Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi


Pediatriya uchastkasidagi kо‘p kasallanuvchi bolalarni (KKB) dispanserlashtirish


Download 1.92 Mb.
bet70/84
Sana30.01.2024
Hajmi1.92 Mb.
#1809090
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   84
Bog'liq
BO\'G 6-9- boblar

Pediatriya uchastkasidagi kо‘p kasallanuvchi bolalarni (KKB) dispanserlashtirish. KKBni sog‘lomlashtirish bо‘yicha davolash-profilaktika tadbirlarini о‘tkazishda yetakchi о‘rinni bolalar poliklinikasi egallaydi. Ushbu kontingentdagi bolalarni dispanserlashtirishni pediatrlar, tor soha mutaxassis-vrachlari amalga oshirishadi. Uchastka pediatr-vrachi о‘tgan yildagi kasallanishlar darajasi bо‘yicha kо‘p kasallanuvchi bolalar sonini aniqlaydi. Bunda shifokor har bir bolaning tez-tez kasallanishlari sababini aniqlaydi. О‘sish tarixi (№ 112 forma)ga kо‘ra u bolalarning jismoniy va asabiy-ruhiy rivojlanishi dinamikasini, boshdan kechirgan kasalliklarining xususiyatlarini, о‘tkazilgan davolash-profilaktik chora-tadbirlarning samaradorligini tahlil qiladi. Bola dispanser hisobida turadi (№ 30 forma).
Sog‘lomlashtirish rejasida uchastka pediatr-vrachi poliklinikadagi, uyda ota-onalar tomonidan va ta’lim-tarbiya muassasasida qanday tadbirlar о‘tkazilishini belgilaydi.
Sanatoriy-kurort reabilitasiyasi funksional buzilishlari mavjud bolalarda profilaktika maqsadida о‘tkaziladi, chunki aynan shu bosqichda jismoniy muolajalar uslubi bir qator muhofazalovchi-kо‘maklashuvchi reaksiyalarni tiklash va faollashtirish yо‘li bilan kasallikning endi boshlanayotgan ishga tushiruvchi mexanizmlarini bartaraf eta oladi.
Surunkali xastaliklarda sanatoriy-kurort muolajasi ikkilamchi profilaktika maqsadida qо‘llaniladi va buzilgan funksiyalarning tiklanishi va о‘rni tо‘lishiga kо‘maklashadi, kasallikning avj olishini sekinlashtiradi, qaytalanishlari va asorat berishlarining sonini kamaytiradi, kasallik belgilari vaqtincha zaiflashadigan remissiya davrini uzaytiradi. Sanoati intensiv rivojlangan shahardagi bolalarni tibbiy reabilitasiyalashning sanatoriy bosqichi maxsuslashtirilgan sanatoriylar va kurortlar qoshida joylashgan bolali ota-onalarga mо‘ljallangan sanatoriylarda, sanatoriy oromgohlarida, sanatoriy-profilaktoriylarda amalga oshiriladi.
Ekologiyasi yomonlashgan hududlardagi bolalarning sanatoriy-kurort reabilitasiyasi qoidalarini belgilashdagi mezonlar – sog‘lomlik guruhlaridir. 1 guruhdagi bolalarni sog‘lomlashtirish oilaviy pansionatlarda, yoz davrida – sanatoriy-profilaktoriylarda, shahardan tashqaridagi dala hovlilarda, mehnat va dam olish oromgohlarida amalga oshirilishi kerak. II sog‘lomlik guruhlaridagi bolalar uchun sog‘lomlashtiruvchi va reabilitasiyalovchi tadbirlar kasallikning xususiyatlariga bog‘liq holda о‘tkaziladi. Kо‘p kasallanuvchi bolalarni mahalliy sanatoriylarga, bolali ota-onalar uchun sanatoriylarga, bolalar muassasalaridagi sanatoriy guruhlariga, yil bо‘yi faoliyat yurituvchi sanatoriy-oromgohlarga, mavsumiy sanatoriy-oromgohlarga jо‘natiladilar. “Yuqori havf” guruhidagi bolalarga eng kо‘p e’tibor qaratilishi kerakki, ularda jismoniy omillar birlamchi profilaktika maqsadlarida qо‘llaniladi. Shu munosabat bilan bolalarni chiniqtirishning gidroterapiya, suv bilan davolash, termoterapiyadan foydalaniladigan sinalgan usullari о‘ta dolzarbdir; harakat faolligi bо‘lishi shart hisoblanadi.
Reabilitasiyalash dasturiga mos ravishda III guruhga mansub bolalar stasionarda yoki reabilitasiya markazida kо‘rikdan о‘tkazilib, keyin reabilitasiya markazi yoki poliklinikaning, mahalliy bolalar sanatoriysining tiklovchi muolaja bо‘limida bosqichli davolanishlari kerak. Organizmda buzilgan muvozanatning tiklanishi, ya’ni kompensasiyasi muhim tus olganda ular sanatoriyga, kurortlar qoshidagi bolali ota-onalarga mо‘ljallangan sanatoriylarga, sanatoriy-oromgohlarga, sanatoriy-о‘rmon maktablari va maktab-internatlarga yuborilishlari kerak.
Tabiiy omillardan eng osoni klimatoterapiya (aeroterapiya, gelioterapiya, sayrlar)dir. Ekologiyasi yomonlashgan hududlardagi bolalarni davolashda balneoterapiyaning ulkan tiqlovchi imkoniyatlaridan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Ichib davolanishga mо‘ljallangan mineral suvning bir martalik dozasini ikki barobar oshirish nisbatan sezilarli samara berishi, peshob ajralishini kuchaytirib, ijobiy immunologik siljishlarga imkon yaratishi maxsus tadqiqotlar yordamida isbotlangan. Mineral suvli vannalar qо‘llanilganda ekologiyasi ifloslangan joylardagi bolalarning salomatlik holatidagi ijobiy dinamika aniqlangan.
Keyingi yillarda kо‘pchilik oilalarda hayot darajasining pasayishi bolalarga kurort yordami kо‘rsatish hajmini sezilarli kamaytirdi. Shu sababli ham mahalliy sanatoriylar va tiklovchi muolaja bо‘limlarining amaliy faoliyatida kurort muolajalari usullarini keng tadbiq etish zarurdir. Bu, eng avvalo, balneoterapiyaga, ya’ni sun’iy ravishda tayyorlangan minerallashtirilgan va gazlangan suvlardan sirtdan foydalanish, shuningdek, suvning gidrostatik bosimi yо‘qligi oqibatida kо‘rsatmalar kо‘lamini kengaytiruvchi “quruq karbonat angidrid vannalari”dan foydalanishga taalluqlidir.
Bolalar organizmiga eng kam quvvatiy yuklama tushiruvchi fizikaviy omillar ichida impulsli toklar, shifobaxsh elektroforez, о‘zgaruvchan magnit maydoni, aerozollar alohida e’tiborga sazovordir.
Sog‘lomlashtirish samaradorligini baholash har bir bola uchun, shuningdek, bolalar guruhi uchun ham о‘tkazilishi mumkin. Har bir bolaning о‘zi uchun sog‘lomlashtirish samaradorligi haqida uning bir sog‘lomlashtirish guruhidan ikkinchisiga о‘tishiga va о‘tkir kasallanishlar dinamikasiga qarab xulosa chiqarish mumkin: a) kо‘p kasallanuvchilar guruhidan onda-sonda kasallanuvchilar guruhiga о‘tgan; b) bola 2 ta va undan kо‘p о‘tkir kasalliklarni boshdan kechirgan; v) о‘tkir kasallanishlar soni о‘zgarmagan.
Bolalar guruhi uchun quyidagi kо‘rsatkichlar qо‘llaniladi: bitta bola tomonidan kasallanish tufayli о‘tkazib yuborilgan kunlar sonining kamayishi va quyidagi formula yordamida aniqlanadigan sog‘lomlashtirish samaradorligi kо‘rsatkichi (SSK):
Tuzalganidan sо‘ng hisobdan chiqarilgan kо‘p
kasallanuvchi bolalar soni
SSK= ------------------------------------------------------------ x 100
Sog‘lomlashtirish kursini о‘tayotgan kо‘p
kasallanuvchi bolalarning umumiy soni

Tibbiy xodim bо‘lmagan taqdirda, maktab rahbariyati yaqinda joylashgan poliklinika bilan bolalarga tibbiy xizmat kо‘rsatish haqida shartnoma tuzadi.





Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling