul berish xarajatlari; ijtimoiy himoyalash, pensiya tо‘lash, ishsizlik nafaqasi tо‘lash fondlariga pul tо‘lash; kredit uchun foiz tо‘lash xarajatlari; mahsulotni sotish xarajatlari (о‘rash, saqlash, tashish); amortizatsiya va joriy remont xarajatlari; Xarajatlarning miqdori resurslarning bahosiga hamda ishlab chiqarish texnologiyasiga bog‘liq bо‘ladi. Ishlab chiqarish resurslarning bahosi bozordagi talab va taklifga bog‘liq bо‘ladi. Materiallarni iqtisod qilish qо‘llaniladigan texnologiyaga bog‘liq. Mahsulot tannarxi unga sarflanadaigan xom ashyolarning manbaiga kо‘ra ikkiga bо‘linadi: Umumiy tannarx Ishlab chiqarish tannarxi Umumiy tannarx – mahsulot ishlab chiqarishdan iste’molchiga yetkazib bergungacha ketgan xarajatlarning puldagi ifodasi. Ishlab chiqarish tannarxi – ishlab chiqarishdan korxona omborigacha qilingan xarajatlar. Bunda sotish xarajatlari va ustama xarajatlar qo’shilmaydi. 6.4. Narxning iqtisodiy mohiyati, funrtsyalari va turlariNarx (baho) bozor kategoriyasi bо‘lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan iqtisodiy munosabatlar vositasi hisoblanadi. Ilmiy jihatdan asoslangan narx va baho belgilash iqtisodiyotni tartibga solish vositalaridan biri hisoblanadi. Narx (baho) siyosati davlat iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va istiqboldagi strategiyasini belgilashning muhim ajralmas qismidir. Shu bois ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish raqobat muhitini yaratish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqish, ishchilaring tashabbuskorligini rivojlantirishda narx belgilash siyosati alohida о‘rin egallaydi. Narxni iqtisodiy mexanizmlarni harakatga keltirish ustuni deyish mumkin. Korxona ishchi xodimlariing daromadlari, ularning iqtisodiy manfaatlari tovar narxining tо‘g‘ri belgilanishiga bog‘liq. Narx bozor konyukturasini kо‘rsatib turadigan ulchov asbobining kо‘rsatkichidir. Narx pul – kredit siyosatining samaradorligi va iqtisodiyotning moliyaviy barqarorligi bilan bog‘liq. Davlatning korxonalar va ularning xodimlari hamda aholining individual rejali bog‘lanishi baho yordamida tartibga solinadi, yalpi ichki mahsulotni iqtisodiy о‘sishi, jamg‘arish va qayta taqsimlash amalga oshiriladi. Narxni qiymat asosida belgilanadi, lekin bozorda u qiymatdan past yoki yuqori bо‘lishi mumkin. Bu holat bozordagi tovarga bо‘lgan talab va taklif qonuniga bog‘liq. Shu bois tovarni bozor baholaydi. Tovarning narx darajasi, tovarning naflilik darajasi va boshqa о‘rnini bosuvchi tovarlar, muomaladagi pulning xarid qiymatiga ham bog‘liq bо‘ladi. Bozor munosabatlari sharoitida narx yordamida sanoat korxonalari faoliyatini tashkil etishning asosiy savollaridan biri nima ishlab chiqarish kerak ekanligini hal etishdir. Narx XX-XXI asrda tovar taklifi, aholining tо‘lov qobiliyati, ishlab chiqarish resurslari narxi tо‘g‘risida axborot beruvchi asosiy vositalaridan biridir. Narxning asosi bо‘lgan qiymat iqtisodiy kategoriya bо‘lib, tovarga srflangan mehnat sarfi bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatni aks ettiradi. Tovar ishlab chiqarishida moddiylashgan va jonli mehnat sarflanadi. Zero, qiymat har qanday mehnat sarfi emas. Balki, qiymat tovarni yaratishga ketgan ijtimoy zarur mehnat sarfidir. Ya’ni ehtiyojni qondira olish va bozorda tan olinishi mumkin bо‘lgan mehnat sarfidir, chunki mehnatning bir qismini, agar u kerakli bо‘lmasa, bozor inkor etadi va shu sarf qiymatni yaratishda ishtirok etmaydi. Bozorda tan olinmagan qism xarajatlarini kamaytirish zarur. Narxlar pul-kredit munosabatlari muomalasining turlari va sotiladigan mahsulot turiga kо‘ra farqlanadi. Narxning turlari bir-biri bilan о‘zaro bog‘liq bо‘lib, ular yagona tizimni tashkil etadi. Mazkur tizimning muhim elementlari quyidagilardir: ulgurji narxlar. Ular firmalar о‘z mahsulotlarini katta hajmda boshqa firmalarga yoki vositachilarga va ulgurji savdo tashkilotlariga sotayotganlirida qо‘llaniladi. Ulgurji narx korxonalarga ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashni, zarur foyda olishni ta’minlanishi zarur; chakana narxlar. Ulardan tovarlarni bevosita iste’molchilarga sotishda foydalaniladi. Bu narxlarga davlat savdosi, xususiy mulk egalari dо‘konlari va bozorda yuzaga kelayotgan narxlar kiradi. Chakana narx darajasi aholining peal daromadlari bilan belgilanadi. v) xarid narxlari qishloq xо‘jaligi mahsulotlarining davlat tomonidan sotib olinishida ishlatiladi. g) dunyo narxlari xalqaro savdo munosabatlarida qо‘llaniladi. Narxlar tovar ishlab chiqarishning rivojlanishiga о‘z vazifalari orqali ta’sir etadi. Bozorda turli mehnat sarflari umumiy, ya’ni ijlimoiy zarur mehnat sarfiga keltiriladi va shu sarfning pulda ifodalanishi narxni hosil qiladi. Nazariy jihatdan olib qaralganda, narx - tovar qiymatining puldagi ifodasidir. Amaliy jihatdan qaralganda esa, narx - muhim iqtisodiy vosita, dastak hisoblanadi. Ma’lumki, qiymat ishlab chiqarish kategoriyasi bо‘lib, ishlab chiqarishning о‘zidagi mehnat sarfi bilan bog‘liq munosabatlarni ifoda etadi. Tovarning yaratilishida moddiylashgan va jonli mehnat sarf qilinadi, ularning majmuasi qiymat demakdir. Ammo qiymat har qanday mehnat sarfi emas. Qiymat tovarni yaratishga ketgan ijtimoiy zarur mehnat sarfi, aniqrog‘i, ehtiyojni qondira olgani sababli bozorda tan olingan mehnat sarfidir, chunki mehnatning bir qismini, agar u kerakli bо‘lmasa, bozor inkor etadi va shu qism qiymatni yaratishda ishtirok etmaydi. Bozorda turli mehnat sarflari umumiy, ya’ni ijtimoiy zarur mehnat sarfiga keltiriladi va shu sarfning pulda ifodalanishi narxni hosil qiladi. Narxning mazmun va mohiyatini uning funksiyalari yaqqol kо‘rsatib beradi. Narx qaysi manbadan qat’i nazar unung beshta asosiy funksiyasi mavjud: Muvozanatni ta’minlash funksiyasi. О‘lchov funksiyasi. Regulyator funksiyasi. Raqobat vositasi funksiyasi. Ijtimoiy himoya funksiyasi.. Narxning hosil bо‘lishi murakkab bо‘lib, uning ishtirokchilari kо‘pchilikni tashkil etadi. Narxlar turli vazifalarni bajarganligi sababli ham ularning turi kо‘p. Narxlarning asosiy turlariga quyidagilar kiradi: Ulgurji narxlar. Chakana baholar. Nufuzli narxlar. Dotatsiyali narxlar Davlat narxlari. Bu ishlab chiqaruvchilarga davlat tomonidan buyurtma berilganda qо‘llaniladi. Mavsumiy narxlar. Milliy va jahon narxlari Standart narxlar. Preyskurant narxlar. Maksimal narx. Minimal narx. Ob’yektiv narx. 6.5. Korxonaning narx siyosatiNarxdan oqilona foydalanish tadbirkorlik uchun muhim ahamiyatga ega. Shu sababli sanoat korxonalari narx belgilashga katta e’tibor beradilar. Ular о‘zlarining narx strategiyasini ishlab chiqishda quyidagi maqsadlarni kо‘zlaydilar: tovar sotishni kо‘paytirish; kо‘proq foyda olish; о‘rnini, muayyan mavqeini saqlab qolish. Tovar sotishni kо‘paytirishdan uch natija kutiladi: tovar sotishni kо‘paytirish orqali bozorda о‘z hissasini oshirish, imkon bо‘lganda bozorni о‘z nazoratiga olish; har bir tovarni (tovar birligini) sotishdan tushadigan foydaning kamayishiga rozi bо‘lgan holda tovarlarni kо‘plab sotish orqali keladigan yalpi foydani oshirish; v) tovarni kо‘p sotish natijasida uning hajmiga nisbatan savdo-sotiq xarajatlarini qisqartirish. Bozordan raqiblarni surib chiqarib, о‘z mavqeini mustaxkamlash uchun firmalar maxsus narx qо‘llaydilar, uni bozorga kirib olish narxi yoki demping narx deb ataladi. Bu narx raqibni sindirishga qaratilganligidan davlat uni ta’qiqlaydi, shu sababli firmalar uni yashirin qо‘llaydilar va bu ish rasmiy narxning bir qismini kechib yuborish shaklida bо‘ladi. Bozorda sotuvchi bilan xaridor о‘rtasidagi iqtisodiy munosabat bо‘lganidan narxning shakllanishida har ikki tomon ishtirok etadi. Xaridor deganda, biz tovar va xizmatlarni iste’mol etuvchilar - fuqarolar, ishlab chiqarishni yurgizish uchun resurslarni sotib oluvchi firmalarni tushunamiz. Narxlarning shakllanishida tovarni ishlab chiqarishdan tortib, iste’molga yetgungacha bо‘lgan mehnat sarflari ishtirok etadi. Jamiki xarajatlar narx tarkibiga kiradi. Narxni shakllantiradigan asosiy omillar esa quyidagicha: Iqtisodiy xarajat darajasi; Tovarlarning naflilik darajasi; Tovarga bо‘lgan talab va uning taklifi; Raqobat shakllari va usullari; Tovarni iste’mol qilish vaqti. Raqobat cheklangan bozorlarda (sof monopoliya, monopolistik raqobat, oligopoliya) ishlab chiqaruvchilarning о‘rni bozor narxlarini belgilovchi muhim omillardan hisoblanadi. Monopoliya sharoitida bozorda bir turdagi mahsulotlar taklif qilinishi sababli narx ustidan tо‘liq nazorat amalga oshiriladi. Bu degani monopolist ishlab chiqaruvchilarning narx belgilashdagi hukmronligi, iste’molchi daromadlari cheklanganligi bilan tо‘qnashadi. О‘rnini bosuvchi tovarlarning mavjudligi ham ularning narx belgilashdagi mutlaq imkoniyatini cheklaydi. Oligopoliya sharoitida esa alohida ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) birbiriga bog‘liq bо‘lganliklari sababli narxlarni mustaqil belgilashga botina olmaydilar. Faqat narx belgilashda yashirincha kelishishlari mumkin. Bozor iqtisodiyotiga о‘tish jarayonida narxning roli va ahamiyati beqiyosdir. Ma’lumki, hozirgi zamon iqtisodiyoti bozor iqtisodiyotidir. Bu iqtisodiyot yer yuzidagi kо‘pgina davlatlarda turli darajada va о‘ziga xos xususiyatlar bilan rivojlanib bormoqda. Uning mohiyat belgilarini eng rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida kо‘rish mumkin. Shunday belgilaridan biri, narxlarning liberallashuvi, narx-navoning erkin shakllanishidir. Tovarlar narxini davlat yuqoridan belgilamaydi. U bozordagi talab va taklifga qarab, xaridor bilan sotuvchining savdolashuvi asosida yuzaga keladi. Kelishilgan narxlar esa bozor munosabatlariga xizmat qiladi. Narx pul bilan о‘lchanadi. Bozor iqtisodiyoti pulsiz bо‘lishi mumkin emas. Pul esa, iqtisodiy munosabatlarning asosiy vositasi bо‘lib, iqtisodiyotda о‘ta muhim rol о‘ynaydi. Pul munosabatlari bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi hisoblanadi. Pul oboroti, pul emissiyasi, qadr-qimmati, inflyatsiya, valyuta kursi kabi hodisalar iqtisodiy vaziyatning kо‘zgusi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida tovar taqchilligi bо‘lmaydi, shu sababdan bozorda ishlab chiqaruvchi emas, balki iste’molchi (xaridor) о‘z izmini о‘tkazadi, tovar va xizmatlarni sifati va narxiga qarab tanlab olish imkoniyatiga ega bо‘ladi. Narx shakllanishida raqobat muhim о‘rin tutadi. Raqobatda yutib chiqish yoki yutqazish narxni belgilashga ham bog‘liq. Raqobatlashuv jarayonida xaridor kо‘p bо‘lsa, yuqori narx tashkil topadi. Agar sotuvchilar kо‘p bо‘lib, ular raqobatlashishsa, past narxlar vujudga keladi. Raqobat kurashida xarajatlarni qoplamaydigan, binobarin, zarar keltiradigan о‘ta past narxlar ham paydo bо‘ladi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xо‘jalikni oqilona yuritish esa moliyaviy aloqalar va qiymat qonunlaridan foydalanishni talab qiladi. Sanoat korxonalarida raqobat sharoitida aholi imkoniyatlaridan kelib chiqib, narxlar diversifikatsiyasi uch xil bо‘lishi mumkin: iste’molchi daromadiga kо‘ra iste’molchi hajmiga kо‘ra tovarlar turiga kо‘ra Iste’molchilarni daromadiga kо‘ra narxlarni belgilashning ideal varianti har bir xaridorning imkoniyatidan kelib chiqib, u sotib oladigan har bir tovarga maksimal narxni xaridorning zahira narxi deb qaraladi. Xaridor uchun zahira narx belgilashda iste’molchilarning daromadiga kо‘ra narxlarni ideal diversifikatsiyasilash deyiladi. U mahsulot narxini har bir xaridor uchun maksimal darajada qilib belgilaydi. Iste’molchi hajmiga kо‘ra narxlar diversifikatsiyasi. Ba’zi bir tovarlarga bо‘lgan talab u tovarni ishlab chiqarish va sotish oshgani sari kamayib boradi. Bunday tovarga elektr engergiyasi misol bо‘la oladi. Iste’molchi bir oyda minimum miqdordagi elektro energiyaga pul tо‘lab, ortiqchasiga tо‘lash qobiliyati pasayib boradi, bо‘nday holatda narxlarni differensiatsiya qilish lozim bо‘ladi. Ya’ni har xil miqdordagi iste’mol qilingan bir xil tovarga har xil narx belgilash. Birinchi bosqichda, ma’lum miqdorgacha iste’mol qilingan elektro energiyaga alohida narx, ikkinchi bosqichda qо‘shimcha miqdordagi istemol qilingan elektro energiyaga kamroq narx belgilash lozim. Bu bosqichlarni uyali telyefon tarif rejalarida ham qо‘llash mumkin. 3.Tovarlar kategoriyasiga kо‘ra narx belgilash. Ushbu turdagi narx differensiatsiyasi xaridorlarni ularning talabiga kо‘ra bir necha guruhlarga bо‘linishi mumkin. Har bir guruxning talab chizig‘i, boshqa guruhnikidan о‘zgacha bо‘ladi. Misol uchun samaliyotga, paraxotga sotiladigan chiptalarni klasslarga bо‘lish va h.k. Tovar kategoriyasiga qarab narx belgilashda ikkita shart bajarilishi lozim: Birinchi shartga kо‘ra, ishlab chiqarish hajmidan qat’iy nazar tovarni haridorlar guruhlarga shunday taqsimlash kerakki, har bir birlik tovardan olingan chekli daromadning qiymati bir xil bо‘lishi kerak. Bozor iqtisodiyoti talab va taklifni iqtisodiy nuqtai nazardan tahlil qilish, juda kо‘p va keng muammolarni hal qilishda universal vosita bо‘lib xizmat qiladi. Bunday muammolarga quyidagilar kirishi mumkin: jahondagi iqtisodiy sharoitlar о‘zgarishining mahsulot ishlab chiqarishga va uning samaradorligiga ta’siri; narxlarni nazorat qilish bо‘yicha davlat tomonidan kо‘riladigan choratadbirlarni baholash; iqtisodiy rag‘batlantirish va minimal ish haqini belgilash; soliqlarning, subsidiyalarning, importga qо‘yiladigan poshlinaning, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar faoliyatining chegaralashlarning umumiy iqtisodiyotga ta’siri va hokazo. T armoq korxonalaring baho siyosati talab va taklif orqali bozor mexanizmini о‘rganish, ularning narx orqali tahlil qilishdan boshlandi. Ma’lumki, davlatning aralashuvisiz, talab va taklif muvozanat holatga keladi va unga asosan tovarning bozor narxi о‘rnatiladi hamda muvozanatni ta’minlaydigan mahsulotning umumiy hajmi о‘rnatiladi. Taklif chizig‘i qancha miqdorda va qanaqa ishlab chiqarish narxida tovarning bozorda sotilishi mumkinligini kо‘rsatadi. Taklif chizig‘i qancha yuqoriga kо‘tarilsa, shuncha narx yuqori bо‘ladi va shunga kо‘p firmalar mahsulot ishlab chiqarib, sotish imkoniyatiga ega bо‘ladilar. Yuqori narx, mavjud firmalarni ishlab chiqarishni kengaytirishga da’vat etadi, bozorga yangi firmalarni о‘z mahsuloti bilan kirib kelishini ta’minlaydi, ular ishlab chiqargan yuqori xarajatli rentabel bо‘lmagan mahsulotlari yuqori narxda rentabel bо‘ladi. Bunday holda, firmalarda ishlab chiqarishning kengayishi qisqa vaqt oralig‘ida intensiv bо‘lsa, uzoq muddatda esa ekstensiv amalga oshiriladi. Download 275 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling