Vi-bob. Bir yillik va ikki yillik dorivor o‘simliklarni yetishtirish agrotexnikasi
Oddiy kanakunjut – ricinus communis L
Download 53.78 Kb.
|
BIR YILLIK VA IKKI YILLIK DORIVOR O‘SIMLIKLARNI YETISHTIRISH AGROTEXNIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geografik tarqalishi.
- Urug‘ning tashqi ko‘rinishi.
- Kanakunjutni o‘stirish texnologiyasi .
6.2. Oddiy kanakunjut – ricinus communis L.
Oddiy kanakunjut – Ricinus communis L. sutlamadoshlar — Euphoreiaceae oilasiga kiradi. Bir yillik o‘t o‘simlik bo‘lib, bo‘yi 2 m.ga yetadi. Poyasi shoxlangan. Bargi yirik, tuksiz, 5-11 barmoqsimon bo‘lakli bo‘lib, barg plastinkasining markaziga o‘rnashgan uzun bandi bilan poyada ketma-ket joylashgan. Barg bo‘lakchalari cho‘ziq tuxumsimon, cheti tishsimon qirrali. Gullari shingilga to‘plangan. Guli ko‘rimsiz, bir jinsli, gulqo‘rg‘oni oddiy, onalik gullari shingilning yuqori qismiga, otalik gullari esa pastki qismiga joylashgan. Mevasi uch urug‘li, uch chanoqli, tikan bilan qoplangan ko‘sak. Ko‘sak pishganda yoriladi va urug‘lari sochilib ketadi. Iyun-sentyabr oylarida gullaydi, mevasi iyul-oktyabrda yetiladi. Geografik tarqalishi. Vatani tropik Afrika. Tropik zonada o‘sadigan kanakunjut ko‘p yillik bo‘lib, poyasi yog‘ochlangan, bo‘yi 10 m.ga yetadi. Kanakunjut bir yillik o‘t o‘simlik sifatida O‘rta Osiyo, Shimoliy Kavkaz, Ukrainaning janubiy qismida va Volga bo‘yida ekiladi. Urug‘ning tashqi ko‘rinishi. Urug‘ tuxumsimon bo‘lib, yaltiroq, qattiq, mo‘rt, guldor po‘st bilan qoplangan. Po‘sti kulrang yoki och qo‘ng‘ir rangli bo‘lib, qizil-qo‘ng‘ir dog‘, nuqta va chiziqlari bor. Urug‘ uchida kichkina oq karunkula – urug‘ o‘simtasi bo‘ladi. 1000 dona urug‘ning og‘irligi 800 g keladi. Kanakunjutning yirik va mayda urug‘li navlari bo‘lib, ular urug‘larining katta-kichikligi, og‘irligi, shingilda ko‘pligi va urug‘ tarkibida moyning ko‘p yoki oz miqdorda bo‘lishi bilan bir-biridan farq qiladi. Yirigining urug‘i 15-22 mm, maydasining urug‘i esa 5-7 mm uzunlikda bo‘ladi. Urug‘ yaxshi pishmagan (po‘stining usti yaltiroq bo‘lmasa), ezilgan yoki karunkulasi tushib ketgan bo‘lsa, sifatsiz hisoblanadi. Ko‘p turib qolgan urug‘da esa karunkula bo‘lmaydi. Kanakunjut urug‘i zaharli bo‘lgani sababli tibbiyotda ishlatilmaydi. U faqat moy olinadigan mahsulot sifatida xizmat qiladi. Kanakunjutni o‘stirish texnologiyasi. O‘zbekistonning sug‘oriladigan yerlarida o‘sadigan kanakunjut bo‘yi 2 m.ga yetadigan o‘t tariqasidagi bir yillik o‘simlik hisoblanadi. O‘zining vatanida ko‘p yillik, bo‘yi 10 m.rga yetadigan daraxt, Euphoreiaceae oilasiga mansub. Sovuqqa juda chidamsiz, tabiiy holatda tropik va subtropiklarda (Afrika va Osiyo) o‘sadi. Qadimgi Misrda miloddan avval VII asrda ham ma’lum bo‘lganligi aniqlangan. Issiqsevar bo‘lgani uchun maysalari -1°C da, katta o‘simliklar esa -3-4°C sovuqda nobud bo‘ladi. Kanakunjutni respublikamizning janubiy viloyatlarida va samaradorlik harorati yuqori, suv yetarli bo‘lgan yerlarga o‘stirish maqsadga muvofiqdir. Uning o‘sish davri 120 – 150 kun. O‘zbekistonda asosan Xersonskaya-10 navi ekiladi. Kanakunjutni kuzgi don ekinlaridan bo‘shagan yerlarga ekish tavsiya etiladi. Kanakunjutni ekish uchun yerlarni kuzda 27-30 sm chuqur haydab shudgor qilib qo‘yiladi. Shudgor oldidan gektar hisobiga 10-15 tonna chirigan go‘ng va 50- 60 kg fosforli o‘g‘itlar bilan oziqlantiriladi. Erta bahorda yerlar boronalanadi va 1-2 marta kultivatsiya qilinadi. Tuproq harorati 10-12°C gacha isiganda ekish mumkin. Bu muddat aprel oylarining boshlariga to‘g‘ri keladi. Ekishdan oldin urug‘i TMTDning 80 %li eritmasi bilan ishlanadi (4 kg/t). Uni keng qatorlab ekiladi. Qator oralari 70 sm, ekish sxemasi 70x20 sm, urug‘ SUPN-8, SPCH-6 MF yoki makkajo‘xori va chigit ekiladigan seyalkalarda gektariga 50-80 ming dona unuvchan urug‘ ekiladi. O‘simlik tup soni 30-40 ming/ga, kam shoxlanadigan navlari uchun 50-60 ming/ga. Ekish chuqurligi 6-8 sm bo‘lishi lozim. Begona o‘tlarga qarshi ekishdan oldin 2,4D 500 (1,6-2,0 l/ga) bilan ishlanadi. Maysalanish boshlanganida qator oralariga ishlov beriladi va 2-3 marta sug‘oriladi. Gullash va mevalash fazasida ikki marta sug‘oriladi. O‘simlikda 4-5ta chin barg rivojlanganda asosiy poya va va yon shoxlarining uchlari chilpiladi. Bu o‘simlikning yaxshi rivojlanishini tezlashtiradi. Kanakunjutni o‘suv davrida 2-3 marta o‘g‘itlanadi. Birinchi o‘g‘itlash unib chiqqandan keyin gektariga 40 kg.dan azot va 20 kg kaliy o‘g‘iti bilan o‘g‘itlagich kultivatorlar bilan o‘g‘itlanadi. Ikkinchi va uchinchi marta oziqlantirish gullash va meva hosil qilish davrida 50- 60 kg azot, 20 kg fosfor va 30 kg kaliy o‘g‘iti bilan oziqlantirishni tavsiya qilinadi. Kanakunjutni oziqlantirish sug‘orishdan oldin amalga oshiriladi. Umuman vegetatsiya davomida 90-100 kg azot, 70 kg fosfor va 50 kg.dan kaliy o‘g‘itini qo‘llash uning o‘sishi, rivojlanishi tezlashadi va hosildorligi yuqori bo‘ladi. O‘simlikni bir vaqtda yetilishi uchun uni defolyasiya qilinadi. Barglari 8—10 kundan keyin quriydi va to‘kiladi. O‘zbekistonning iqlim sharoitida kanakunjutni sun’iy ravishda bargini to‘kmasa ham u yaxshi yetiladi. Download 53.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling