Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi


VIII. Ta’lim muassasini tugatish oldidan (10-11 sinflar, 16-17 yosh)


Download 1.92 Mb.
bet66/84
Sana30.01.2024
Hajmi1.92 Mb.
#1809090
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   84
Bog'liq
BO\'G 6-9- boblar

VIII. Ta’lim muassasini tugatish oldidan (10-11 sinflar, 16-17 yosh).
Oldingi davrlarga nisbatan farq о‘smirning kasbiy tushunchasini aniqlash uchun yо‘naltirilgan shifokor-pedagogik bosqichi bilan mutaxassis shifokorlar maslahatini qamrab oladi.
Qolgan yosh davrlarida barcha bolalar о‘rta tibbiy xodim tomonidan jismoniy tayyorgarlik va rivojlanishni baholash testini о‘z ichiga olgan skrining-tekshiruvidan о‘tkaziladi. Shifokor kо‘riklari, shu jumladan, mutaxassislar tomonidan, faqat kо‘rsatmalarga binoan о‘tkaziladi.
10 yosh (5-sinf), 14-15 yosh (9- sinf), 16 va 17 yosh (10-sinf)ga kirganda endokrinolog va androlog-shifokorlar kо‘riklaridan о‘tishlari shart.
Sog‘ligida chetlanishlar aniqlangan bolalarga hududiy davolash-profilaktika muassasalarida yoki ta’lim muassasalarida о‘tkaziladigan sog‘lomlashtiruvchi tadbirlar tayinlanadi.
Zamonaviy umumta’lim muassasalarida bolalar va о‘smirlarni sog‘lomlashtiruvchi tadbirlarning о‘tkazilishi ikkita asosiy meyoriy-uslubiy hujjatlar bilan belgilanadi:

  1. Yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olish yuzasidan umumiy talablar. (SanPiN №0241-07).

Qoidalar tashkiliy, texnik-muxandislik, davolash-profilaktik, gigiyenik va epidemiyalarga qarshi chora-tadbirlar majmuasiga bо‘lgan asosiy talablardan iborat bо‘lib, ularning о‘z vaqtida va tо‘liq о‘tkazilishi yuqumli (parazitar) kasalliklarning oldi olinishini ta’minlaydi

  1. О‘quvchilarni har xil turdagi zamonaviy umumta’lim muassasalarida о‘qitishga gigiyenik talablar.

Sanitariya qoidalari va meyorlari umumta’lim muassasalarining barcha turlarida sog‘ligida nuqsonlari bor bolalarning majmuaviy sog‘lomlashtirilishini uning tarkibiga ruhiy-pedagogik tuzatishni tashkil etilishini belgilaydi.
Zamonaviy maktablar sharoitida sog‘ligida nuqsoni bor bolalar va о‘smirlarni sog‘lomlashtirishining iloji bor. Maktab sharoitida sog‘lomlashtiruvchi va tо‘g‘rilovchi tadbirlarni о‘tkazish uslublari, yо‘riqlarining tarkibida quyidagilar mavjud:

  • tez-tez xastalanuvchi, sog‘ligida chetlanishlar bor va tomoq-burun kasalliklari bilan og‘rigan bolalar

  • miopiya paydo bо‘lishi va avj olishining profilaktikasi

  • tayanch-harakat apparati buzilishlarini tо‘g‘rilash

  • ovqat hazm qilish a’zolari, buyrak xastaliklari qaytalanishining profilaktikasi ;

  • о‘quvchilar semirib ketishining oldini olish ;

  • bolalar va о‘smirlar asabiy – ruhiy sog‘ligidagi chetlanishlarning oldini olish va glisin aminokislatasi bilan tо‘g‘rilash ;

  • bolalar va о‘smirlar ruhiy moslashishi buzilganligining turli kо‘rinishlarida ruhiy tо‘g‘rilash usullari ;

Sog‘lomlashtirish vaqti kuz ( oktyabr, noyabr ), bahor ( mart, aprel ) va о‘tkir respirator kasallikdan (О‘RK) sо‘ng ( О‘RK bilan tez-tez kasallanadigan bolalar uchun ). Sog‘lomlashtirish davri – 2 hafta.
О‘RK bilan tez – tez kasallanadigan, organizmida funksional о‘zgarishlar bо‘lmagan bolalar uchun tashqi muhitning maqbul sanitariya – gigiyena sharoitlarini yaratish lozim : yengillashtirilgan individual kun tartibi; vitaminlar ( A,V,S), fitonsidlar ( piyoz, sarimsoq ) bilan boyitilgan oqilona ovqatlanish; kunduzgi uyqudan keyin jismoniy mashqlar. Jismoniy mashg‘ulotlar, individual yondashuv va kо‘rsatkichlarga kо‘ra yengillashtirilgan va nafas olish gimnastikasidan foydalaniluvchi jismoniy tarbiya ( nafas olish va nafas chiqarishda tovushlar va bо‘g‘inlarni talaffuz etiluvchi jismoniy mashqlar, burun bilan nafas olish, nafas chiqarish, har bir burun katagi orqali alohida – alohida nafas olish ); chiniqish; kо‘rsatkichlarga kо‘ra dori – darmonli simptomatik muolaja ; kariyesli tishlarni davolash ; fizioterapiya ; UFO, shifobaxsh giyohlar solingan, dengiz tuzi solingan ( uyda ) umumiy vannalar kо‘rsatkichlarga binoan.
Eng kо‘p tarqalgan LOR- kasalliklari mavjud bolalar uchun aytib о‘tilgan sxemaga quyidagilar qо‘shiladi: burunga protargolning 2 foizli eritmasidan tomizish, tomoqni 6 foizli kollargol eritmasi bilan artish, og‘iz bо‘shlig‘ini ( tunda ) bir stakan qaynagan suvga 1 g osh tuzi yoki 0,5 g ichimlik sodasi solingan holda chayqash ; fizioterapiya , UFO –tubus ( har kuni ) surunkali adenoiditda, adenoid vegetasiyalarida ; bodomsimon bezlar gipertrofiyasi va surunkali tonzillitda tomoq bezlari sohasiga tubusli kvars qо‘yish ( har kuni ) ; surunkali tonzillitda tanzillyar limfa tugunchalariga UVCH qо‘yish ( har kuni ) ;
Bolalarda miopiyaning oldini olish miopiya oldi holatlarida ;

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling