Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi
IX BOB. BOLALAR VA О‘SMIR YOSHIDAGI AHOLINI TIBBIY
Download 1.92 Mb.
|
BO\'G 6-9- boblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.1. Bolalarga davolovchi – prafilaktika yordami kо‘rsatishning asosiy qoidalari.
IX BOB. BOLALAR VA О‘SMIR YOSHIDAGI AHOLINI TIBBIY
VA SANITARIYA - EPIDEMIOLOGIK TA’MINLASH Bolalar va о‘smirlar salomatligini muhofazalash va sanitariya – epidemiologik farovonligini ta’minlashning huquqiy asosini quyidagilar tashkil etadi : О‘zbekiston Respublikasi Qonunlari ; О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari ; О‘zbekiston Respublikasi xukumati qarorlari ; Sanitariya meyorlari va qoidalari ; Mahalliy ma’muriyat va о‘z-о‘zini boshqarish rahbarlari qarorlari. Umuman olganda, aholi salomatligini ta’minlashga bо‘lgan asosiy talablarni aniqlash, sog‘lik holatini yaxshilash vazifalari olamshumul muammoga aylangan. 9.1. Bolalarga davolovchi – prafilaktika yordami kо‘rsatishning asosiy qoidalari. Bolalarga ambulatoriya – poliklinika yordami 0 dan 17 yoshgacha bolalarga yagona tibbiy xizmat tizimida xududiy tartibga kо‘ra bolalar poliklinikalari ( bо‘limlari ) tomonidan amalga oshiriladi. Boshqa ambulatoriya – poliklinika muassasalari ( maslahat – tashhis markazlari, oilani rejalashtirish markazlari, sog‘liqni qayta tiklash muassasalari ) sog‘liqni saqlashning maxsus masalalarini hal qilishadi, maslahat yordami kо‘rsatishadi, keng qо‘lamli tashxis tekshiruvini о‘tkazishadi, lozim bо‘lgan paytda esa davolash va sog‘liqni qayta tiklashni amalga oshirishadi. Shahar bolalar poliklinikasi ( bо‘limi ) tibbiy – sanitariya yordamining birinchi bо‘g‘inli davolash – profilaktika muassasasi bо‘lib, bolalarni tibbiy ta’minlash sifati uchun javob beradi, somatik, reproduktiv, ruhiy sog‘lik holati va muammolari haqidagi ma’lumotlarni tо‘playdi, umumlashtiradi va tahlil qiladi, shu asosda profilaktika, davolovchi-sog‘lomlashtiruvchi va tо‘g‘rilovchi ishlarni olib boradi, belgilangan hududdagi bolalarning sog‘ligini saqlash bо‘yicha vazifalarni shakllantiradi. Uzluksiz tibbiy kuzatish tizimida hududiy bolalar shifokoriga yetakchi, nazorat qilish vazifasi yuklatiladi, u profilaktika, davolash va sog‘liqni qayta tiklash ishlari kо‘lamining о‘z vaqtida, majmuiy tarzda va keraklicha о‘tkazilishi uchun t о‘liq javobgardir. Bu vazifalarni bajarish uchun bolalar poliklinikalari (bо‘limida) bolalar bо‘limi (kabineti,), ta’lim muassasalarida bolalar va о‘smirlarga tibbiy yordamni tashkil etish bо‘limi, tibbiy-ijtimoiy yordam bо‘limlari (kabinetlar), sog‘liqni tiklovchi muolaja, davolash-mutaxassislar komissiyasi va boshqa yordamchi xizmatlar faoliyat yuritishadi. Bolalar bо‘limi ambulatoriya qabulini va 0 dan 17 yoshgacha bо‘lgan barcha bolalar uchun ambulatoriya qabulini о‘tkir va qaytalangan surunkali xastaliklar borasida uyda davolashni amalga oshiradi; dispanser nazorati о‘rnatadi; ishlovchi о‘smirlar orasida profilaktika ishlari olib boradi; о‘smirlarning salomatlik holati haqidagi tibbiy, ijtimoiy, pedagogik ma’lumotlar asosida uning ijtimoiy imkoniyatlarini baholaydi somatik, reproduktiv, ruhiy sog‘liq buzilishlarining oldini olish, tibbiy kuzatish, davolash, salomatlikni tо‘g‘rilash, qayta tiklash dasturini ishlab chiqadi; tibbiy yordam о‘z vaqtida, keraklicha hajmda, sifatli va samarali bо‘lishini nazorat qiladi. Maxsus yordam reproduktiv salomatlik masalalari (bolalar ginekologiyasi, andrologiyasi, jinsiy yо‘l bilan yuquvchi kasalliklarning oldini olish, о‘smirlardagi istalmagan homiladorlik va hokazolar) bо‘yicha mutaxassislar kо‘rigi bilan kuchaytiriladi. Ta’lim muassasalarida bolalar va о‘smirlarga tibbiy yordamni tashkil etish bо‘limi umumiy va tо‘g‘rilovchi tipdagi ta’lim muassasalarida bolalar va о‘smirlar orasida tibbiy yordam va profilaktika ishlari tashkil etilishini ta’minlaydi; о‘smirlarni birlamchi harbiy rо‘yxatga qо‘yish va harbiy xizmatga chaqirilishga tayyorlashda voyenkomatlar bilan о‘zaro aloqada bо‘ladi ; shifokor-kasbiy maslahatiga kо‘ra ish bilan va kasbga yо‘naltirish bilan ta’minlaydi. Tibbiy-sanitariya yordami bо‘limi individual va oilaviy tibbiy-ijtimoiy xavfli omillarni aniqlaydi, tibbiy-ruhiy yordam, gigiyenik tarbiya, huquqiy yordamni amalga oshiradi. Davolash-mutaxassislar komissiyasi tibbiy-profilaktika muassasalarining vaqtincha ishga layoqatsizlikni aniqlash sohasida ish olib boradi. О‘smirlar 18 yoshga tо‘lganida ular bolalar ambulatoriya-poliklinika muassasasidan umumiy tarmoqdagi ambulatoriya-poliklinika muassasasiga о‘tkaziladi. Dispanser rо‘yxatida turgan о‘smir yoshdagi bolalarni о‘tkazish ular shaxsan komissiya kо‘rigidan о‘tganidan sо‘ng amalga oshiriladi. Sog‘lom о‘smirlarning kasallik tarixi daftari tekshiruvlarsiz о‘tkazib yuboriladi. 1 yoshdan 17 yoshgacha bо‘lgan bolalar majburiy tibbiy kо‘rikdan о‘tkazalishining muddatlari, tuzilishi, boskichlari, tibbiy-ijtimoiy va ruhiy-pedagogik vazifalari О‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining meyoriy hujjatlari bilan belgilab qо‘yilgan. Ushbu vaqt oralig‘ida 8 ta chuqurlashtirilgan tibbiy kо‘rik о‘tkazilishi kerak. Profilaktika kо‘rigida 3 ta bosqich bо‘lishi shart : shifokorgacha bо‘lgan, bolalar shifokori va maxsus tekshiruvlar. Shifokorgacha bо‘lgan bosqichda testlashtirish maxsus skrining- testlari dasturi asosida amalga oshiriladi. Bolalarni profilaktika kо‘rigidan о‘tkazish davrlari va bosqichlari: Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling