11-modda. Kimyoviy moddalar, biologiya vositalari va materiallarini qо‘llanishga, zararsizlantirishga, qayta ishlashga, kо‘mib tashlashga qо‘yiladigan talablar.
Mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkiloglar, birlashmalar va aloxida shaxslar kimeviy moddalarni, biologiya vositalari va materiallarini saqlash, qо‘llanish, zararsizlantirish, qayta ishlash va kо‘mib tashlash chog‘ida sanitariya-epidemiya masalalarida axolining xotirjamligini ta’minlaydigan sanitariya normalari, qoidalari hamda gigiyena normativlariga rioya qilishlari shart.
Yangi kimeviy moddalar, biologiya vositalari va materiallari, mineral о‘g‘itlar, о‘simlik va hayvonlarning о‘sishini tezlashtiradigan dori-darmonlar, о‘simliklarni himoya qilishning kimeviy va biologik vositalari, polimer va plastik massalar, atir-upa va pardoz mahsulotlarini, boshqa kimeviy va biologik vositalarni qо‘llanishga ular zaharliligi va gigiyenasi jihatidan baholanganidan, gigiyena normativlari belgilanganidan keyingina О‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachining О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ruhsatnomasiga kо‘ra yо‘l qо‘yiladi.
12-modda. Radiasiya xavfsizligini ta’minlash sohasidagi talablar.
Davlat boshqaruvi idoralari, mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, mehnat jamoalari va ayrim shaxslar radioaktiv moddalar va boshqa ion hosil qiluvchi nurlanish manbalari bilan ishlaganda radiasiya xavfsizligini normalari va sanitariya qoidalariga, shuningdek, radioaktiv moddalar va boshqa ion hosil qiluvchi nurlanish manbalarini qazib olish, tayyorlash, ulardan foydalanish, ularni tashish, saqlash, qayta ishlash va kо‘mib tashlash chog‘ida standartlarga, texnika shartlariga va boshqa normativ hujjatlarning talablariga rioya qilishlari shart.
13-modda. Turarjoy binolariga odam qо‘yish va ularda yashash tartibi.
Yashash uchun turarjoy binolarini beradigan vazirliklar davlat kо‘mitalari, idoralar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari, boshqa mulkdorlar anna shu binolarga odam qо‘yish chog‘ida amaldagi sanitariya normalarini bajarishlari shart.
Amaldagi gigiyena normativlariga javob bermaydigan turarjoy binolariga odam yashashiga yо‘l qо‘yilmaydi, uylarda yashovchilar turarjoy binolarini saqlash va ulardan foydalanishning maxalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari tomonidan tasdiqlangan qoidalarini bajarishlari shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |