Vi-bob. Bir yillik va ikki yillik dorivor o‘simliklarni yetishtirish agrotexnikasi


Tirnoqgulni hosilini yig‘ish va quritish


Download 53.78 Kb.
bet5/9
Sana20.10.2023
Hajmi53.78 Kb.
#1712405
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BIR YILLIK VA IKKI YILLIK DORIVOR O‘SIMLIKLARNI YETISHTIRISH AGROTEXNIKASI

Tirnoqgulni hosilini yig‘ish va quritish. Tirnoqgulning hosilini gullay boshlagandan terishga kirishiladi. Yangi ochilgan gullarini birinchi navbatda qo‘lda teriladi. Gul savatchalari tez-tez ochilishi munosabati bilan har 3 kunda, kechi bilan 4-5 kunda terib turiladi. O‘simlikdan terib olingan to‘pgullar qizib ketmasligi va uning sifati buzilmasligi uchun savatchalarda va to‘plamlarda 3-4 soatdan ortiq saqlanmaslik kerak. Terilgan mahsulot maxsus quritgich asboblarda (SPK), havo (VPT-400, 600) quritgichlarda 40-45°C gacha quritiladi, 4-6 kun davomida quritilgan mahsulot bosilmasdan maxsus qog‘ozdan yasalgan qopchalarda 20 kg.dan qilib joylashtirib saqlanadi. Mahsulotni quruq omborlarda saqlash muddati 2 yildan oshmasligi kerak.
6.4. Ikki yillik dorivor o‘simliklarni yetishtirish agrotexnikasi
Dorivor qashqarbeda - Melilotus Officinalis descr. dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasiga kiradi. Ikki yillik, bo‘yi 50-100 sm.ga (ba’zan 2 m.ga) yetadigan o‘t o‘simlik. Ildizi sershox, o‘q ildiz. Poyasi bitta yoki bir nechta, qirrali bo‘lib, yuqori qismi shoxlangan. Bargi uch plastinkali murakkab barg, poyada bandi bilan ketma-ket o‘rnashgan. Bargchasi teskari tuxumsimon, tuxumsimon yoki cho‘ziq lansetsimon, tekis qirrali yoki mayda arrasimon-tishsimon qirrali va tuksiz bo‘lib, uzunligi 3 sm. Bargda ingichka, tekis qirrali qo‘shimcha bargchalar bor. Gullari mayda, sariq, shingilga to‘plangan. Gulkosachasi yarmisigacha uchburchak lansetsimon shakldagi 5 bo‘lakka qirqilgan. Gultojisi kapalak-guldoshlarga xos tuzilgan. Otaligi 10 ta, shundan bittasi birlashmagan, qolganlari birlashgan. Onalik tuguni bir xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi – tuxumsimon, ko‘ndalangiga burishgan, kulrang tusli, tuksiz, bir urug‘li dukkak. Iyun-sentyabr oylarida gullaydi, urug‘i esa avgust oyidan boshlab yetiladi.
Geografik tarqalishi. Yo‘1 yoqalarida, o‘tloqlarda, ekinzorlarda o‘sadi. Asosan Ukraina, Belorussiya, Moldova, Boltiq bo‘yi davlatlar, Rossiyaning Yevropa qismida, g‘arbiy Sibirda, Kavkazda va O‘rta Osiyoda uchraydi.

Download 53.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling